Mayin junli qo‘ylarga ko‘p tarqalgan merinos zot qo‘ylar kirib sovliqlarining og‘irligi 50-60 kg, qo‘chqorlariniki 100-110 kg keladi va har biri o‘rtacha 4-5 kg jun beradi. Bularning terisidan issiq po‘stinlar tiqiladi.
O‘rtacha mayin junli qo‘ylardan ko‘p boqiladigani sigay zot qo‘ylar bo‘lib, ularning sovliqlari 50 kg, qo‘chqorlari 60-80 kg gacha boradi va har bir qo‘ydan 3,5-5 kg jun qirqib olinadi. Bu qo‘ylarning terisidan ham po‘stin tiqiladi, junlari esa pishiqligi, mayinligi va chigal bo‘lmasligi jihatidan ustun turadi.
D ag‘al junli qo‘ylarga Xisor zot qo‘ylar bilan qorako‘l qo‘ylari kiradi. Xisor zot qo‘ylar dumbali, baland tog‘li iqlimga yaxshi moslashgan, sovliqlarining o‘rtacha vazni 70-75 kg, qo‘chqorlariniki 100 kg atrofida. Qorako‘l qo‘ylari unchalik yirik emas. Katta yoshdagi qo‘ylari 2,5-3 kg gacha dag‘al jun beradi, lekin qorako‘l terisi, ayniqsa 1-3 kunlik qo‘zilarining terisi bilan dunyoga mashhur. Terisi qora va kul rang bo‘lishi mumkin, lekin tilla rang sur eng qimmatli qorako‘l hisoblanadi.
Qo‘ylar soylik, jarlik, tog‘li hududlarda o‘sadigan o‘tlardan hamda don ekinlari o‘rib olingandan keyin yerda qoladigan o‘simlik qoldiklaridan to‘la foydalana oladi. Qo‘ylar o‘tlarni tagidan, ildiz bo‘g‘izi yaqinidan uzib olishga moslashgan. Qo‘ylarning suvga bo‘lgan ehtiyoji unchalik katta emas, shuningdek ular issiqqa va sovuqqa chidamli bo‘ladi.
Go‘shtdor-cepyog‘ zotli qo‘ylar. yirik, mustahkam tuzilishga ega bo‘lib, yirik dumbali, asosan yaylovlarda boqishga moslashgan. Ularning juni dg‘gal, ko‘p miqdorda o‘lik va quruq jun tolalari uchraydi. Shuning uchun ham ularning junidan kigiz, namat, sholcha kabilar tayyorlanadi. Bu yo‘nalishga mansub bo‘lgan asosiy zotlar: hisor, jaydari va edilboy qo‘ylardir.
Hisor zoti. asosan O‘zbekiston Tojikiston, va Qozogiston davlatlarida ko‘paytiriladi. Bu zot go‘shtdor-cepyog‘ zot qo‘ylar ichida eng yirigi hisoblanadi. Binobarin, quchqorlarining tirik vazni 100-130 kg, sovliqlariniki 80-90 kg atrofida bo‘ladi. Bu qo‘ylarning tanasi uzun bo‘lib, burtib chiqqan, quloqlari osilgan bo‘ladi. Oyoklari uzun va pishik,, dumbasi 20-25 kg, hatto 40 kg va undan ham ko‘prok, keladi. Junining rangi to‘q sariq, qora va jigarrang. Hamma vakillarida shox bo‘lmaydi. Ikki qkyning har birida 1,2-2 kg dan jun olinadi. Serpushtlik xususiyati yaxshi rivojlangan. Quzilari 6 oylik bo‘lganida vazni 60-65 kg ga yetadi. Go‘sht chiqishga 48-56 foiz. Go‘shti juda mazali (1-rasm).
Jaydari qo‘ylar. Uzbekistonning ko‘p tumanlarida uchraydi. Ular hqm, dumbali kuylar hisoblanib, quchqorlari 80-90 kg, sovliqlari 60-70 kg keladi. Har galgi qirqimda 1,6-2 kg, ayrim hollarda 2,5 kg gacha jun beradi. Go‘shtining sifati yaxshi va chiqishga o‘rtacha 50-52 foiz atrofida. Jaydari qo‘ylar ancha chidamli bo‘lganligi uchun ko‘plab xonadonlarda boqiladi va ko‘paytiriladi. Ular asosan, Samarkand va Jizzax viloyati xo‘jaliklarida boqiladi.
Nazorat savollari
1. Qo‘y va echkilarning xalq xo‘jaligidagi qanday ahamiyati bor?
2. Qo‘ylar juniga qarab qanday turlarga bo‘linadi?
3. Qo‘ylar uchun tashqi muhit ta’siri qanday?
4. Qo‘ylarning qanday zotlari bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |