67
Chizmachilik fanidan talabalarning bilish faoliyatini
faollashtirish uchun
dastlab, ularni masalalar yechishga jalb qilish va oʻqish faoliyatini ma‟lum
darajada rivojlantirish kerak. Keyin ularda mustaqil fikrlashni, faollikni,
tashabbuskorlikni, mustaqil bilim olish koʻnikmasini, ijodkorlikni kuchaytirish
lozim. Soʻngra talabalar uchun bilish faoliyatining
rivojlanishi uchun shart-
sharoitlar yaratish zarur. Mana shu uch bosqichli jarayon toʻgʻri yoʻlga qoʻyilsa
talabalarning bilish faoliyati rivojlanadi.
Yuqoridagi materiallardan koʻrinib turibdiki, oʻqish-oʻrganishda talabalarning
bilish faoliyatini faollashtirish ijodiy izlanish talab qiladigan masalalarda,
loyihalash masalalarida oʻz aksini tezroq topadi. Quyida loyihalash masalalarini
oddiydan murakkabga qarab tuzishga oid metodik tavsiyalar bayon etiladi. Bunday
masalalar tuzishdan avval kontruktor,
konstruksiya, loyiha, loyihalash kabi
metodlar terminlarning mazmuni haqida fikr yuritaylik.
“
Konstruktor
–
mashina, mexanizm, inshoot va ularning ayrim qismlari
konstruksiyasini, loyihasini tuzuvchi mutaxassis, injener
deb tushuniladi.
Konstruksiya
– lotincha
construction
so„zdan olingan bo„lib, u
to„plash, yig„ish,
tuzilish, qurilish
degan ma‟nolarni beradi.
Loyiha
– arabcha so„z bo„lib, u
ro„yhat, nizom, qoida, reja, dastur
kabi
ma‟nolarni beradi.
Loyihalash
–
mo„ljallangan obyektlar (asbob va jihozlar, bino
va inshootlar, turli mashina va apparatlar, kiyim-bosh va mebellar)ning yangi
namunalarini qurish va yaratish uchun ularning loyihalarini tuzish va chizish
”
26
–
ma‟nolarini beradi.
Shuningdek, yechimiga erishish yoʻlida ijodiy
izlanish talab qilinadigan
masalalarni hamda loyihalash masalalarini qanday tuzish kerak, uning metodikasi
qanday boʻladi va oʻquv jarayonida u qanday amalga oshiriladi degan savollarga
javoblar izlashimiz lozim. Buning uchun bilim, koʻnikma, malaka, metod,
metodika, usul, uslub kabi terminlarning mazmun-mohiyatini anglashimiz zarur.
26
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. «Ўзбекистон миллий энциклопедияси», 5 жилд, 2006-2008 yy.
68
Bilim
–
shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma‟lum obrazlar
ko„rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma‟lumotlar
majmui.
Ko„nikma
– shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka
– muayyan harakat, faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
27
Metodika
– yunoncha so„zdan olingan bo„lib, biror ishni bajarish,
amalga
oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yig„indisi. O„qitish usullari haqidagi
ta‟limot.
Metod
- yunoncha so„zdan olingan bo„lib, tabiat va jamiyat hodisalarini
bilish, tadqiq qilish usuli.
28
Usul
- arabcha so„zdan olingan bo„lib, asosiy qoidalar, qonunlar,
qabul
qilingan tartib degan ma‟nolarni beradi. Binchidan biror narsani yuzaga chiqarish,
amalga oshirish yo„li, harakat tarsi, xili, tartibi, yo„l. Ikkinchidan, biror ish,
mashg„ulot kabilarga xos bo„lgan, unda qo„llanuvchi
asosiy xatti-harakat, yo„l.
Uslub
– arabcha so„zdan olingan bo„lib, tartib, tartib-usul, usul, yo„sin, shakl degan
ma‟nolarni beradi.
29
Dastlab, kub to„g„risida toʻgʻrisida gaplashamiz va u qanday ko„rinishga ega,
qanday elementlardan tuzilgan, chizmada u qanday tasvirlanadi kabi savollarga
javob berishni talabalardan soʻraymiz. Shunday savollarga javob topish uchun
talabalar fikrlay boshlaydi. Fikrlash jarayonida tafakkur yordamga keladi. Shunda
kub yoqlari bir xil kvadratlardan tashkil topganligi va bu kvadratlar oltita ekanligi
ayon bo„1adi hamda ushbu kubning yaqqol tasvirini chizishga urinib ko„riladi.
So„ngra proyeksiyalarda tasvirlashga o„tiladi.
Shunday qilib kub to„g„risidagi ma‟lumotga ega bo„lish uchun oldin fazoviy
tafakkurni
ishga solib, fazoviy tasavvur qilishga ega bo„linadi. Endi kub bilan
bog„1iq bir nechta misollar yechib ko„riladi.
27
Inoyatov U., Muslimov N., Usmonboyeva M., Inog„omova D
. Pedagogika: 1000 savolga 1000 javob. -T.:
“TDPU rizografi”. 2012.61- bet.
28
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. «Ўзбекистон миллий энциклопедияси», 2 жилд, 582-бет. 2006-2008
йй.
29
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. «Ўзбекистон миллий энциклопедияси», 4 жилд, 299-303 бетлар.
2006-2008.
Do'stlaringiz bilan baham: