Chorvachilik asoslari fanidan bajargan mustaqil ishi.
REJA
Kerakli harorat
Namlik darajasi
Molxonalarga qo‘yiladigan talablar
Yorug’lik
Mavzu: CHORVACHILIK BINOLARDAGI MIKROIQLIMNI O’RGANISH
Harorat. Hayvonlar sovuqda qolsa, tanasidan issiqlik ajralishi kuchayadi, uning o‘rnini to‘ldirish uchun esa organizm ko‘proq yem-xashak talab qiladi, bunday holda oziq modda yetishmasa mahsuldorligi kamayadi va sifati yomonlashadi. Shuningdek, hayvonlar sovuqda uzoq muddat qolib ketsa shamollaydi, kasallanadi va hatto nobud bo‘ladi. Hayvonlarning teri ostidagi yog‘ qatlami va terining qalin jun bilan qoplanishi tanadan issiqlikning tarqalishiga va organizmga sovuqning ta’sir etishiga yo‘l qo‘ymaydi, ammo haroratning normadan pasayishi ham hayvonga yomon ta’sir qiladi. Yosh hayvonlar katta yoshdagi hayvonlarga nisbatan sovuqqa chidamsiz bo‘ladi.
Chorva mollariga yuqori harorat ham yomon ta’sir qiladi. Yuqori haroratda hayvonlar terlaydi, natijada hayvonda suv va energiya ko‘p sarflanadi. Quyosh ostida qolgan mollarni oftob uradi va kasalga chalinadi.
Namlik. Chorva mollari boqiladigan xonalarda ma’lum miqdorda namlik bo‘lishi kerak. Bu namlik haroratga va molxonadagi havoning almashinishiga bog‘liq bo‘ladi. Poldagi, suvdonlardagi va ho‘l yem-xashakdagi namning bug‘lanishi natijasida molxonada havoning namligi ortadi. Shuningdek, hayvonlar nafas chiqarganda va terlaganda ham ko‘p miqdorda suv bug‘lanadi. Masalan, 400-500 kg keladigan sigir bir sutkada 8-12 kg namlikni bug‘lantirishi aniqlangan.
Molxonada namlikning ko‘p bo‘lishi ham, ortiqcha quruq bo‘lishi ham hayvonlarga yomon ta’sir qiladi. Sovuq, nam havoda hayvonlar issiqlikni ko‘p tarqatishi natijasida sovuq qotadi va shamollab kasal bo‘ladi. Ayniqsa, sovuq nam havo yosh hayvonlar uchun ancha xavfli.
Juda issiq va nam havoda hayvonlardan namlik kam bug‘lanadi, natijada tanadan issiqlik kam tarqaladi, shu sababli hayvonni issiqlik eltadi. Bunday sharoitda hayvonlarning ishtahasi yo‘qoladi va mahsuldorligi kamayadi.
Issiqlik va havo namligini kamaytirish uchun molxonalarni shamollatib turish 10
muhim ahamiyatga ega. Molxonada namlikni kamaytirish uchun hayvon tagiga quruq qipiq, mayda poxol va shu kabi to‘shamalar solinadi. Bu to‘shamalar namlikni kamaytirish bilan birga, go‘ngning sifatini yaxshilaydi.
Molxona havosi haddan tashqari quruq bo‘lsa, mollarning tomog‘i qurib qoladi hamda chang ko‘payib kasallanishiga sababchi bo‘ladi.
Yorug‘lik. Molxonaga yorug‘lik yaxshi tushib turishi lozim. Yorug‘ xonalarda mollar yem-xashakni yaxshi topib yeydi. Yorug‘lik tushib turadigan xonalarda parrandalar, otlar, qoramollar va cho‘chqalar yaxshi rivojlanadi. Lekin molxonaga kechasi lampalar yoqib qo‘yish mollarning yaxshi dam olishiga xalaqit beradi.
Molxonalarga qo‘yiladigan talablar. Chorva mollari uchun mo‘ljallangan fermalar shamol tomondan himoyalangan, yer osti suvlari chuqurligi 4 m dan kam bo‘lmagan balandroq joyga qurilishi lozim. Shuningdek, molxonalar aholi yashaydigan binolardan kamida 500-1000 m narida, shamolga teskari va pastroq tomonda, temir yo‘l va avtomobillar qatnaydigan katta yo‘llardan 300 m uzoqda bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Molxonalarni qurishda issiqlikni kam o‘tkazadigan materiallardan foydalanish lozim. Beton, yog‘ochga qaraganda issiqlikni tez o‘tkazadi. Shuning uchun molxonalar yog‘ochdan qurilsa yaxshi bo‘ladi. Yog‘och issiqlikni kam o‘tkazadi, lekin o‘ziga nagl tortadi. Shuning uchun yog‘ochdan qurilgan binolarning havosi nisbatan quruq va issiqroq bo‘ladi, lekin yog‘och tez chiriydi.
Beton chirimaydi, yonmaydi va chidamli bo‘ladi.
Shuning uchun molxonalarni yig‘ma temir-betonli, ichi g‘ovak plitalardan foydalanib qurish mumkin. - Shuning uchun molxonalarni yig‘ma temir-betonli, ichi g‘ovak plitalardan foydalanib qurish mumkin.
- Molxonalarning poli pishiq, sovuq o‘tkazmaydigan, tekis, hayvonlar tiyg‘anib yiqilmasligi uchun bir oz g‘adir-budur bo‘lishi lozim. Deraza va eshiklari jips yopiladigan, mollarning chiqishi va kirishiga imkon beradigan hamda yem xashakni tarqatish mashinalari kira oladigan keng bo‘lishi, lozim.
- Molxonalarni shamollatib turish uchun havo tortadigan trubalar yoki maxsus havo almashtirgich o‘rnatiladi. Natijada molxonadagi zararli gazlar, suv bug‘lari chiqib, u toza havo bilan almashinadi va hayvonlar uchun qulay sharoit vujudga keladi.
- Chorva mollarini sog‘lom va baquvvat o‘stirish uchun ular saqlanadigan xonalar go‘ngidan va shaltog‘idan doim tozalab turiladi.
- E’tiboringiz uchun rahmat!!!!!!!!!!!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |