Shavkat Mirziyoyev
Begona kompyuterda elektron pochta yoki boshqa xizmatlardan foydalanganingizda, ushbu xizmatlardan chiqishni unutmang. Aks holda, begonalar sizning maxfi y ma’lumotlaringizdan foydalanishi, buyurtmalar yoki talabnomalar yo‘llashi mumkin.
BILIB OLING!
Media madaniyat ommaviy axborot vositalari (avvalo, televidenie, keyin matbuot, radio, internet) ta’sirida shakllangan madaniyat. U insonning axborotga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlaydi, odamlarning qiziqishlarini boshqaradi, o‘ziga mehrigiyodek jalb qiladi, ta’sirchanlikning turli-tuman ko‘rinishlarini, usul va vositalarini ishga soladi.
Bugun yoshlar ong-tafakkurini media madaniyat boshqaradigan bo‘ldi. Birgina misol: hozir kerakmi-yo‘qmi, ishlatish uchun ehtiyoji bormi-yo‘qmi, bundan qat’i nazar, har bir yosh avlod qo‘lida zamonaviy mobil telefoni bo‘lishini xohlaydi. Kerakmi-yo‘qmi kimlar bilandir tinmay gaplashishi, yozishishi, axborot almashishi lozim. Zamon odamlarni ongi va qalbini egallash uchun keskin kurashga kirgan ekanmi, bunda media madaniyat asosiy o‘rin tutishi tabiiy.
IJODIY FAOLIYAT
1. Internetda elektron pochta yoki saytdagi forumlar orqali foydalanuvchilar bilan muloqotda bo‘lganingizda nimalarga e’tibor berasiz?
2. «Oldindan minnatdorchilik bildiraman», «hurmat bilan», «bizga ishonch bildirganingiz uchun tashakkur», «sizning fikringiz biz uchun muhim», «biz bilan muloqot uchun vaqt ajratganingizni qadrlaymiz» kabi oddiy jumlalarni mediasavodxonlikka qanday aloqasi bor?
3. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimovning quyidagi fi krlariga e’tibor bering: «Dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi». Media savobxonlikka ega bo‘lmagan insonlarning kelajagi haqida yuqoridagi fikr bilan bog‘lab tushuntiring.
Media madaniyat jamiyatimizga o‘simlikka yopishgan chirmovuq kabi yopishdi. Undan begona bo‘lishning hech iloji yo‘q. Endi yoshlarning media madaniyatga kirib kelishi va unga bog‘lanishi jarayonini oqilona boshqarishni taqozo etmoqda.
Media madaniyat tushunchasi «ommaviy madaniyat» tushunchasidan farq qiladi. Media madaniyat — globallashuv jarayonining hosilasi. Shuning uchun, xuddi globallashuvning o‘zi kabi, uning ijobiy tarafi ham, salbiy tomoni ham bor. Ijobiy tomonini qabul qilib, rivojlantirib, salbiy tomonidan ehtiyot bo‘lishimiz, o‘zimizni uning ayanchli oqibatlaridan asrashimiz zarur.
Turli xil axborotlarni izlab topish va uni tasarruf etish imkoniyatlari kengayib borayotgan hozirgi davrda o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, ularni turli oqimlardan himoya qilish, internet tarmog‘i orqali kirib kelayotgan turli xil axborot xurujlaridan ogoh etish bugungi kunning asosiy vazifasiga aylanib ulgurdi.
Dars sabog‘i. Bugungi globallashuv davri yosh avloddan ijtimoiy faollikni talab qilish bilan bir qatorda, yoshlarning ma’naviy-axloqiy kamolotini har qachongidan ko‘ra dolzarb darajaga ko‘tarmoqda. Zero, media madaniyatga ega bo‘lib boorish ma’naviy qadriyatlar va axloq normalarini o‘zlashtirish asosida insonlarning bir-biriga, oilasiga, jamoasiga, Vataniga va butun insoniyat taqdiriga insonparvarlik munosabatlarini namoyon qiladi va jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |