11-MA’RUZA
KONTAKTSIZ RELELAR
REJA
11.1. Kontaktli va kontaktsiz relelarning solishtirma ko‘rsatkichlari
11.2. Tiristorlarda qurilgan releli elementlar
11.3. Optronlarda qurilgan releli elementlar
11.4. Mikroprotsessorli markazlashtirish tizimlari
Tayanch so’z va iboralar
Kontaktli va kontaktsiz relelarning solishtirma ko‘rsatkichlari, tiristorlarda qurilgan releli elementlar, diodli va triodli tiristorlarning tuzilmaviy sxemalari, tiristorlarning tavsiflari, tunnelli diod va uning tavsifi, tunnelli diodda qurilgan relelar va ularning tavsiflari, optronlarda qurilgan releli elementlar, mikroprotsessorli markazlashtirish tizimlari, EBILock-950 tizimi
11.1. KONTAKTLI VA KONTAKTSIZ RELELARNING SOLISHTIRMA KO‘RSATKICHLARI
Kontaktsiz releli ishlaydigan elementlarning kontaktli reledan farqi shundan iboratki, ular tashqi mexanik kontaktlarni tutashishi va ajralishi bilan emas, balki zanjirning biror ko‘satkichi – qarshiligi, induktivligi yoki sig‘imi o‘zgarishi bilan ta’sir ko‘rsatishadi (11.1-rasmga qarang).
Kontaktsiz rele, unda harakatlanadigan qismi – yakori va kontakt tizimi hamda ularning eyilishi bo‘lmaganligi, uchqun va yoy ta’siridan jadalli buziladigan kontaktlari yo‘qligi sababli, ko‘proq ishonchlikka ega. Inersiyali harakatchan qism-larini yo‘qligi va ularning ishlashi fazodagi holatiga bog‘liq bo‘lmasligi, kontaktsiz relelarning yuqori tezkorligini ta’minlaydi.
Kontaktsiz relelarning kichik tashqi o‘lchamligi, ularning muhim ustunligidir. Ayniqsa bu, mikroelektron asboblardan yasalgan relelarga tegishlidir.
Kontaktsiz relelarning, kontaktligiga nisbatan kamchiliklari – bu ularning tashqi elektromagnit ta’sirlariga, shovqinlarga yuqori sezgirligi, radiatsiya ta’siriga moyilligi, elektr ta’minot sifatiga bog‘liqligidir. Bu esa, ekranlar, filtrlar va boshqa himoya tadbirlari ko‘rishni talab etadi.
Kontaktsiz elementlar uchun qiyin aniqlanadigan nosozlikbu adashish yoki to‘xtab qolish (ya’ni qisqa vaqtga ish qobiliyatini yo‘qotish) xususiyatni borligidir. Bu ma’noda kontaktli rele kam talabchan, dag‘alroq elementdir, u sozlashni talab etmaydi va tashqi xalaqitlarga moyil emas. Ana shu sabablarga ko‘ra, buzilish (nosozlik) jadalligi = 10-12… 10-14 1/soatga teng.
I sinf ishonchlikka ega kontaktsiz releni yaratish, kontaktli relega nisbatan ancha murakkab masaladir. Chunki kontaktli relelarda bu maqsaddga etarli sodda konstruksiyalarni tanlash tadbirlari bilan erishiladi. Kontaktli relelarning yana bir muhim ustunligi, bu ularning holatini ko‘z bilan ko‘rish mumkinligidir. Bu ularning ishlashini nazorat qilish va buzilishini oson tuzatishga imkon beradi.
Kontaktsiz relelar, kontaktlilar beradigan, yuklamani elektr manbadan to‘liq galvanik ajratilishini ta’minlay olmaydi. Natijada, uzilgan yuklama zanjiridan qandaydir salt yurish toki oqishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |