11-mavzu. Nomukammal bozorlarda firmalar faoliyati


-rasm. Monopol firmada talab va chekli daromad egri chizig’i



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/24
Sana20.06.2022
Hajmi1,71 Mb.
#681464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
11 mavzu

11.2-rasm. Monopol firmada talab va chekli daromad egri chizig’i 
Talab egri chizig’i ishlab chiqarish hajmiga qay darajada ta’sir etishini 
ko’rsatmoqda. Chekli daromad egri chizig’i firmaning daromadi 1 birlik mahsulotga 
nisbatan qanday o’zgarishini ko’rsatmoqda. Chunki chekli daromad har doim narxdan kam 
bo’lmasligi uchun monopolist har doim har bir birlik mahsulot narxini oshiradi. Buning 
sababi, monopol bozorda narxning chekli harajatga nisbati talabning elastikligiga bog’liq. 
Monopol hokimiyatni o’lchashninhg tabiiy yo’li bu foydani maksimallashtirishga 
olib keluvchi narxning chekli harajatlardan qanchalik ortiq bo’lish darajasini aniqlashdir. 
Xususan, biz narx ustamasini (chekli harajatlar chegirilgan narx) narxga nisbati 
ko’rsatkichidan foydalanishimiz mumkin. Monopol hokimiyatning bu o’lchovi 1934 yilda 
1934 yilda iqtisodchi Abba Lerner tomonidan kiritildi va Lernerning monopol hokimiyat 
indeksi deb ataladi (Lerner Index of Monopoly Power). U narx va chekli harajatlar 
o’rtasidagi farqni narxga nisbatiga teng. Matematik ko’rinishda: 
L= (P-MC) / P 
Lerner indeksi har doim 0dan 1 gacha qiymatga ega bo’ladi. Mukammal raqobat 
sharoitidagi firmalar uchun P = MC, shu sababli L= 0. L qanchalik katta bo’lsa, monopol 
hokimiyat darajasi shunchalik kuchli bo’ladi. Monopol hokimiyatning bu indeksini 
shuningdek ushbu firma uchun talab elastikligi orqali ham ifoda etish mumkin
3

11.3. Monopol bozorlarda foydani maksimallashtirish 
3
Pindayk R.,Rabinfeld D., Microeconomics. P.30 


Raqobatli bozorda firma agar u chekli daromad chekli harajatga teng holatni 
ta’minlaydigan hajmda mahsulot ishlab chiqarsa, maksimal foyda oladi, bunday mahsulot 
hajmi optimal bo’ladi. Monopolist ham shu optimal ishlab chiqarish shartiga amal qilishi 
kerak bo’ladi. Sof monopolist tovariga bo’lgan talab ham bozor talabi hisoblanadi. 
Monopolist o’z tovari narxini oshirsa, unga talab hajmi kamayadi va aksincha, monopolist 
tovar narxini tushirsa unga talab hajmi ortadi.
Xuddi shunday sof monopolist taklifi ham bozor taklifi hisoblanadi. Masalan, tovar 
ishlab chiqarishning o’zgaruvchi harajatlari oshsa, monopolist maksimal foyda olish uchun 
tovar hajmini qisqartiradi. Taklif hajmining qisqarishi va haridorlar o’rtasida raqobatning 
mavjudligi tovar narxini oshiradi.
Agar monopolistning talab chizig’i raqobatlashgan bozordagiday gorizontal 
bo’lganda edi, u tovar hajmini o’zgartirishi bilan narxga ta’sir qila olmas edi. 
Monopollashgan bozorda taklif chizig’i ma’noga ega emas. Nega bunday, chunki ishlab 
chiqariladigan mahsulot (taklif) miqdori bilan narx o’rtasida proportsional bog’liqlik yo’q. 
Monopolistning qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarishi nafaqat chekli harajatga 
bog’liq, balki talab chizig’ining shakliga ham bog’liq bo’ladi.
Monopol bozorda talabning o’zgarishi narxning va taklifning raqobatlashgan 
bozordagiday proportsional o’zgarishiga olib kelmaydi. Monopolist, talab o’zgarganda 
mahsulot hajmini o’zgartirmasdan narxni o’zgartirishi yoki narxni o’zgartirmasdan 
mahsulot hajmini o’zgartirishi yoki bir vaqtning o’zida narxni hamda mahsulot miqdorini 
o’zgartirish mumkin. 
Monopolistning maqsadi maksimal foyda olish bo’lsa, u tovar narxini xohlagancha 
oshira olmaydi. Narx oshishi bilan mahsulotga talab kamayib boradi, narx oshishi ma’lum 
darajaga yetganda, umumiy daromad umumiy harajatni qoplamaydi. Monopolist qanday 
narx strategiyasini tutishini bilish uchun daromadning narxga ko’ra talab elastikligi bilan 
qanday bog’liqligini eslash zarur bo’ladi. Talab chizig’ining elastik bo’lgan qismida 
narxning pasayishi umumiy daromadni o’sishiga olib keladi, elastiklik birga teng 
bo’lganda, umumiy daromad maksimumga erishadi (MR=0), elastik bo’lmagan qismida 
narxning pasayishi umumiy daromadni pasayishiga olib keladi. Shuni tushungan 
monopolist talab chizig’ining elastik bo’lmagan qismida harakat qilmaydi. 



Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish