111- боб чорвачилик ва паррандачилик асослари


QO‘YCHILIKDA NASLCHILIK ISHLARI



Download 1,84 Mb.
bet11/55
Sana14.07.2022
Hajmi1,84 Mb.
#800268
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Bog'liq
chorvachilik va parrandachilik asoslari

2.2. QO‘YCHILIKDA NASLCHILIK ISHLARI


Qo‘y zotlari.
Qorako‘l qo’yi - sur qorako‘l teri yetishtirish uchun, asosan, O‘zbekistonda urchitiladigan qo‘ylar. Qo‘rakol’ qo‘yi tabiiy sharoitga boshqa qorako‘l qo‘ylariga nisbatan chidamsizroq, ko‘k qorako‘l qo‘ylariga qaraganda chidamliroq. Sovliqlari 40-45 kg, qo‘chqorlari 55-60 kg Yillik jun mahsuloti 2,5-3,0 kg. Eng yuqori nav sur terilar yetishtirish va nasldor sur qo‘chqorlarni ko‘proq olish uchun sur sovliqlar sof zot sur qo‘chqorlardan qochiriladi. Sur sovliq sur qo‘chqordan qochirilganda sur qo‘zilar 90% dan ortig‘ini, qora sovliqlar, sur so‘chqorlardan qochirilganda esa sur qo‘zilar birinchi bo‘g‘in qo‘zilarining 4-6°/o ini, ikkinchi bo‘g‘inning 27-28% ini, so‘nggi bo‘gilqanlarning 48-50% ini tashkil qiladi. Qorako‘lchi-selektsionerlar, mutaxassis1lar hamda cho‘ponlar tomonidan sur qo‘ylarning sermahsul «Surxon» turi, «Nurota» turi, kumush sur qo‘ylarning «Qoraqum» turi, tilla, kumush sur teri beradigan «Qizilqum» turlari yaratilgan.
Linkoln qo‘y zoti - go‘sht-jun uchun boqiladigan yarim mayin junli qo‘ylar. XIX-asrda Angliyada yetishtirilgan. Qo‘chqorlari 130-160 kg, sovliqlari 100-120 kg. Qo‘chqorlari yiliga 10-12 kg, sovliqlari 5-6 kg jun beradi. Junining uzunligi 20-30 sm, bir xil, pishiq, 55-65% sof jun chiqkali. 100 sovliqdan o‘rtacha 120 qo‘zi olinadi. Dagal junli va merinos sovliqlari bilan chatishtirilib, krossbred turidagi serjun mahsuldor duragay olingan. O‘zbekistonda jaydari qo‘ylyar bilan chatishtirilib, serjun-go‘shtdor duragay qo‘ylari ko‘paytirilmoqda. Bu duragaylar juni jay­dari qo‘ylarning juniga qaraganda 2-2,5 mar­ta ortiq, yarim mayin, krossbred turida, uzunligi 13-16 sm.
Askaniya qo‘y zoti – mayin tolali serjun zot. Bu zot 1925-34 yillarda Ukraina mahalliy merinos qo‘ylarini tanlab borish va Amerikaning rambul’ye qo‘chqorlaridan qochirish yo‘li bilan yetishtirilgan. Askaniya qo‘y zoti mayin junli qo‘ylarning eng yirigi. Qo‘chqorlarining o‘rtacha vazni 100-110 kg (ulardan 10 kg gacha jun olish mumkin), sovliqlarining vazni 60-65 kg (5,5-6 kg jun beradi). Juni ingichka.
1950 yillarda Toshkent naslchilik xo‘jaligi, Jizzax ot zavodiga keltirilgan.
Askaniya qo‘y zoti bu xo‘jaliklarda qo’yidagicha mahsulot berdi: vazni 82,3 kg bo‘lgan ikki yoshli nasl qo‘chqorlari 7 kg jun berdi. Junning uzunligi 8,3 sm, ingichkaligi 21,7 mk; toza junning chiqishi 41,4%.
Sigay qo‘y zoti - jun-go‘sht va go‘sht-jun uchun boqiladigan yarim mayin junli qo‘ylar. Tashqi ko‘rinishi va junining sifati merinoslarnikiga yaqin. Serjun-go‘shtdor va go‘shtdor-serjun turlari bor.

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish