2.2. QO‘YCHILIKDA NASLCHILIK ISHLARI
Qo‘y zotlari.
Qorako‘l qo’yi - sur qorako‘l teri yetishtirish uchun, asosan, O‘zbekistonda urchitiladigan qo‘ylar. Qo‘rakol’ qo‘yi tabiiy sharoitga boshqa qorako‘l qo‘ylariga nisbatan chidamsizroq, ko‘k qorako‘l qo‘ylariga qaraganda chidamliroq. Sovliqlari 40-45 kg, qo‘chqorlari 55-60 kg Yillik jun mahsuloti 2,5-3,0 kg. Eng yuqori nav sur terilar yetishtirish va nasldor sur qo‘chqorlarni ko‘proq olish uchun sur sovliqlar sof zot sur qo‘chqorlardan qochiriladi. Sur sovliq sur qo‘chqordan qochirilganda sur qo‘zilar 90% dan ortig‘ini, qora sovliqlar, sur so‘chqorlardan qochirilganda esa sur qo‘zilar birinchi bo‘g‘in qo‘zilarining 4-6°/o ini, ikkinchi bo‘g‘inning 27-28% ini, so‘nggi bo‘gilqanlarning 48-50% ini tashkil qiladi. Qorako‘lchi-selektsionerlar, mutaxassis1lar hamda cho‘ponlar tomonidan sur qo‘ylarning sermahsul «Surxon» turi, «Nurota» turi, kumush sur qo‘ylarning «Qoraqum» turi, tilla, kumush sur teri beradigan «Qizilqum» turlari yaratilgan.
Linkoln qo‘y zoti - go‘sht-jun uchun boqiladigan yarim mayin junli qo‘ylar. XIX-asrda Angliyada yetishtirilgan. Qo‘chqorlari 130-160 kg, sovliqlari 100-120 kg. Qo‘chqorlari yiliga 10-12 kg, sovliqlari 5-6 kg jun beradi. Junining uzunligi 20-30 sm, bir xil, pishiq, 55-65% sof jun chiqkali. 100 sovliqdan o‘rtacha 120 qo‘zi olinadi. Dagal junli va merinos sovliqlari bilan chatishtirilib, krossbred turidagi serjun mahsuldor duragay olingan. O‘zbekistonda jaydari qo‘ylyar bilan chatishtirilib, serjun-go‘shtdor duragay qo‘ylari ko‘paytirilmoqda. Bu duragaylar juni jaydari qo‘ylarning juniga qaraganda 2-2,5 marta ortiq, yarim mayin, krossbred turida, uzunligi 13-16 sm.
Askaniya qo‘y zoti – mayin tolali serjun zot. Bu zot 1925-34 yillarda Ukraina mahalliy merinos qo‘ylarini tanlab borish va Amerikaning rambul’ye qo‘chqorlaridan qochirish yo‘li bilan yetishtirilgan. Askaniya qo‘y zoti mayin junli qo‘ylarning eng yirigi. Qo‘chqorlarining o‘rtacha vazni 100-110 kg (ulardan 10 kg gacha jun olish mumkin), sovliqlarining vazni 60-65 kg (5,5-6 kg jun beradi). Juni ingichka.
1950 yillarda Toshkent naslchilik xo‘jaligi, Jizzax ot zavodiga keltirilgan.
Askaniya qo‘y zoti bu xo‘jaliklarda qo’yidagicha mahsulot berdi: vazni 82,3 kg bo‘lgan ikki yoshli nasl qo‘chqorlari 7 kg jun berdi. Junning uzunligi 8,3 sm, ingichkaligi 21,7 mk; toza junning chiqishi 41,4%.
Sigay qo‘y zoti - jun-go‘sht va go‘sht-jun uchun boqiladigan yarim mayin junli qo‘ylar. Tashqi ko‘rinishi va junining sifati merinoslarnikiga yaqin. Serjun-go‘shtdor va go‘shtdor-serjun turlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |