“Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi”ning amaliy
tatbig„i.
Chizmachilik fanini o„rganishning pirovard natijasi o„quvchilarda grafik
savodxonlik, ijodkorlik, konstruktorlik, estetik didlilik kabi jihatlarning o„zaro
34
Н.А.Муслимов.М.Ҳ.Усмонбоева. “Инновацион таълим технологиялари ва педагогик компетентлик” модули бўйича
ўқув-методик мажмуа. Низомий номидаги ТошДПУ ҳузуридаги Педагог кадрларини қайта тайѐрлаш ва уларнинг
малакасини ошириш тармоқ маркази Т., 2016 й, 42 б
106
uyg„unlikda skallanishiga erishishdir. Insonda bu jihatlarning bo„lishi, uning
zamonaviy salohiyat va madaniyatga ega bo„lishiga katta xizmat qiladi.
O„quvchi loyihalash (konstruksiyalash) prinsiplarini bilishi, mustaqil
ravishda biror buyumning loyiha chizmasini yarata olishi uchun undan kuchli
fazoviy tasavvur talab etiladi. Demak, chizmachilik fani o„quvchilarning fazoviy
tasavvuri va tafakkurini rivojlantirishga katta xizmat qiladi. Shu maqsadda
umumiy o„rta ta‟lim maktablaridagi chizmachilik fani darsligiga loyihalashga oid
mavzu va topshiriqlar kiritilgan. Loyihalash (konstruksiyalash) prinsiplari
mavzusiga oid darslarni hozirgi kunda katta e‟tibor qaratilayotgan zamonaviy
pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish samarali bo„ladi.
Ushbu materialda
“Tarkibida loyihalash elementlari bo„lgan ijodiy grafik
masalalar”
mavzusini “
Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi
”
yordamida tashkil etish ko„rsatib o„tilgan. Bu hamkorlikda o„qitish
texnologiyasining bir metodi hisoblanadi.
Bu metod professor Sh.Sharon tomonidan ishlab chiqilgan. Bu metodda
ko„proq o„quvchilarning mustaqil va ijodiy ishiga e‟tibor qaratilgan.
O„quvchilar alohida-alohida yoki 6 kishilik kichik guruhlarda ijodiy izlanish
olib borishadi. Ijodiy izlanish kichik guruhlarda tashkil etilganda darsda o„rganish
lozim bo„lgan o„quv materiali kichik qismlarga ajratiladi. Keyin bu qismlar
yuzasidan topshiriqlar har bir o„quvchiga taqsimlanadi. Shunday qilib, har bir
o„quvchi umumiy topshiriqning bajarilishiga o„z hissasini qo„shadi. Kichik
guruhlarda topshiriq yuzasidan munozara o„tkaziladi. Guruh a‟zolari birgalikda
ma‟ruza tayyorlaydi va sinf o„quvchilari o„rtasida o„z ijodiy izlanishlari natijasini
e‟lon qiladi. Kichik guruhlar o„rtasida o„tkaziladigan o„quv bahsi, munozara
o„quvchilar jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyatining natijasi,
yakuni hisoblanadi.
Hamkorlikda ishlash natijasida qo„lga kiritilgan muvaffaqiyatlar sinf
jamoasidagi har bir o„quvchining muntzam va faol aqliy mehnat qilishga, kichik
guruhlarni umuman, sinf jamoasini jipslashtirishga, avval o„zlashtirilagan bilim,
107
ko„nikma va malakalarni yangi va kutilmagan vaziyatlarda qo„llanilib, yangi
bilimlarning o„zlashtirilishiga bog„liq bo„ladi.
O„quvchilar alohida-alohida (individual) yoki kichik 6 nafargacha kishilik
guruhlarda ijodiy izlanish olib boradilar.
Quyida ushbu metod uchun tavsiya beradigan o„quv materiali taklif etiladi.
Kihcik guruhlar soniga qarab o„quv topshiriqlari tuziladi.
1.
Modelning geometriyasini qisman o„zgartirish (masalan, 2.4.1-rasm).
2.4.1-rasm
2. Modelning fazoviy holatini o„zgartirish (masalan, 2.4.2-rasm).
a)
2.4.2-rasm
b)
3. Modelning shaklini razmetka chizig„i bo„yicha o„zgartirish (masalan,
2.4.3-rasm).
2.4.3-rasm
4. Modelning shakli uchta teshikdan tirqish (zazor)siz o„tadigan qilib
loyihalansin (masalan, 2.4.4-rasm).
2.4.4-rasm
2.4.5-rasm
108
5. Modelning chiqiq qismi uning asosi hisobiga huddi o„shanday o„lcham va
shakldagi chuqurchaga almashtirish (masalan, 2.4.5-rasm).
Topshiriqlarning didaktik maqsadi: xalq xo„jaligining turli sohalarida yangi
buyumlar ixtiro qilish yoki amaldagilarni takomillashtirish yoki qayta ishlab
chiqarishni loyihalashga o„rgatish.
Yuqorida keltirilgan rasmlarda topshiriqning yechimlari berilgan. Biroq
topshiriq javoblari o„quvchilarga e‟lon qilinmaydi. Ya‟ni ular topshiriq
yechimmini o„zlari mustaqil ravishda aniqlashlari lozim.
109
Do'stlaringiz bilan baham: |