111- боб чорвачилик ва паррандачилик асослари


Molxonalarga qo‘yiladigan talablar



Download 1,84 Mb.
bet7/55
Sana14.07.2022
Hajmi1,84 Mb.
#800268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55
Bog'liq
chorvachilik va parrandachilik asoslari

Molxonalarga qo‘yiladigan talablar. Chorva mollari uchun mo‘ljallangan fermalar shamol tomondan himoyalangan, yer osti suvlari chuqurligi 4 m dan kam bo‘lmagan balandroq joyga qurilishi lozim. Shuningdek, molxonalar aholi yashaydigan binolardan kamida 500-1000 m narida, shamolga teskari va pastroq tomonda, temir yo‘l va avtomobillar qatnaydigan katta yo‘llardan 300 m uzoqda bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Molxonalarni qurishda issiqlikni kam o‘tkazadigan materiallardan foydalanish lozim. Beton, yog‘ochga qaraganda issiqlikni tez o‘tkazadi. Shuning uchun molxonalar yog‘ochdan qurilsa yaxshi bo‘ladi. Yog‘och issiqlikni kam o‘tkazadi, lekin o‘ziga nagl tortadi. Shuning uchun yog‘ochdan qurilgan binolarning havosi nisbatan quruq va issiqroq bo‘ladi, lekin yog‘och tez chiriydi.
Beton chirimaydi, yonmaydi va chidamli bo‘ladi. Shuning uchun molxonalarni yig‘ma temir-betonli, ichi g‘ovak plitalardan foydalanib qurish mumkin.
Molxonalarning poli pishiq, sovuq o‘tkazmaydigan, tekis, hayvonlar tiyg‘anib yiqilmasligi uchun bir oz g‘adir-budur bo‘lishi lozim. Deraza va eshiklari jips yopiladigan, mollarning chiqishi va kirishiga imkon beradigan hamda yem xashakni tarqatish mashinalari kira oladigan keng bo‘lishi, lozim.
Molxonalarni shamollatib turish uchun havo tortadigan trubalar yoki maxsus havo almashtirgich o‘rnatiladi. Natijada molxonadagi zararli gazlar, suv bug‘lari chiqib, u toza havo bilan almashinadi va hayvonlar uchun qulay sharoit vujudga keladi.
Chorva mollarini sog‘lom va baquvvat o‘stirish uchun ular saqlanadigan xonalar go‘ngidan va shaltog‘idan doim tozalab turiladi.
Suvning ahamiyati. Suv hayvonlar hayotida juda muhim axamiyatga ega. Hayvonlar organizmining 65-70 % ini suv tashkil etadi.Ayniqsa, yosh mollar tanasida katta yoshdagi hayvonlarga nisbatan suv ko‘proq bo‘ladi.
Hayvonlarda kechadigan barcha jarayonlar suv tufayli sodir bo‘ladi. Hayvonlar tanasidagi zaharli moddalar suv bilan birga tashqariga chiqib ketadi hamda suvning bug‘lanish natijasida hayvonlar tanasidagi issiqlik pasayadi. Hayvonlar suvsiz hayot kechira olmaydi. Shuning uchun hayvonlarni suv bilan o‘z vaqtida ta’minlash, ularning mahsuldorligini oshiradi.
Bir sutkada sog‘in sig‘irlar 80 litr, olti oylikkacha bo‘lgan buzoqlar 20 litr, katta yoshdagi qo‘ylar 10 litr, cho‘chqalar 25 litr, bolali cho‘chqalar 60 litr va tovuqlar esa bir litr atrofida suv sarflaydi.

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish