Birinchi hudud - sof sutchilik hududi, bunga obikor dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan va shaharlar atrofidagi xo‘jaliklar kiradi.
Ikkinchi hudud - sut-go‘sht yetishtirish hududi, bunga obikor va lalmikor yerlar hamda tabiiy ozuqa bazasi bo‘lgan cho‘llar kiradi.
Uchinchi hudud - ixtisoslashtirilgan go‘shtdor qoramolchilik hududi, bunga tabiiy yaylovlari bo‘lgan va, asosan, chorvachilik bilan shug‘ullanadigan xo‘jaliklar kiradi.
Qoramolchilikni ixtisoslashtirish va konsentrasiyalash asosida sutchilik hamda go‘shtchilik komplekslari, har bir hududda zotdor mollarni ko‘paytirib tarqatuvchi naslchilik zavodlari va fermalari tashkil etilgan.
Qo‘ychilik tizimi - go‘sht-yog‘, go‘sht-jun va qorako‘l yetishtirish sistemalariga bo‘linadi. Qo‘ylar hamma vaqt yaylovlarda boqiladi. Qishlov joylarida sun’iy qochirish, jun qirqish, cho‘miltirish punktlari bor. Qorako‘l qo‘ylari qumlik va yarim cho‘l yaylovlarda boqiladi.
Parrandachilik tizimi - ixtisoslashtirish va konsentrasiyalash asosida ko‘plab tuxum va go‘sht yetishtirishga qaratilgan.
Cho‘chqachilik tizimi - mahsuldor naslli va duragay cho‘chqalar yetishtirish, cho‘chqa go‘shtini ko‘paytirish va uning tannarxini kamaytirishga qaratilgan.
Chorvachilik fermasi – qishloq xo‘jaligining chorva mollarini urchitish va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanadigan tarmog‘i. Qoramolchilik, yilqichilik, qo‘ychilik, cho‘chqachilik va parrandachilik fermalari bo‘ladi. Chorvachilik fermalari aholi yashaydigan joylardan chetroqda - yem-xashak ekinlari ekiladigan maydonlarga yaqin joylarga quriladi. Chorvachilik fermalari hududida chorvachilik binolari kompleksi, qo‘shimcha ishlar uchun mo‘ljallangan bino va imoratlar, injenerlik-texnika inshootlari, yo‘l va kommunikasiyalar bo‘ladi. Binolarning qurilish xarakteri chorvachilik fermalarining katta-kichikligiga va chorva mollarining muayyan tur hamda guruhlarini asrash xususiyatlariga bog‘liq. Masalan, yirik sutchilik fermasida: sigirxonalar, sut sog‘ish bloki, sun’iy urug‘lantirish punkti, sigirlar tug‘adigan va buzoqxona - profilaktoriy, yem-xashak tayyorlash bo‘limlari, silos va senaj minoralari yoki transheyalari, yem-xashak saqlanadigan bino va ma’muriy-maishiy binolar va boshqalar bo‘ladi.
Respublikamizning barcha viloyatlarida fermer xo‘jaliklarida chorvachilikni barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirish va uning iqtisodiy samaradorligini yuksaltirish uchun kuplab muhim tadbirlarni amalga oshirmoqdalar. Jumladan, chorvachilik fermalarini yanada kengaytirish, naslchilik ishlarini yanada takomillashtirib xayvonlar zotini yaxshilash, bu tarmoqda progressiv, hozirgi zamon texnologiyasini va ilg‘orlar tajribasini keng joriy etish, yem-xashak bazasi barqarorligini oshirish va yanada mustahkamlash, orir qul mehnati jarayonlarining mexanizasiyalashtirish darajasini oshirish, chorvachilik bo‘yicha uz malakalarini tobora oshirish kabi masalalar muhim ahamiyat kasb etadi,
Bu borada chorvachilikning muhim, salmoqli va yetakchi tarmog‘i hisoblangan qoramolchilikni jadal rivojlantirish va bu sohadagi barcha omillardan samarali foydalanish, xalqimiz uchun kup, sifatli va arzon go‘sht va sut mahsulotlarini yetishtirib berish barcha fermerlarni diqqat markazida turibdi. Respublikamizdagi kuplab fermer xo‘jaliklarida kup va sifatli sut yetishtirish ishlar hozirda muhim bo‘lgani uchun qo’yidagi ishlarni kechiktirmay amalga oshirish kerak bo‘ladi.
Yem-xashak bazasining barkamolligi va mustahkam bo‘lishiga qishloq xo‘jalik hayvonlarini to‘yimli, shirali, sersuv va servitamin oziqlar bilan yil davomida bir me’yorda ta’min etishga erishish lozim.
Yem va don oziqlarning, shuningdek, kunjara, kukun kunjara, shulxa va boshqa turli xil sanoat chiqitlari, mineral moddalar; hamda barcha turdagi hayvon dorilar bilan ta’minlash zarur bo‘ladi.
Barcha chorva tarmoqlaridagi og‘ir qul mehnat ishlarini va barcha texnologik jarayonlarni har tomonlama tula mexanizasiyalashtirish ishlarini amalga tuliq oshirish kerak.
Chorva mollari naslini yaxshilash, zot sifatini yuksaltirish, sigirlarning qisir qolishiga barham berish, buzoqlarni boqish va parvarishlash talab darajasidagi sermahsul, cog‘lom va baquvvat sigir va nasl buqalar yetishtirish borasida fan yangiliklari va ilg‘orlar tajribasidan yetarli darajada foydalanish zarur bo‘ladi.
Talab darajasidagi zamonaviy molxonalar va parrandaxonalar bilan kam-chiqim, yengil, ulka sharoitiga mos va arzon zamonaviy chorva binolarini qurish hisobiga taminlash hamda mavjudlaridan unumli foydalanish, ishlarini ishlarini amalga oshirish kerak bo‘ladi.
Qishloq xo‘jalik hayvon fermalari xodimlarining yil davomida uzluksiz, kechayu-kunduz bajaradigan nihoyat og‘ip, sermashaqat, mas’uliyatli va shu bilan birga savobli mehnatlariga ko‘ra ularni e’zozlash ishlarini tashkil qilish kerak bo‘ladi.
Ushbu bayon etilgan asosiy hal etilishi kerak bo‘lgan muammolarni hal etmasdan turib, barcha jamoa xo‘jaliklarida, ayniqsa sut qoramolchiligida keskin burilish qilib bo‘lmaydi.
Hayvonlarni jadal usulda gushga semirtirish ishlari ham har bir molboqar va chorvadorning diqqat markazida bo‘lmog‘i lozim. Buning uchun go‘shtga semirtirish uchun ajratilgan hayvonlardan yoshi, jinsi, oriq-semizligi, vazni va fiziologik holatiga ko‘ra maxsus guruhlar tashkil etilib, ularni yetarli miqdorda to‘yimli yem-xashak bilan uzluksiz ta’min etish lozim.
Bundan tashqari, hayvonlarni talab etilgan rasion asosida boqib ulardan har sutkada 900-1000 g vazn olinishiga erishib, yetishtirilayotgan go‘shtning tannarxi nihoyatda qimmatlashib, uning sifati pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Respublikamiz viloyatlaridagi ayrim fermer xo‘jaliklarida qo’ychilik va parrandachilikni rivojlantirish borasida muayyan ishlar qilinayotgan bulsada, hali bu sohalarda kup va sifatli mahsulot yetishtirish ishlari jiddiy olib borilmayapti. Binobarin, fermer xo‘jaliklaridagi mavjud nuqsonlarni bartaraf qilish, iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilash borasida hali kup ijobiy ishlarni bajarish talab etiladi.
Xalqimizni chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini tularoq qondirish uchun respublikamizda yetarli imkoniyatlar bor. Ilg‘orlar tajribasi buni yaqqol ko’rsatib turibdi. Agar ana shu imkoniyatlardan ishning kuzini bilgan holda tadbirkorlik bilan unumli foydalanilsa qo’yilgan maqsadga erishiladi.
Fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish borasida asosiy omillardan biri mehnat unumdorligini yuqori darajada bo‘lishi hisoblanadi. Mehnat unumdorligi mahsulot ishlab chiqarish birligi hisobida sarflangan ishchi vaqti bilan belgilanadi.
Buzoqlarni boqishda mehnat unumdorligi I s semirtirishga sarflangan ishchi (vaqti) soati bilan hisoblanadi. I s go‘sht yetishtirish yoki hayvonlarni semirtirishga qancha kam ishchi soati sarflangan bulsa, shuncha mehnat unumdorligi yuqori bo‘ladi. Har bir tarmoqni jadal rivojlantirish, iqtisodiy darajasini oshirishda, mehnat unumdorligi va samaradorlik ko’rsatkichlari yuqori bo‘lishida ishchi vaqtidan foydalanish va uni ishni kuzini bilgan holda sarflash eng muhim omillardan hisoblanadi. Mehnat unumdorligini oshirish borasida barcha mavjud rezervlardan unumli foydalanish har bir fermer xo‘jaligining sharafli burchi va muhim vazifasi hisoblanadi.
Buzoqlarni go‘shtga boqishda ularning semirish darajasi qancha yuqori bulsa, mehnat unumdorligi shuncha yuqori bo‘ladi va aksincha. Binobarin, buzoqlarni jadal usullar bilan go‘shtga semirtirish mehnat unumdorligini yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi.
Fermer xo‘jaliklarida mehnat unumdorligini oshirishda barcha jarayonlarni avtomatlashtirish va mexanizasiyalashtirish muhim ahamiyatga ega. Bu borada molxonadan gung chiqarish, buzoqlarga sut berishni yarim avtomatik qurilmalar asosida bajarish, sochma yem oziqlarni tarqatuvchi mexanizmlardan unumli foydalanish mehnat unumdorligini oshirishda salmoqli urin tutadi. Bundan tashqari buzoqlarni boqishda malakali xodimlardan foydalanish, fermada faqat bir tekis, vazn jihatidan barobar va teng yoshli buzoqlarni guruh holda boqilsa, mehnat unumdorligi birmuncha yuqori bo‘ladi.
Fermer xo‘jaliklarida mexanizm, apparat, xona va uskunalardan unumli foydalanish, yem-xashakni tejamli usulda sarflash, uning to‘yimliligini va hazm bo‘lish xususiyatini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini va mehnat unumdorligini kutarish, hamda xo‘jalik iqtisodisini mustahkamlash va rentabelligini oshirish imkonini beradi.
Har bir fermer xo‘jaligi rentabelligini oshirish, mehnat unumdorligini yuksaltirish va ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini arzonlantirishga bog‘liqdir. Binobarin, tannarxi arzon bo‘lgan mahsulotni kuproq ishlab chiqarish xo‘jalikni serdaromad bo‘lishida birdan-bir muhim omil hisoblanadi. Rentabellik deganda olingan daromadning mahsulot tannarxiga bo‘lgan nisbati tushuniladi va foiz bilan belgilanadi. Tannarx esa har bir xo‘jalik yoki fermani ishlab chiqarish faoliyatini oydinlantiruvchi muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Tannarxning to‘g‘ri hisoblanishi birinchi galda xarajat va taqsim qilishga 6og‘liqdir. Mahsulot tannarxiga turli xil xarajatlar kiradi va tannarxdagi bu xarajatlarning bir-biriga bo‘lgan nisbati tannarx strukturasi deyiladi. Mahsulotlar tannarxi strukturasi ham tannarxning yuqori bo‘lishida qaysi bir turdagi xarajatlarni kuproq ta’sir qilishi ifodalanadi.
Hozirgi vaqtda xo‘jaliklarni rentabellik darajasi asosan uch xil usulda aniqlaniladi. Birinchisi, tovar mahsulotlari rentabelligini aniqlash uchun olingan sof daromadni realizasiya qilingan (sotilgan) mahsulot tannarxi qiymatiga taqsimlash yuli bilan hisoblanadi. Umuman, xo‘jalikda yetishtiriladigan yalpi mahsulotning rentabelligi sof daromadni shu yalpi mahsulot yetishtirishga sarflangan xarajatlar summasiga taqsimlash usuli bilan ham hisoblash mumkin. Ikkinchisi xo‘jaliklardagi mavjud fondlarni xo‘jalik ishlab chiqarishga ta’sirini aniqlash talab etilsa, unda sof daromadni asosiy ishlab chiqarish va aylanma fondlarga taqsimlanadi. Uchinchisi, xo‘jalikdagi barcha fondlardan unumli va rasional foydalanishni taqozo etadigan va barcha sarflarni qisqartirishni nazarda tutuvchi usul hisolanadi.
Ishlab chiqarish rentabelligini oshirishda barcha mehnat jarayonlarini kompleks mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirishning tutgan urni juda kattadir. Ma’lumki, chorvachilik fermalarida bir vaqtni o’zida birnecha mahsulot olinadi. Ular asosiy va qushimcha mahsulot sifatida belgilanadi. Masalan, buzoqlarni boqishda ularning asosiy mahsuloti tirik vaznini ortib borishi hisoblansa, ularning gungi qushimcha mahsuloti sifatida yuritiladi va u ham ma’lum darajada daromad keltiradi. Umuman, har bir xo‘jalikni boy, serdaromad va iqtisodiy jihatdan baquvvat bo‘lishi nihoyat foydalidir. Xo‘jaliklar qulga kiritgan daromadni ishlab chiqarishni kengaytirish, xizmatchilarning moddiy va ma’naviy tomonlariga, obodonlashtirish ishlariga sarflashlari mumkin. Bunday tadbirlarni to‘g‘ri nazorat qilish uchun fermer xo‘jaligida hisob-kitob ishlari olib borilishi lozim.
Shunday qilib, har bir chorva fermeri, mahsulot ishlab chiqarishni to‘g‘ri yulga qo’yishi, tannarxini kamaytirish, texnika yordamida yangi, jadal texnologiya asosida ish olib borishi muvaffaqiyat omili hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |