111- боб чорвачилик ва паррандачилик асослари



Download 1,84 Mb.
bet8/55
Sana14.07.2022
Hajmi1,84 Mb.
#800268
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
Bog'liq
chorvachilik va parrandachilik asoslari

Suvning tozaligi. Hayvonlarga beriladigan suv toza bo‘lishi lozim. Suvda hayvonlar uchun zararli bo‘lgan zaharli moddalar, kasallik tarqatuvchi mikroblar va har xil tuzlar bo‘lmasligi kerak. Chorva mollari ichadigan suv tiniq, rangsiz, hidsiz va mazali bo‘lishi lozim. Suvda har xil tuzlar bo‘lsa, ularning mazasi taxir, achchiq, sho‘r yoki qo‘lansa hidli bo‘ladi. Bunday suvni hayvonlar yaxshi ichmaydi yoki mutlaqo iste’mol qilmaydi.
Hovuz va ko‘l suvlaridan ba’zan baliq yoki balchiq hidi, suvdagi har xil moddalarning chirishi natijasida undan mog‘or yoki qo‘lansa, yoqimsiz hid keladi, bunday suvlarni hayvonlar iste’mol qilmaydi.
Suv manbalari. Chorva mollariga beriladigan suvning asosiy manbalari daryodan oqib keladigan, qor va yomg‘ir, ko‘l va havza, buloq va yer osti suvlari hisoblanadi.
Daryo suvlari bahorgi yog‘ingarchilik va suv toshqini tufayli loyqalanadi, unda har xil aralashmalar ko‘payib ketadi. Shuningdek, ular sanoat va aholi chiqindilarining qo‘shilishi natijasida ifloslanishi ham mumkin. Hayvonlarga suv berishda ana shularni hisobga olish lozim.
Yomg‘ir va qor suvlarining tarkibida tuzlar kam bo‘lganligidan ularning sifati tez buziladi.
Chorva mollari uchun buloq suvi tushadigan ko‘llardan foydalanish mumkin. Oqmaydigan, tagi sayoz va botqoqli ko‘l suvlari hamda buzilgan va ifloslangan hovuz suvlari hayvonlarning ichishi uchun yaramaydi.
Yer osti suvlaridan chorva mollarini sug‘orishda foydalanish uchun uning tarkibini tekshirib ko‘rish lozim. Yer osti suvlari ifloslanmagan va tuzlari ko‘p bo‘lmasa undan foydalanish mumkin.
Yer ostidagi suv o‘tkazmaydigan berch qatlamda toza suv bo‘lib, ular sifat jihatidan ancha yuqori bo‘ladi. Bular ba’zan buloq suvlari singari yer betiga chiqishi mumkin, ayrim hollarda yerni kovlab quduq qilinadi yoki suv nasoslari yordamida tortib olinib, chorva mollari uchun foydalaniladi.
Suvni tozalash va zararsizlantirish. Suvlar ayrim mayda hayvonlar ta’sirida tozalanib turadi. Masalan, mayda jonivorlar suvdagi organik moddalar bilan oziqlanadi, mikroblar va kislorod ta’sirida suvdagi aralashmalar parchalanib suvlar tabiiy holda tozalanib turadi.
Ammo o‘ta ifloslangan suvlarni qo‘shimcha tozalashga to‘g‘ri keladi. Buning uchun suv maxsus suv omborlarida tindiriladi, undagi iflosliklar suv tagiga cho‘kadi. Shuningdek, suvni tozalashda filtrlardan foydalaniladi. Suvni qum, shag‘al, ko‘mir va marmartosh uvoqlari orasidan o‘tkazilsa suv toza bo‘ladi.
Iflos suv orqali har xil kasalliklar tarqalmasligi uchun ularni kimyoviy moddalar bilan zararsizlantiriladi.
Chorva mollari uchun ishlatiladigan suv juda issiq yoki haddan tashqari sovuq bo‘lmasligi lozim. Suvning harorati 12° atrofida bo‘lsa yaxshi hisoblanadi.
Nazorat savollari
1. Chorva mollarining mahsuldorliga tashqi muhit ta’siri qanday?
2. Chorva mollariga haroratning qanday ta’siri bor?
3. Chorva mollariga namlikning qanday ta’siri bor?
4.Chorva mollari uchun suvning qanday ahamiyati bor?

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish