111- боб чорвачилик ва паррандачилик асослари



Download 1,84 Mb.
bet13/55
Sana14.07.2022
Hajmi1,84 Mb.
#800268
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
Bog'liq
chorvachilik va parrandachilik asoslari

D egeres qo‘ylar - yarim mayin, uzun junli yangi qo‘y zoti(3-rasm). Qozog‘istonda shiropshir zot qo‘yni dumbali (jaydari) sovliqlar bilan chatishtirib yetishtirilgan. Sutdan ajratilgan erkak qo‘zilarining vazni 40-44 kg, urg‘ochilariniki 35-38 kg, bir yarim yoshlik qo‘chqorlarining vazni 70-80 kg, sovliqlariniki 53-60 kg, yetuk yoshdagi qo‘chqorlarining vazni 110-118 kg (ayrimlari 135 kg), sovliqlariniki 61-67 kg (ayrimlariniki 84 kg), so‘yilganda 60-62 kg go‘sht-yog‘ qiladi. Sovliqlaridan 3-3,5 kg, qo‘chqorlaridan 4-6 kg jun qirqib olinadi. Bulardan 66-68% toza jun chiqadi. Juni oq, uzun (14-16 sm), sifati va yigirilish xususiyati a’lo darajada.
O‘zbekistonga 1959 yildan keltirila boshlagan. Degeres qo‘chqorlaridan Samarqand, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida dumbali qo‘ylarni yaxshilashda foydalanilmoqda.
Qo‘ylarni urchitish. Qo‘ylar 8-9 oyligida jinsiy jihatdan yetiladi, shunday bo‘lsa-da, ularni birinchi gal 1-1,5 yoshligida qochirish tavsiya etiladi. Qo‘ylarning jinsiy qo‘zg‘alish sikli o‘rta hisobda 17 kun, kuyikishi taxminan 24 soat, bo‘g‘ozlik davri 144-148 kun davom etadi. Qo‘ylarni ko‘pchilik zotida jinsiy aktivlik kuzda, kunlar qisqargandan keyin boshlanadi. Qo‘ylar kunduz kuni qorong‘i xonaga bir necha soat qamab qo‘yilsa, jinsiy qo‘zg‘alishi tezlashadi. Romanov qo‘ylari bundan mustasno, ularda qochishga moyillik yil davomida tug‘ilishi mumkin. Qo‘ylarda tashqaridan qaraganda kuyikish belgilarini bilib bo‘lmaydi, shuning uchun ularning kuyikishi sinovchi qo‘chqorlar yordamida aniqlanadi. Qo‘chqorning ko‘kragiga har ikki kupda maxsus bo‘yoq surtiladi, shunda qochishga moyil qo‘ylarni topish osonlashadi. Qo‘ylarni ko‘paytirishda qochirishning har xil usullaridan foydalaniladi.
Erkin qochirish - bunda qo‘ylar podasiga qo‘chqorlar (20-25 bosh qo‘yga bitta qo‘chqor hisobidan) qo‘shiladi. Qochirishning bu oddiy usulida juda ko‘p qo‘chqor kerak bo‘ladi. Naslchilik xo‘jaliklarida qo‘zining «ota-onasi» kimligini aniq bilish talab qilinganligidan bu usulni qo‘llanib bo‘lmaydi.

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish