O‘rtacha mayin jun - hammasi dag‘al momiq (tukning ingichkaligi 25-30 mkm yoki ortiq) tuklardan yoxud qisman dag‘al momiq va qisman oraliq tukka yaqinroq jundan iborat. Mayin va o‘rtacha mayin junlar bir jinsli jun turlariga kiradi.
Dagal jun - momiq, oraliq tuklar va qillardan tashkil topgan, ba’zan o‘lik va quruq tuklar juda ko‘p aralashgan bo‘ladi.
O‘rtacha dag‘al jun - momiq, oraliq tuklar va ingichka qillardan iborat. U dag‘al jundan momig‘i ko‘pligi, yog‘ aralash ter juda ko‘p shimilganligi, ancha ingichka qillar aralashganligi bilan farq qiladi. Qo‘y juni iflos bo‘ladi, shuning uchun u qirqilganidan keyin yuvib, yog‘ aralash teridan va yopishib qolgan boshqa narsalardan tozalanadi. Fabrikada yuvilgan toza jun yopishitiriladi. Toza jun vaznining iflos jun vazniga nisbati (foiz hisobida) toza jun chiqishi deb ataladi. Bu nisbat mayin junda 30-50% ga, dag‘al junda 55-75% ga teng.
Qo‘ylarni go‘shtga boqish
Odatda, qo‛ylar ikki xil usulda - yaylovda va qo‛lda boqiladi.
Qo‘ylarni yaylovda boqish eng arzonga tushadigan va keng tarqalgan usul hisoblanadi. Bunda ularning vazni 25-40 foizgacha ortadi, go‘sht va yog‘ining sifati yaxshi bo‘ladi. Yoshiga ko‘ra brak qilingan qorakul qo‘ylar, nasl olish uchun yaroqsiz quchqorlar va asosan dumbali erkak quzilar go‘shtga boqish uchun ajratiladi va ulardan yoshi, jinsi, fiziologik holatiga qarab poda tuziladi.
Agar brak qilingan qo‘ylar erta bahordan yaylovda boqilsa, ular yaxshi semiradi va kuldan kushimcha yem-xashak berishga extiyoj qolmaydi. Lekin go‘shtga boqiladigan davrda ularni kuniga uzok, masofaga harakat qildirish yaramaydi. Chunki bu ularning semirishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qo‘ylar yaylovda boqilganda ularga vaqti-vaqti bilan osh tuzi va mineral qushimchalar berib turish semirishini jadallashtiradi. Dumbali qo‘ylarning yaylovda boqish ko‘p miqdorda go‘sht va yog‘ yetishtirish imkonini beradi.
Qo‘ylarni qulda boqish mahsulot tannarxining bir oz qimmatlashib ketishiga sabab bo‘lishi bilan birga, qo‘ylar qiska vaqt ichida yaxshi semiradi. Kuylarni bo‘rdoqiga boqish yaxshi tashkil etilgan ilg‘or xo‘jaliklarda ularning sutkalik semirishini 250-280 g ga oshirishga erishilmoqda va ko‘plab sifatli quy go‘shti yetkazib berish borasida ko‘pchilikka ibrat bulmoqda.
Jun qirqimi qo‛ychilikda eng mas’uliyatli davr hisoblanadi. CHunki junning sifati va mikdori ma’-lum darajada uni qanday tashkil qilib o‛tkazilishiga bog‛liq.
Qo‛ylarning juni mahsulot yo‛nalishiga qarab yi-liga bir yoki ikki marta qirqib olinadi. Masalan, mayin va yarim mayin junli qo‛ylarning juni bir marta, dag‛al va yarim dag‛al junli qo‛ylarning juni ikki marta qirqiladi. Qo‛ylar juni ilgarilari asosan qo‛lda qirqib olinar edi, hozirgi vaqtda mashin-kada olinmokda.
O‛zbyekistonda qo‛ylar juni bahorda - aprel oyida, kuzda - sentyabr va oktyabr oylarida qirqiladi. Bunda ob-havo sharoitini hisobga olish kerak bo‛ladi.
Nazorat savollari
1. Suruv qanday qo‘y podasi?
2. Qo‘ylar qanday oziqlantiriladi?
3. Qo‘zilarni o‘stirish haqida ayting.
4. Qo‘y junning qanday turlari bor?
5. Qo‘ylar go‘shtga qanday boqiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |