Referati "Xazoyin ul-maoniy"



Download 349,34 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.07.2022
Hajmi349,34 Kb.
#745914
TuriReferat


 
 
Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti 
filologiya va tillarni o’qitish( o’zbek tili)
6-4 UZB 20-guruh talabasi
“Xazoyin ul-maoniy”
 
 
mavzusida tayyorlagan
 
Referati 


“Xazoyin ul-maoniy” 
 
Alisher Navoiyning lirik kulliyoti – “Xazoyin ul-maoniy”ning tuzilgan yilini 
koʻrsatishda hozirga qadar har xilliklar va chalkash fikrlar mavjud. Aksariyat 
oʻrinlarda uni Navoiy 1492–1493 yillarda yoki shu yillar orasida tuzgan deyilsa, 
baʼzi oʻrinlarda bu lirik kulliyotning tuzilgan yili sanasi mutlaqo boshqacha 
koʻrsatiladi. Chunonchi, H. S. Sulaymonovning “Alisher Navoiy kulliyoti 
qoʻlyozmalari tadqiqotidan” nomli ilmiy maqolasiga ilova tariqasida tuzilgan 
“Alisher Navoiy qoʻlyozma kulliyotlarining qiyosiy jadvali”da “Xazoyin ul-
maoniy”ning yaratilgan yili hijriy 896, milodiy 1490–1491 yillar, deb koʻrsatilgan. 
V. Zohidov, Hokim Homidiylar esa yana boshqacharoq sanani koʻrsatadilar. V. 
Zohidov “Navoiyning yana bir hayotnomasi” nomli maqolasida: “Navoiy 
Astroboddagi vaqtida juda qizgʻin va unumli ijodiy ish bilan ham mashgʻul boʻladi 
va natijada avvalgi yaratilgan sheʼrlarini qoʻshib, toʻrt devon – “Xazoyin ul-
maoniy”ni yaratadi” deb yozadi. Demak, olimning fikricha, “Xazoyin”ning tuzilishi 
tarixi 1487–1488 yillarga toʻgʻri keladi. Adabiyotshunos Hokim Homidiyning ham 
xulosasi shunga yaqinroq, yaʼni uning yozishicha: 1487 yilda Navoiy Astrobodga 
surgun qilinadi. U bu yerda oʻz sheʼrlarini yigʻib toʻrt devoni – “Xazoyin ul-
maoniy”ni tuzishga kirishadi. 
Marhum navoiyshunos Olim Sharafuddinov ham: “Alisher “Xazoyin ul-maoniy” 
yoki “Chor devon” nomi bilan shuhrat qozongan mukammal “Devon”ini 
Astroboddalik vaqtida tuzdi”, – degan fikrni bayon etgan edi. 
Shu olim tomonidan 1941 yilda tuzilgan “Oʻzbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasi”da 
xam lirik kulliyotni Navoiy Astrobodda tuzgan, deb koʻrsatiladi. 


N. M. Mallayevning “Oʻzbek adabiyoti tarixi” darsligida kulliyotning tuzilgan davri 
1491–1498 yillar orasi deb koʻrsatilgan. Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasining 1-
tomida ham kulliyotni 1491–1498 yillar orasida tuzilgan, deyilsa, 12-tomidagi 
“Xazoyin ul-maoniy”ga bagʻishlangan oʻrinda: “Alisher Navoiy asari 1491–1496 
yillarda tartib berilgan”, deb qayd etilgan.- 
“Xazoyin ul-maoniy”ning tuzilgan yili deb 1492–1498 yillar sanasini koʻrsatuvchi 
avtorlar fikri xususida, avvalo bir narsani alohida qayd etish joiz koʻrinadi. Ularning 
baʼzilari kulliyotni Navoiy 1492–1498 yillarda tuzdi, deb yozsa, baʼzilari ana shu 
yillar orasida tuzdi, degan fikrni aytadilar, yana birlari esa 1492–1498 yillar oʻrtasida 
Navoiy “Xazoyin ul-maoniy” kitobini tuzdi, deb yozadilar. Bu aytilganlardan esa 
turlicha xulosaga kelish mumkin, yaʼni kulliyot 1492–– 1498 yillarda tuzilgan 
deyilishiga koʻra, uni tuzish olti yil davom etgan boʻlib chiqadi; shu yillar orasida 
tuzilgan deyilganda devon ana shu olti yilning birida tuzilgan boʻladi, lekin u qaysi 
yil ekanligi nomaʼlum. “Xazoyin”ni shoir 1492–1498 yillar oʻrtasida tuzdi 
deyilishiga kelsak, bunda 1495 yil tushuniladi va demakki, 1492–1498 yillar 
oʻrtasida deyish oʻrniga 1495 yil deyilaversa boʻlar edi. 
Demak, Navoiy 1491–1498 yillar mobaynida jami toʻrt devondan iborat “Xazoyin 
ul-maoniy” lirik kulliyotini tuzdi, deyuvchilarning fikriga koʻra, bu ish 6–7 yil 
davom etgan, degan xulosa kelib chiqadi. Bu esa, bizningcha, haqiqatdan yiroqroq 
koʻrinadi. Negaki, juda qisqa bir muddatda, ikki yildan ziyodroq vaqt ichida 51 ming 
misradan iborat besh doston – “Xamsa” asarini yaratgan Navoiy tayyor sheʼrlardan 
toʻrt devon tuzishga 6–7 yil sarflamagan boʻlsa kerak. Taniqli navoiyshunoslarimiz 
toʻgʻri qayd etganlaridek, “Navoiyning yuksak shaxsiy fazilatlaridan biri 
mehnatsevarligi, doim oʻz ustida, ijodiy rejalarini amalga oshirish ustida tinmay 
ishlashi edi. U biron asarini uzoq muddat davomida yozmagan. Qaysi asarini 
yozishga boshlasa, tez yozib tugallagan”. 


Navoiy lirik kulliyotini 1491 yoki 1492–1498 yillar orasida yaratgan desak, ana shu 
6–7 yilning qaysi birida bu ish amalga oshirib boʻlingan, degan savol koʻndalang 
boʻladi. 
“Xazoyin” 1491/1492–1498/1499 yillar orasida tuzilgan, degan fikrni birinchi boʻlib 
S. Volin bildirgan edi. Kulliyotning tuzilishi davri chegarasini 1491–1492 yildan 
belgilashda u Navoiyning “Xamsat ul-mutahayyirin” asaridagi yozilganlarga 
asoslanadi. Bu asarda yozilganlardan maʼlumki, Jomiy oʻzining qasida hamda lirik 
sheʼrlaridan iborat uchta devon tuzadi va Navoiyning taklifiga binoan ularning har 
birini alohida nomlaydi. Shuning bilan birga uning oʻziga ham turkiy nazmlari 
nihoyatda koʻp yigʻilganligini taʼkidlab, shu sheʼrlardan iborat alohida nomlar bilan 
ataluvchi devonlar tuzishni maslahat bergan. Shu voqeadan keyin koʻp vaqt oʻtmay 
(1492 yil 8 noyabr) Jomiy shamollash tufayli vafot etadi. 
Mazkur hikoya soʻngida Navoiy ustozining amri itoatini vojib bilgani holda bu ishni 
amalga oshirganini yozadi. 
S. L. Volin “Xamsat ul-mutahayyirin” asaridan kelib chiqib, Navoiy bu toʻrt devonni 
hali Jomiy hayotlik paytida, yaʼni 897 (m. 1491–1492) yilda tuzgan, deya xulosa 
chiqaradi[11]. Biroq, bu ishni qisaqa vaqt ichida amalga oshirib boʻlmasligini 
oʻylab, yana ikkilanadi. Shundan keyin u Navoiy devon tuzishni Jomiy hayotlik 
chogʻida boshlagan va oʻshandayoq tuzilajak toʻrt devonga nomlar topib qoʻygan 
boʻlgan, ishni esa bir necha yildan keyin tugatgan, degan qarorga keladi va 
904/1498–1499 yilda yozib tugallangan “Lison ut-tayr” asarida toʻrt devon tilga 
olinishiga asoslanib, lirik kulliyot tuzilish davrining ikkinchi chegarasini hijriy 904, 
milodiy 1498–1499 yil qilib belgilaydi. 
S. L. Volin yana shu “Xamsat ul-mutahayyirin” asariga suyanib, gʻoyatda ajablanarli 
bir xulosa chiqaradi. U asarda Navoiy nomlarini atagan 4 devonini shoir lirikasining 


“yangi” debochali (u “Xazoyin ul-maoniy” uchun yozilgan “Debocha”ni “Badoyi 
ul-bidoya” “Debocha”sidan farqlash uchun shunday ataydi) turtinchi redaksiyasi, 
“Xazoyin ul-maoniy”ni esa ana shu toʻrt devondan tanlab olingan sheʼrlardan iborat 
beshinchi redaksiyasidir, degan qarorga keladi. 
Shubhasiz, Navoiyning “Xamsat ul-mutahayyirin”da toʻrt devon nomidan keyin 
lirik kulliyotning umumiy nomi – “Xazoyin ul-maoniy”ni keltirmaganligi Volinda 
va shuningdek Ye. E. Bertelsda ham chalkash fikr paydo bulishiga sabab boʻlgan. 
Navoiyning “Xamsat”da keltirgan hikoyasida toʻrt devonning nomini atagani holda 
lirik kulliyotga “Xazoyin ul-maoniy” deb nom berganini yozmaganligi tasodifiy 
emas edi. Unda yozilganlardan anglashilishicha, Jomiy Navoiyga ham oʻzi kabi 
sheʼrlaridan devonlar tuzib, ularning har birini maxsus nomlar bilan atashni taklif 
qilgan, uning soʻzi bilan aytganda, amr etgan. Navoiyning hikoyadan maqsadi aynan 
ustozi amr etgandek, toʻrt devoniga toʻrt xil nom bergailigini aytish edi, xolos. 
Umumiy nom berish haqida ustozi bilan oʻzi oʻrtasida hech qanaqa gap boʻlgan 
emas. Umumiy nom berish gʻoyasi Navoiyda keyin paydo boʻlgan. Kulliyot 
“Debochasi”da yozilganlar shundan dalolat beradi. Unda Navoiy doʻsti Husayn 
Boyqaroning tabʼidagi “maʼni gavharlari”dan hosil boʻlgani uchun (bu mazmundagi 
jumlani ishlatishda Navoiy yozgan sheʼrlarini Husayn Boyqaro tahrir nazoratidan 
oʻtkazib turganligini nazarda tutadi) devonlar majmuasiga “Xazoyin ul-maoniy” 
nomini berganini aytadi va quyidagi ruboiy bilan bu aytganlarini yanada 
qatʼiylashtiradi: 


Bu bahrki, ganjlar makoni dedilar, 
Har qatrasi obi zindagoni dedilar. 
Shoh maxzani tabʼidin nishoni dedilar 
Kim, oni “Xazoyin ul-maoniy” dedilar. 
Turkiyalik adabiyotshunos olim Ogah Sirri Levend 1965 yilda oʻzining Alisher 
Navoiy hayoti va faoliyati haqidagi monografiyasini[13] eʼlon qilganidan keyin 
“Xazoyin ul-maoniy”ning tuzilish davri chegarasini yana ikki yilga qisqartirish 
imkoni tugʻildi. 
Olimning yozishicha, Turkiyaning Revan kutubxonasida Alisher Navoiyning hij. 
901–902, m. 1495,1496,1497 yillarda Xirotda koʻchirilgan mukammal kulliyoti 
qoʻlyozmasi saqlanadi. H. S. Sulaymonov Navoiyning jahon kutubxonalaridagi 
mavjud qoʻlyozma kulliyotlarini qiyosiy oʻrganib chiqib, 808-inventar raqami bilan 
saqlanayotgan bu kulliyotning musannifi shoirning oʻzi ekanini ishonarli dalillar 
asosida aniqlagan edi. 
Bu kitobda faqat ikki asarning soʻngidagina ularning koʻchirib tugallangan vaqti 
sanasi koʻrsatilgan: – “Saddi Iskandariy” dostonining oxirida 901, “Gʻaroyib us-
sirar”ning oxirida esa 902 tarixi berilgan. Demak, hij. 902, m. 1496–1497 yillarda 


Navoiy “Xazoyin ul-maoniy”ni asosan tuzib boʻlgan va oʻzi tasnif etgan kulliyot 
uchun koʻchirishga buyurgan. 
Alisher Navoiy “Munshaot”idagi bir maktub hamda ana shu “Xamsat ul-
mutahayyirin” asaridagi baʼzi momentlar yordamida esa lirik kulliyotning tuzilgan 
yilini aniq belgilay olamiz. 
Boshqa maktublarda boʻlgani kabi mazkur maktubda ham adresat koʻrsatilmagan. 
Biroq navoiyshunos olima S. Gʻaniyeva toʻgʻri qayd etganidek, maktub avvalidagi 
ruboiylardan va oxiridagi jumladan uni Husayn Boyqaroga yozilgan, deya olamiz. 
Maktubda Navoiy oʻzining keyingi yillardagi hayoti hamda ruhiy holatini bayon etib 
yozadi: 
“Bu oʻtgan ikki yildakim, bu banda boshigʻa havodisi roʻzgordin yuz navʼ balo va 
ishqi zabunkush bedodidin yuz turluk ibtilo yuzlandi. Ollimga har shiddat kelsa, 
chun ayturgʻa bir yori gʻamgusorim va ilayimga har suubat yetsa, chun izhor qilurgʻa 
bir rafiqi sohib asrorim yoʻq erdi, ul shiddat va suubat mazmunin biror bayt yo 
matlaʼ xayol qilur erdim bu oz vaqtda koʻp nazm aytilgʻon ermish va har navʼ sheʼr 
va gʻazal yigʻilgʻon ermish. Bularni zoyeʼ qilmok bandagʻa nomaqdur erdi va 
tartibigʻa ham hukm bila maʼmur. 
Bu sababdin burungʻi ikki devon ashʼori bila soʻngra aytilgʻonlarni bila qoʻshub, 
tartib bila toʻrt ayrildi. Dagʻi toʻrt ot qilildi: Tufuliyatda voqeʼ boʻlgʻon gʻarib 
maʼnilarga – “Gʻaroyib us-sigʻar” va yigitlikda zohir boʻlgʻon nodir tarkiblarga – 
“Navodir ush-shabob” va umrning vasatida jilva qilgʻon badiʼvashlargʻa – “Badoye 
ul-vasat” va umrning oxirigʻa yaqin nazmga kirgan foydalargʻa-”Favoyid ul-kibar” 
ot qoʻyuldi. Dagʻi majmuigʻakim maxlut bitilibturur, chun tabʼ xazoyinidin hosil 


boʻlgʻon maoniy erdi – “Xazoyin ul-maoniy” laqab berildi, vojib erdikim, muborak 
nazargʻa yetkurulgay”. 
Koʻrinadiki, bu yozilganlar “Xazoyin ul-maʼoniy”ning yaratilishi tarixi haqida 
“Debocha”da aytilganlarning deyarli nihoyatda qisqa shakldagi takrori boʻlib, unda 
faqat Husayn Boyqaro tilga olinmaydi, xolos. 
Ammo, maktubning “Debocha”dan farqli oʻlaroq bir jihati mavjud, bu undagi tilga 
olingan “oʻtgan ikki yilda” iborasidir. Maktub mazmunidan anglashilayotganidek, 
Navoiy ana shu “ikki yilda” koʻp tashvishli va iztirobli hodisalarni boshdan 
kechirgan, bunday gʻam-anduhlarni izxor etay desa, bir yaqin hamdard kishisi 
boʻlmagan va shu bois tushkun kayfiyatini sheʼriy misralarda qogʻozda ifodalash 
bilan taskin topgan. Natijada, ana shu ikki yil davomida uning talay sheʼrlari yigʻilib 
qolgan. Ularni parishon holda tashlab qoʻyish yoki yoʻqolib ketishiga Navoiyning 
xohishi boʻlmaganidan tashkari, hukm yoʻsini bilan unga bu nazmlardan devon 
tartib berish (“tartibiga ham hukm bila maʼmur”) ham buyurilgan edi. Ana shu “ikki 
yil”dan soʻng shoir devon tartib berishga kirishgan va “Xazoyin ul-maoniy”ni 
tuziboq, uning qoralamasini – musavadda nusxasini mavlono Sohib orqali maktub 
yoʻllayotgan kishisiga, demakki, Husayn Boyqaroga yuborilganligini maktub 
soʻngida yozadi: 
“Ul sababdin mafxar us-savohib Mavlono Sohibni qulluqqa yiborildi va ul 
musavaddani oliy majlisqa yetkursun, deyildi. Bu gustohliqqa afv umididur va ul 
gustohliklarga isloh umidi, to toʻrt taobyiʼ muxtalif inson hilqatidakim, 
ofarinishning xazoyini maonisidur – muvofiq boʻlgʻaylar. Rubʼi maskunda 
hukmunguz ravon boʻlsun va rubʼi maskun ahliga adlingizdin amn va amon”. 


Demak, mazkur “ikki yil” qaysi yillar ekanligini aniqlansa, “Xazoyin”ning tuzilgan 
yili ham maʼlum boʻladi. 
Baʼzi olimlarimiz bu “ikki yil” haqida aniq qarorga kelgan holda maktub ustida 
hukm yuritib kelmoqdalar. V. Zohidovning Navoiy “Xazoyin ul-maoniy”ni 
Astroboddagi vaqtida tuzgan deyishida, biz soʻz yuritayotgan maktubga 
tayanganligi, oʻsha maqolaning soʻngrogʻida maʼlum boʻladi. Olim”Navoiy bir 
maktubida shularni yozadi” deb, 41-maktubning “Bu oʻtgan ikki yildakim…” deb 
boshlanuvchi qismini keltiradi. 
“1487 yilda Navoiy Astrobodga surgun qilindi. U bu yerda oʻz sheʼrlarini yigʻib, 
toʻrt devoni – “Xazoyin ul-maoniy”ni tuzishga kirishdi”, – deb yozgan 
adabiyotshunos Hokim Homidiy ham ana shu “kki yil”ni 1487–1488 yllarga nisbat 
bergan. 
S. Gʻaniyeva bu “ikki yil” qaysi yillar ekanini belgilash ancha mushkul ekanini qayd 
etgan holda: “Bu ikki – 898/1492–1493 va 899/ 1493–1494 yilda Navoiy Jomiydek 
ustozi va doʻsti Pahlavon Muhammad kabi murabbiy va yaqin kishisidan ayrilgan, 
Darvesh Ali isyoni munosabati bilan azob chekkan yillarmi yoki 903/1497–1498 va 
904/ 1498–14-99 yillar oʻzining mamlakat yaxlitligi, osoyishtaligi yuzasidan olib 
borgan siyosiy va davlat arbobi sifatidati koʻp yillik faoliyatiga zid voqealar sodir 
boʻlganligidan alam tortgan, nizo va fitnalar qurboni qilingan Moʻmin Mirzo va 
Haydar Sabuhiylar fojiasidan ruhan ezilgan yoki oʻz sihati yomonlashganidan dard 
chekkan yillarimi, aytish ancha mahol”, deb yozadi. 
Bu “ikki yil” hij. 903–904, m. 1497–1498 va 1498–1499 yillardir, deb aytish toʻgʻri 
boʻlmaydi. Chunki yuqorida koʻrganimizdek, bu muddatdan bir yil avval 902 yilda 


“Xazoyin” Navoiyning oʻzi tasnif etgan kulliyoti tarkibidan joy olgan. Bizningcha, 
Navoiy tilga olayotgan ikki yil – hij. 898–899 m. 1492–93 va 1493–94 yillar boʻlishi 
kerak. Bunga ishonarli asoslar xam bor. 
Yuqorida soʻz yuritganimizdek, Navoiyning Jomiy maslahati itoati uchun toʻrt 
devon tuzib, ularni maxsus nomlar bilan ataganligini “Xamsat ul-mutahayyirin”da 
bayon etish fakti bu asarning “Xazoyin ul-maoniy”ni tuzgandan keyin yozib 
tugallanganligini yaqqol koʻrsatib turipti. Biroq, afsuski, “Xamsat”ning qaysi yili 
yozilganligi Navoiy tomonidan na shu asarning oʻzida, yo boshqa asarlarida va na 
boshqa shaxs tomonidan bironta tarixiy manbada qayd etilmagan. Shunday boʻlsa-
da, biz bu asarni qaysi yilda yozilishini belgilash imkoniga egamiz. 
Navoiy “Nasoim ul-muhabbat” asarida Jomiy haqida gapirib “asr fuzalosi” va 
“zamon ulamosidin” koʻplari unga shogird ekanligini va buyuk ustozning “siyrat va 
kamoloti sharhida” koʻp kishilar risola va kitoblar yozganligini aytib, sung yozadi: 
“Bu zaif dogʻi bu bobda “Xamsat ul-mutahayyirin” risolasini bitibmen. Anda fil-
jumla gustohlik yuzidin alar zikri bila qalamimni gavhar nisor etibmen” 
Biz avval aytganimizdek, “Nasoim” 1495–1496 yillarda yozilgan. Demak, bunga 
qadar “Xamsat” yozib tugallangan. Endi ana shu asarning oʻzidagi bir faktga eʼtibor 
beraylik. Navoiy bir oʻrinda yozadi: “Majdiddin Muhammadki, olam mashhuridur, 
taʼrifga ehtiyoj emas. Podshoh ani yozgʻurgʻonda andin itloqigʻa zomin tilagondur 
(podshoh – Husayn Boyqaro uni ayblaganda oʻzini oqlash uchun kafillikka odam 
topishni buyurgandi). Ul (Majdiddin Muhammad) alargʻa (Jomiyga) iltimos qilibdur 
va alar taahhud qilgʻondin soʻngra qochti (ular kafilligini oʻz zimmalariga 
olganlaridan sung u qochti). Oz fursatda, oʻn besh kunga tortmadikim, tutuldi. Azim 
qiyinlar tortti va boru yuq jihotin devoniy qildilar (musodara qildilar). Shahrdin 
(Hirotdan) boshin olib, ovora boʻldi va hamul ovoraliqda fanogʻa bordi”. 


Maʼlumki, Majdiddin 1494 yil, avgust oyida Makka yoʻlida vafot etgan. Binobarin, 
“Xamsat ul-mutaxayyirin” asari 1494 yildan keyin, 1496 yildan avval, yaʼni 1495 
yilda yozilgan boʻlib chiqadi. Shunday boʻlgach, maktubda tilga olingan “ikki yil” 
Jomiy vafotidan keyingi yillar – 898 (1492–1493) va 899 (1493–1494) yillar 
ekanligiga hech qanaqa shubha qolmaydi. Zotan, ana shu ikki yil Navoiy boshiga 
koʻp musibatlar, noxush hodisalar keltirgan yillar boʻldi. U Jomiydek hamfikr va 
hammaslak doʻsti va ustozidan judo boʻldi, qirq yillik jonajon ulfati va sirdosh 
mahrami Pahlavon Muhammaddan ayrildi (1493 yil), ukasi Darvesh Muhammad 
tufayli nohaq malomatlarga qoldi, bebosh shaxzodalar bilan Husayn Boyqaro 
oʻrtasidagi murosasizliklarni bartaraf etish uchun koʻp shahar va viloyatlarda ovora 
boʻldi. Maktubda “Bu oʻtgan ikki yildakim, bu banda boshigʻa havodisi ruzgordn 
yuz navʼ balo va ishqi zabunkush bedodidin yuz turluk ibtilo yuzlandi”, deb 
yozganda Navoiy, shubhasiz shularni nazarda tutgan edi. Albatta, bunda “ishqi 
zabunkush bedodidin yuz turluk ibtilo yuzlandi” (berahm yor ishqi tufayli yuz xil 
balolarga giriftor boʻldim) deganda, Navoiy Husayn Boyqaro bilan nihoyatda yaqin 
doʻstligi va shu doʻstlikka cheksiz sadoqati tufayli koʻp zahmatlar chekkanligini 
tushunmoq kerak. Shunday zahmatlardan biri Sulton amri yoki iltimosiga koʻra 
uning uzoq vaqt ona shahri Hirotdan yiroqlarda yurishi va bunday paytlarda hijron 
azobida qattiq oʻrtanganliklaridir. Navoiy soʻz yuritayotgan “ikki yilda”gi tortgan 
mashaqqatlaridan biri ayriliq iztirobi ekani shoirning “Soqiynoma”sida 
yozganlaridan ham ayon boʻladi. 
“Soqiynoma”ning Pahlavon Muhammadga bagʻishlangan bandida ishq tufayli 
necha xil savdolarni boshidan kechirgan lirik qahramon yorga dil rozini ochishga, 
yaʼni uning visoliga yetishish orzusini bayon etishga qaror qilganini, biroq afsuski 
bunday qilib boshiga balo orttirganini yozadi va bunday zorliklarni oʻtgan ikki yilda 
boshdan kechirganligini taʼkidlaydi: 


Oʻtdi bu zorligʻim ikki yil, 
Har zamon ikki yil chogʻligʻ bil! 
“Soqiynoma”da shoir Pahlavon Muhammadning oʻlimidin qaygʻurib yozishini 
hisobga olsak, u tilga olayotgan “ikki yilda” boshdan kechirgan hodisalari orasida 
1493–1494 yillarda Sulton Husayn istagi yoki farmoniga koʻra Balx kabi chekka 
viloyat va shaharlarda sargardon kezganliklarini ham nazarda tutgan, albatta. 
“Soqiynoma”ning shahzoda Haydar Mirzoga bagʻishlangan bandida Navoiy yozadi: 
Boqibon qubbatul islom sari, 
Ichu soʻn ushbu gʻam oshom sari. 
Albatta, bunda “ushbu gʻam oshom” deb Navoiy oʻzini nazarda tutmoqda. Demak, 
yuqorida koʻrganimiz – yor va diyor ishtiyoqida gʻamlar yutishni, maʼnaviy 
tushkinlik va jismonan majruhlikni ana shu “qubbatul islom”da, yaʼni Balxda 
boshidan kechirgan. “Xazoyin ul-maʼoniy”ni ham Astrobodda emas, balki shu 
shuharda tuzgan. 
Uning nima sababdan bu shaharda ixtiyorsiz holda turganligi tarixchi olim A. 
Oʻrinboyev tomonidan aniqlanib eʼlon qilingan bir hujjat – nishondan maʼlum 


boʻladiki, buning oʻzi alohida yoritiladigan mavzudir. Biz faqat mazkur nishon hij. 
898 yil ramazon oyining yigirma toʻrtinchisi, mil. 1493 yil 9 iyulda yozganligini 
qayd etish bilan kifoyalanamiz. 
Demak, ana shu “ikki yilda”, yaʼni Navoiy soʻzi bilan aytganda “bu oz vaqtda” 
oʻzining oʻsha yillardagi ahvol ruhiyasi va hayotiy hodisalarining bayoni sifatida 
yuzaga kelgan sheʼrlari anchayin katta sonni tashkil qilgan. Bu sheʼrlarni “tartibigʻa 
hukm bila maʼmur” boʻlgan Navoiy avvalgi ikki devonidagi sheʼrlarni ham keyingi 
yozilganlarga qoʻshib toʻrt devon tuzgan. Bu ishni hijriy 900, melodiy 1494–1495 
yillarda, “Xamsat ul-mutahayyirin” asarining yozib tugallanishidan sal oldin, hatto, 
aytish mumkinki, oldinma-keyin amalga oshirgan. Zero, Jomiydek “piri komil” 
Navoiyni har biri alohida nomlar bilan ataluvchi devonlar tuzishga undagan ekan, 
ustozining bu amrini u vojib debgina kolmasdan, balki sharaf ham deb bilgan. 
Shunga koʻra, ulkan doʻsti xotirasiga bagʻishlab yozajak asarida ana shu amrniig 
ijrosini faxr bilan bayon etishni maqsadga muvofiq topgan. Zotan, ustozning ana shu 
daʼvatiga amaliy javob berish uning xotirasini oʻrniga koʻyish ham edi. Shuning 
uchun hajm jihatidan unchalik katta boʻlmagan, asosan xotiralardan iborat “Xamsat 
ul-mutahayyirin” asarining intihosini Navoiy “Xazoyin ul-maoniy”ning tuzilishidan 
keyinga belgilagan. Shu tariqa Navoiy hijriy 900, melodiy 1494–1495 yillarda 
“Xazoyin ul-maoniy”ni asosan tuzib boʻlgan va u bilan deyarli bir vaqtning oʻzida 
“Xamsat ul-mutahayyirin” asarini yozib tugatgan, ularning har ikkisi bir yil keyin 
shoirning uzi tasnif etishga kirishgan va kotib Darvesh Muhammad Toqiy koʻchira 
boshlagan shoir kulliyoti tarkibidan joy olgan. 

Download 349,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish