114
o„qituvchilarni
ham rivojlanishga chorlaydi, chunki o„qituvchilarga o„quv
jarayonida haqiqatni “bilmaslik” vaziyatini tashkil qilishga to„g„ri keladi.
O„quvchi o„zining mashg„ulotlari rejasini tuzadi, o„zining shaxsiy qarashlarini
asosiy masalaga qaratadi. Masalan, detalga o„lchamlarini qo„yishda uning shaklini,
geometrik obrazlarni, uni tayyorlash jarayonlarini o„rganishga harakat qiladi.
Detalga ishlov berishdagi jarayon haqida o„zining shaxsiy fikrini, detalning
geometriyasi, uni yaxshilash haqidagi izlanishlar,
texnik va texnalogik
konstruksiyalash, dizayn kabilar ustida bosh qotiradi. Natijada o„quvchilar o„zlari
o„rganayotgan soha haqida shaxsiy individual rejalarini tuzishadi.
Evristik o„qitishni ba‟zida ijodiy faoliyat bilan bog„lashadi. Lekin uning
asosiy uchta yo„nalishi mavjud:
1. Evristik faoliyat o„zida ijodiy ta‟limiy mahsulot yetishtirish jarayonlarini
qamrab oladi.
2. Evristik faoliyatni tashkil qiluvchi bilish jarayonlari ijod qilishdagi eng
zaruriy jarayon hisoblanadi.
3. Evristik faoliyatda tashkiliy, metodologik, psixologik va boshqa jarayonlar
ijodiy va bilish faoliyatini ta‟minlaydi.
Evristik o„qitishda uning asosiy maqsadi o„quvchining o„z-o„zini ijodiy
ta‟minlash hisoblanadi. Bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi.
O„quvchi loyihalash uchun vazifa oladi
. Ammo unga vazifa haqida tayyor
bilim berilmaydi. O„quvchi vazifani bajarish uchun turli ko„rinishdagi loyihalar,
gipotezalar tuzadi. Keyin o„qituvchi bilan vazifaning asliga solishtiriladi. Aslining
javobi ishlanmasi bilan o„quvchining loyihasi muhokama qilish yo„li bilan to„g„ri
bajarilgan loyiha aniqlanadi. Natijada o„quvchi o„zining faoliyat imkoniyatini
qayta ko„rib chiqadi va uning shaxsiy qarashida o„zgarish ro„y beradi. Bu
o„zgarishlar o„quvchining sezgisida,
bilimida, iqtidorida, tajribasi kabilarda
namoyon bo„ladi.
Evristik o„qitish ochiq vazifa asosiga quriladi
. Barcha o„rganilayotgan mavzu
elementlari ochiq shakldagi vazifada ifodalanishi mumkin. Masalan, valda
115
aylanma harakat davrida vtulka teshigi (hamda valning o„zi ham) yemirilib
ketishini oldini oladigan moslama loyihalansin. Yoki
mashina va mexanizmdagi
biror detal qo„pol hamda og„ir qilib ishlangan bo„lib, u detal ish jarayonida
mashina ish unumini pasayishiga sabab bo„layotgan bo„lsa, uni dizayn asosida
qayta loyihalansin kabi masalalarning yechimini loyihalashda o„quvchi o„z rejasini
tuzib chiqadi.
Evristik o„qitishda tayyor bilimlarni o„zlashtirish darajasini emas, ularga
o„quvchining qanchalik ijodiy yondoshganligi nazorat qilinadi. O„quvchining
shaxsiy sifatini rivojlanishi, uning o„rganayotgan sohasi bo„yicha ijodiy
yutuqlari
hamda ta‟lim standartlaridan qanchalik olg„a o„tib borayotganligi tekshirilib, unga
baho beriladi.
O„quvchining o„zini-o„zi ijodiy tomondan ro„yobga chiqarishi evristik
o„qitishning eng yuqori masalasi hisoblanadi. Evristik o„qitish erkin rivojlanish
maktabiga asoslangan bo„lib, uning nazariyasi
Do'stlaringiz bilan baham: