DARSNING BLOK CHIZMASI:
№
|
DARS BOSQICHLARI:
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash,kun tarixi aytiladi
|
3 daqiqa
|
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
Takrorlash, mustahkamlash,
yangi mavzu bilan bog’lash
|
8 daqiqa
|
3
|
Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
14 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
Dars yakuni va baholash
|
G’olib guruhni aniqlash, rag’batlantirish. Darsning so’ngi xulosasini chiqarish
|
3 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi
|
2 daqiqa
|
I. Tashkiliy qism.
O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.
1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi.
1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish:
1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi:
O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
“ Guruhlarda ishlash”
O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.
III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish:
Hurmatli o‘quvchi!
Siz o‘tgan ikki yil mobaynida o‘zlikni anglash, vaqtning, oilaning, Vatanning qadriga yetishni, boshqalarga nisbatan insoniy va olijanob munosabatda bo‘lish kerak ekanligini hamda mehr va muruvvat ko‘rsatish lozimligini «Ma’naviyat asoslari» darsligi orqali bilib oldingiz. Ma’naviyat — bu shunchaki nazariy tushunchalar yig‘indisigina emas. U millatning kuch-qudrati, qadriyatlar asosi, ezgu-maqsadlarining ifodasidir. Ma’naviyat — inson axloqi va odobi, bilimi, iste’dodi, tajribasi, vij doni, e’tiqodi, dunyoqarashi, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etadigan o‘zaro uyg‘un bir tizim ekanligini darslikdagi mavzularni o‘zlashtirish davomida anglab yetdingiz.
Ma’naviyatga bugungi globallashuv va modernizatsiyalashuv jarayonlarida millatni, xalqni, qolaversa, insoniyatni asrash va dunyo barqarorligi hamda farovonligining mezoni sifatida qaralmoqda. Jumladan, ma’naviyat jonajon O‘zbekistonimiz taraqqiyoti, unda voyaga yetayotgan, hech kimdan hech qachon kam bo‘lmagan yosh avlodning jismonan baquvvat, aqlan barkamol bo‘lib voyaga yetishuvida ham o‘ta muhim ruhiy ozuqa bo‘lib xizmat qiladi.
Darslikdagi mavzular doirasida Siz aziz o‘quvchi qanday jamiyatda yashayotganingiz va bu jamiyat yuksak ma’naviy mezonlarga javob beradigan kishilar jamiyati ekanligi, unda qonun ustuvor, inson manfaatlari va qad riyatlariga alohida e’tibor qaratilishi amaliy hayotda, ayniqsa yoshlarning turmush tarzida namoyon bo‘layotganligini kuzatib bordingiz. Axloqiy qadriyatlarni va faol fuqaroni tarbiyalashga
xizmat qiluvchi muhim mavzular darslikni mazmunan boyitib bergani Sizning ma’naviy-axloqiy sifatlaringizga ta’sir etgan bo‘lsa, ajabmas.
Aziz o‘quvchi! Darslikdan o‘rin olgan adabiyot va ma’rifat bilan to‘yintirilgan tafakkur ziyolari Sizni to‘g‘ri yo‘lga, to‘g‘ri maqsad va e’tiqodni shakllantirishga undaydi. Buning uchun esa bugungi kun yoshlari erkin va mustaqil fikr yuritadigan, iymon-e’tiqodli, aql-zakovatli, irodasi mustahkam, bilimli, dono bo‘lishi, o‘z yurtining tarixi, milliy qadriyatlari hamda buyuk ajdodlari qoldirgan ilmiy hamda ma’naviy merosni ongi, qalbiga jo etib saq lamog‘i darkor. Shuningdek, ushbu darslik Siz uchun tayyor tushuncha va fi krlar majmuasi bo‘libgina qolmasdan, balki hayotdan orqada qolmaslik uchun Sizni keng mushohadaga, ezgulikka chorlashi turgan gap. Siz bundanda ziyoda ilm egallab borishingiz uchun o‘z ustingizda tinimsiz ishlab, yuqori marralarni ko‘zlashingizga ishonamiz.
Ushbu darslik orqali olgan bilimingiz kelgusi porloq hayot yo‘lingizda sizga xolis yordam beradi hamda muvaff aqiyatlar olib keladi, degan umiddamiz. Kelajakda, albatta, ma’naviyati yuksak, aqlan yetuk, ona-Vatanga sodiq, imon-e’tiqodli, mustahkam irodali inson bo‘lib yetishmog‘ingizga tilakdoshmiz.
Aziz o‘quvchi! Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ezgu maqsadga yetishish, baxt-omadga erishish o‘z-o‘zidan bo‘ladigan jarayon emas. Buning uchun tinimsiz mehnat, g‘ayrat-shijoat, metin iroda bo‘lish bilan birga, mustahkam zamin, ya’ni yurtda mustaqillik, farovonlik, tinchlik, osoyish talik hukm surmog‘i lozim. Zotan, sevimli shoirimiz Erkin Vohidov o‘z she’rida ta’kidlaganidek:
Hurriyat – or-nomus, nafsoniyatdir,
Qadrin bilgan elga mangu niyatdir.
Hurriyatning o‘zi tayyor baxt emas,
Baxt uchun eng buyuk imkoniyatdir.
Ilm ziyosi hayot deb atalmish baxt yulduzi yo‘lingizni hamisha yoritib tursin!
Baholash:
Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |