Darvozabon maydoni ustidan to‘pni otish. To‘p darvozadan qaytgan yoki darvoza maydoniga uzatilgandan keyin to‘pni otish tayanchsiz holatdan ikkala yoki bitta qo‘llab bajariladi. Ikki qo‘llab otishni o‘yinchi to‘pni sakrab ilib olgandan keyin bajaradi. To‘pni ilib olgach, uni bitta qo‘lga olish va kaft qisqa
harakati bilan to‘pni otish mumkin. To‘pni ilib olish imkoni bo‘lmasa, u ikki qo‘llab darvozaga turtiladi. To‘pni o‘nglash uchun vaqt kam bo‘lsa yoki himoyachi qarshilik qilsa, zarba bir qo‘llab qisqa turtish bilan ham bajarilishi mumkin. Otgandan keyin o‘yinchi darvozabon maydonchasiga yiqiladi. Barcha
otishlar va ularning turlari maydondan sakratib bajarilishi mumkin (to‘p maydonga uriladi), bu darvozabonga to‘p yo‘nalishini topishda qiyinchilik tug‘diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |