111- боб чорвачилик ва паррандачилик асослари



Download 1,84 Mb.
bet6/55
Sana14.07.2022
Hajmi1,84 Mb.
#800268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
chorvachilik va parrandachilik asoslari

Nazorat savollari
1.Chorvachilik sohalari haqida ayting.
2. Chorva mollarini asrash usuliga qarab, qanday chorvachilik tizimlari mavjud?
3.Chorvachilik fermasi qanday tarmoq?
4. Chorvachilik fermer xo‘jaliklarida mehnat unumdorligini qandau oshiriladi?


1.2.HAYVONLARNI BOQISH MAXSULDORLIGINIGA TASIR QILUVCHI OMILLAR


Chorva mollarining yaxshi o‘sishi va ularning mahsuldorligini oshirishda tashqi muhit katta ta’sir qiladi.
Chorvachilikni rivojlantirishda iqlim, shu joyining o‘ziga xos sharoitlari hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Iqlimning hayvonlarga ham, yem-xashak bazasiga ham ta’siri bo‘ladi. Molxonalardagi havoning issiqligi, namlik darajasi, tarkibidagi gazlarning almashinuvi ham molxonaning yoritilish darajasi qishloq xo‘jalik hayvonlariga ta’sir qiladi.
Harorat. Hayvonlar sovuqda qolsa, tanasidan issiqlik ajralishi kuchayadi, uning o‘rnini to‘ldirish uchun esa organizm ko‘proq yem-xashak talab qiladi, bunday holda oziq modda yetishmasa mahsuldorligi kamayadi va sifati yomonlashadi. Shuningdek, hayvonlar sovuqda uzoq muddat qolib ketsa shamollaydi, kasallanadi va hatto nobud bo‘ladi. Hayvonlarning teri ostidagi yog‘ qatlami va terining qalin jun bilan qoplanishi tanadan issiqlikning tarqalishiga va organizmga sovuqning ta’sir etishiga yo‘l qo‘ymaydi, ammo haroratning normadan pasayishi ham hayvonga yomon ta’sir qiladi. Yosh hayvonlar katta yoshdagi hayvonlarga nisbatan sovuqqa chidamsiz bo‘ladi.
Chorva mollariga yuqori harorat ham yomon ta’sir qiladi. Yuqori haroratda hayvonlar terlaydi, natijada hayvonda suv va energiya ko‘p sarflanadi. Quyosh ostida qolgan mollarni oftob uradi va kasalga chalinadi.
Namlik. Chorva mollari boqiladigan xonalarda ma’lum miqdorda namlik bo‘lishi kerak. Bu namlik haroratga va molxonadagi havoning almashinishiga bog‘liq bo‘ladi. Poldagi, suvdonlardagi va ho‘l yem-xashakdagi namning bug‘lanishi natijasida molxonada havoning namligi ortadi. Shuningdek, hayvonlar nafas chiqarganda va terlaganda ham ko‘p miqdorda suv bug‘lanadi. Masalan, 400-500 kg keladigan sigir bir sutkada 8-12 kg namlikni bug‘lantirishi aniqlangan.
Molxonada namlikning ko‘p bo‘lishi ham, ortiqcha quruq bo‘lishi ham hayvonlarga yomon ta’sir qiladi. Sovuq, nam havoda hayvonlar issiqlikni ko‘p tarqatishi natijasida sovuq qotadi va shamollab kasal bo‘ladi. Ayniqsa, sovuq nam havo yosh hayvonlar uchun ancha xavfli.
Juda issiq va nam havoda hayvonlardan namlik kam bug‘lanadi, natijada tanadan issiqlik kam tarqaladi, shu sababli hayvonni issiqlik eltadi. Bunday sharoitda hayvonlarning ishtahasi yo‘qoladi va mahsuldorligi kamayadi.
Issiqlik va havo namligini kamaytirish uchun molxonalarni shamollatib turish muhim ahamiyatga ega. Molxonada namlikni kamaytirish uchun hayvon tagiga quruq qipiq, mayda poxol va shu kabi to‘shamalar solinadi. Bu to‘shamalar namlikni kamaytirish bilan birga, go‘ngning sifatini yaxshilaydi.
Molxona havosi haddan tashqari quruq bo‘lsa, mollarning tomog‘i qurib qoladi hamda chang ko‘payib kasallanishiga sababchi bo‘ladi.
Yorug‘lik. Molxonaga yorug‘lik yaxshi tushib turishi lozim. Yorug‘ xonalarda mollar yem-xashakni yaxshi topib yeydi. Yorug‘lik tushib turadigan xonalarda parrandalar, otlar, qoramollar va cho‘chqalar yaxshi rivojlanadi. Lekin molxonaga kechasi lampalar yoqib qo‘yish mollarning yaxshi dam olishiga xalaqit beradi.

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish