Mavzu 6: Gidromeliorativ tizimlarda texnalogik jarayonlarni avtomatlashtirishning ilmiy va texnalogik asoslari



Download 34 Kb.
Sana03.04.2022
Hajmi34 Kb.
#526041
Bog'liq
6-mavzu GMTJA


Mavzu 6: Gidromeliorativ tizimlarda texnalogik jarayonlarni avtomatlashtirishning ilmiy va texnalogik asoslari

“O‘zbekiston respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi O‘zbekiston respublikasi Prezidentining PF-6424 –son 10.07.2020 yildagi Farmoniga ko‘ra so‘nggi yillarda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suv xo‘jaligi ob’ektlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. [ 1 ] Shu bilan birga, global iqlim o‘zgarishi, aholi sonining va iqtisodiyot tarmoqlarining o‘sishi, ularning suvga bo‘lgan talabi yil sayin oshib borishi tufayli suv resurslarining taqchilligi yildan-yilga kuchayib bormoqda. Foydalanilgan o‘rtacha yillik suv miqdori 51 — 53 mlrd kub metrni, jumladan, 97,2 foizi daryo va soylardan,1,9 foizi kollektor tarmoqlaridan, 0,9 foizi esa yer ostidan foydalanib, ajratilgan suv olish limitiga nisbatan 20 foizga qisqargan.


Respublikada 2020 — 2030 yillarda aholini va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini suv bilan barqaror ta’minlash, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv xo‘jaligiga bozor tamoyillari va mexanizmlarini hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, suv xo‘jaligi ob’ektlarining ishonchli ishlashini ta’minlash hamda yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasida belgilangan vazifalarni 2020 — 2022 yillarda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xarita»si 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Konsepsiyaning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin: 4 suv resurslarini prognozlashtirish, ularning hisobini yuritish va ma’lumotlar bazasini shakllantirish tizimini takomillashtirish hamda shaffofligini ta’minlash; suv xo‘jaligi ob’ektlarini (ichimlik va oqova suv tizimidan tashqari) modernizatsiya qilish va rivojlantirish, yirik suv xo‘jaligi ob’ektlarini boshqarishni raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirish, elektr energiyasi va boshqa resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish, sohaga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash; suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi ob’ektlarining xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini ta’minlash; suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suvdan foydalanish va suv iste’moli hisobini yuritishda «Smart Water» («Aqlli suv») va shu kabi raqamli texnologiyalarni joriy qilish; qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarining joriy qilinishini yanada kengaytirish va davlat tomonidan rag‘batlantirib borish, ushbu sohaga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish; sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqarorligini ta’minlash, yerlarning unumdorligini oshirishga ko‘maklashish, tuproqning sho‘rlanish darajasini pasaytirish va uning oldini olish bo‘yicha samarali texnologiyalarni qo‘llash; suv xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini, jumladan suvni yetkazish xarajatlarining bir qismini bosqichma-bosqich suv iste’molchilari tomonidan qoplash tizimini joriy qilish, tushgan mablag‘larni suv xo‘jaligi ob’ektlarini o‘z vaqtida sifatli ta’mirlash-tiklash, raqamli texnologiyalarni joriy qilish hamda samarali boshqarishga yo‘naltirish; suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik va autsorsingni joriy etish, alohida suv xo‘jaligi ob’ektlarini fermer, klaster va boshqa tashkilotlarga foydalanish uchun berish hamda tejalgan mablag‘larni suv xo‘jaligi ob’ektlarini modernizatsiya qilish va xodimlar mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirishga yo‘naltirish; 5 suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish tamoyillarini joriy qilish, aholini suv bilan kafolatli ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlariga suvni barqaror yetkazib berish, suvning sifatini yaxshilash va atrof-muhitning ekologik muvozanatini saqlash; transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari bo‘yicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan suv resurslarini birgalikda boshqarishning o‘zaro maqbul mexanizmlarini va suvdan samarali foydalanish dasturlarini ishlab chiqish hamda ilgari surish; suv xo‘jaligi sohasi uchun malakali kadrlarni tayyorlash, xodimlarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda ilm-fan yutuqlari va nouxaularni ishlab chiqarishga joriy qilish. Konsepsiyani uning ustuvor yo‘nalishlari va tegishli davrga mo‘ljallangan maqsadli parametrlari va ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, har uch yilda tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirish strategiyalari orqali bosqichma-bosqich amalga oshirish belgilab qo‘yilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Konsepsiyada belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish orqali 2030 yilga qadar quyidagi ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlasin: sug‘orish tizimlarining foydali ish koeffitsiyentini 0,63 dan 0,73 gacha oshirish; suv ta’minoti past darajada bo‘lgan sug‘oriladigan yer maydonlarini 560 ming gektardan 190 ming gektargacha kamaytirish; sho‘rlangan sug‘oriladigan yer maydonlarini 226 ming gektarga kamaytirish; Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining yillik elektr energiyasi iste’molini 25 foizga kamaytirish; barcha irrigatsiya tizimi ob’ektlariga «Smart Water» («Aqlli suv») suv o‘lchash va nazorat qilish qurilmalari o‘rnatilib, suv hisobini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy etish; 6 100 ta yirik suv xo‘jaligi ob’ektlarida suvni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish; qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suvni tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan yerlarning umumiy maydonini 2 mln gektargacha, shu jumladan tomchilab sug‘orish texnologiyasini 600 ming gektargacha yetkazish; suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida 50 ta loyihani amalga oshirish. Shu maksadda kursatilgan masalalarni xal etishda ishlab chikarishni avtomatlashtirilgan boshkaruv tizimini tashkil etishda mutaxassislar oldida keng qamrovli vazifalar turibdi. Xususan, - axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida suv ob’ektlari bo‘yicha ma’lumotlarini to‘plash va ularni qayta ishlash bo‘yicha axborot tizimlarini takomillashtirish; - suv ob’ektlarida raqamli texnologiyalar yordamida suvning monitoringini olib borishni bosqichma-bosqich joriy etish, barcha manbalar va suv resurslari bo‘yicha yagona axborot tizimini yaratish; - suv xo‘jaligi ob’ektlarini modernizatsiya qilish, yirik suv xo‘jaligi ob’ektlarini raqamli texnologiyalar asosida boshqarilishini tashkil etish, resurs tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish, sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish hamda ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash yo‘nalishini amalga oshirishda: - sug‘oriladigan yerlarda sho‘rlanish darajasini kamaytirish, maydonlarning sho‘rini yuvish ishlarini samarali tashkil etish, sizot suvlarini maqbul sathlarda ushlab turish va ularning minerallashuvini kamaytirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, bu boradagi ilg‘or jahon tajribasini o‘rganish va amaliyotda qo‘llash choralarini ko‘rish; -sug‘oriladigan yerlarda sho‘rlanish darajasini kamaytirish, maydonlarning sho‘rini yuvish ishlarini samarali tashkil etish, sizot suvlarini maqbul sathlarda ushlab turish va ularning minerallashuvini kamaytirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot 7 ishlarini amalga oshirish, bu boradagi ilg‘or jahon tajribasini o‘rganish va amaliyotda qo‘llash choralarini ko‘rish. Shu maksadda “Texnologik jarayonlar va ishlab chikarishni avtomatlashtirish va boshqarish” (suv xujaligida) bakalavriat yo‘nalishi malaka talablari va o‘quv rejasi 2020 yilda takomillashtirilib , kredit tizimi asosida jahon standartlari asosida qayta ishlab chikildi. Ushbu o‘quv reja tarkibida yukoridagi masalalarni hal kilishga yordam beruvchi kator texnologik, ixtisoslik fanlari kiritilgan. Ixtisoslik blokiga kiruvchi “Suv xo‘jaligida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari” fani shular jumlasidandir. Fan bo‘yicha talabaning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi.Talaba: - suv xo‘jaligi tizimlarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshkarishning muammolari, suv xo‘jaligi tizimlaridagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va avtomatlashgan boshkaruv tizimlarining texnologik asoslari haqida tasavvurga ega bo‘lishi kerak; - suv xo‘jaligi ob’ektlari uchun TJABT larini qurish prinsiplari shu jumladan ABT larni tarkibi terminlarni aniqlovchi asosiy me’yoriy xujjatlarni,suv xo‘jaligi texnologik jarayonlarini avtomatlashtirishning tipik masalalarini yechishni , texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarishning namunaviy yechimlarining algoritmlarini tuzishni bilishi va ulardan foydalana olishi; - texnologik boshqaruv ob’ektlarining dinamik xususiyatlarini baholash, suv xo‘jaligi ob’ektlarining texnologik jarayonlarini avtomatlashtirishda avtomatik boshqaruv tizimi vositalarini qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
«Avtomatlashtirish» so‘zi grekcha «automatos» so‘zidan olingan bo‘lib, «o‘z-o‘zidan harakatlanuvchi» ma’nosini bildiradi.
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda esa inson amalga oshirayotgan nazorat, boshqaruv masalalari avtomatik asbob-uskunalar yordamida bajariladi. O‘lchov asboblari va avtomatik qurilmalar qo‘l yordamida bajarilishi qiyin bo‘lgan texnologik jarayonlarni optimal qiymatini saqlashga imkon beradi. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini ishlab chiqarish uch xil yo‘nalishda olib borilishi mumkin: - boshqaruv obe’ktlaridagi fizik xususiyatlarning o‘zgarishini EHM larni qo‘llash asosida matematik modellashtirishni effektiv o‘rganish usullari; - texnologik jarayonlarning o‘lchanayotgan va boshqariluvchi koordinatalari orasidagi bir biriga mos keluvchi qiymatlari orasida texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha boshqaruv usullari; 9 - avtomatlashtirishning texnik vositalarini (nazorat, boshqaruv) o‘z ichiga oluvchi muhandislik usullari ishlab chiqiladi.
Hozirgi kungacha soha bo‘yicha texnologik jarayonlarni boshqarish uchun asosan oddiy va sodda qurilmalar bo‘lgan mexanik pnevmatik va elektrik rostlagichlardan foydalanib kelindi. Lekin oxrigi 15-20 yil ichida soha bo‘yicha ayniqsa gidromeliorativ tizimlarida gidrotexnika inshoatlari va nasos stansiyalarida katta o‘zgarishlar yuz beradi. Hozirgi kunda murakkab energetik va moddiy oqimlarga ega bo‘lgan kompleks texnologik jarayonlarni boshqarishda 1 va 2- bosqichdagi takomillashtirlgan lokal avtomatlashtirish tizimlarini yaratish lozim.
Download 34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish