11-mavzu. Qo‘l to‘pi o‘yin texnikasi



Download 1,89 Mb.
bet3/11
Sana11.01.2022
Hajmi1,89 Mb.
#353210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Кул тупи техникаси

Yugurish. Egilib yugurish tezlik va harakat yo‘nalishini o‘zgartirish uchun dastlabki holat va harakat asosi sanaladi. Egilib yugurishning barqaror holati muvozanatni yo‘qotmasdan orqamachasiga va yonlamasiga harakatlanish, yugurish turlarini almashtirish, ularni to‘xtash va sakrash bilan bajarishga imkon
beradi. Harakat tezligi, asosan, qo‘llar va oyoqlar harakatini o‘zgartirish hisobiga bajariladi. Qadamlar kattaligi, odatda, o‘zgartirilmaydi, chunki yugurish masofasi katta emas. Harakat yo‘nalishini o‘zgartirish gavdani burish va aylantirish, tana
og‘irligini burilish tomonga ko‘chirish bilan amalga oshiriladi. Bu harakatlarni muvofiqlashtirib, tezlikni u qadar kamaytirmasdan ham harakat yo‘nalishini o‘zgartirsa bo‘ladi. Yugurish turlari, to‘xtash va burilishlar o‘yinchi tayanchsiz holatda bo‘lmasa, muvaffaqiyatli va o‘z vaqtida bajarilishi mumkin. O‘yin vaziyati o‘zgarganda o‘yinchi o‘z vaqtida yo‘nalishini o‘zgartirib, zarur
harakatlarni bajara oladi.

Burilishlar joyida va harakatlanib bajariladi. Og‘irlik markazini kamaytirish, yanada pastroq turish hisobiga barqaror holatga erishiladi. Bunda gavda og‘irligi burilishni bajarayotgan oyoqqa o‘tkaziladi. Joyida burilish gavdani burish va burilish tomonga kichik qadam tashlash bilan birga qo‘shib bajariladi. Tayanch oyoq maydonchadan uzilmaydi. Joyida burilishni oldinga va orqaga to‘xtash, to‘pni olib yurish, uzatishlar bilan bajarish mumkin. Joyida burilishni o‘rgatish bilan bir paytda tayanch holati, o‘yinchining to‘p bilan harakatlanish qoidalari tushuntiriladi. Harakatlanayotganda burilish orqa bilan oldinga katta qadam tashlash bilan amalga oshiriladi. Oldinda turgan oyoqda burilish


gavdani aylantirish bilan bajariladi: yelka bilan oldinga harakat
boshlanadi va uni oldinga surib, o‘yinchi buriladi. Bosh harakati
biroz oldinroq bajarilib, maydondagi vaziyat baholanadi. Bu chamalash hisobiga o‘yinchi kerakli yo‘nalishda tezlikni pasaytirmay harakatlana oladi. Harakatlanayotib burilish hisobiga hujumchi himoyachi ta’qibidan qutulishi, oldinga chiqishi va taktik vazifani bajarishi mumkin bo‘ladi.

To‘xtashlar ikki qadam tashlash yoki sakrash bilan bajariladi. Oyoqlarni bukib, o‘yinchi inersiyasini pasaytiradi. Gavda harakatga qarshi tomonga og‘diriladi. Ikki qadamda to‘xtashda birinchi qadam birmuncha katta, ikkinchisi kichik, to‘xtatuvchi bo‘ladi. Sakrab to‘xtash oyoqlarni bukish bilan bajariladi.
Harakat tezligi qanchalik katta bo‘lsa, oyoqlar to‘xtashda shunchalik ko‘p bukiladi. Qo‘llar ko‘krak balandligida, muvozanatni saqlagan holda to‘pni tutish va boshqa harakatlarga shay turadi.

Sakrashlar bir oyoq bilan yoki ikkala oyoq bilan depsinib joyidan va harakatlanayotganda bajariladi. Yerga tushayotib o‘yinchi muvozanatni saqlagan holda to‘pni otishi va boshqa harakatlarni bajarishi zarur.

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish