11.7-rasm. Optronli rele sxemasi
asalan, K249LP1 (11.6-rasm) seriyali integral mikrosxema diodli optrondan (DO) va kuchaytirgichdan (VT1-VT3 tranzistorlari) iborat. Sxe-mani kirish kaskadini optron hosil qila-di. Kirish toki oqqanida va nurlanish paydo bo‘lganda, fotodiod ochiladi. Foto toki, bir vaqtni o‘zida, VT1 tranzistorni ochadigan baza toki ham hisoblanadi. Natijada, VT3 tranzistori ochiladi va mikrosxemani chiqish zanjiri ulanadi. Optron rele sxemasining chiqishida (11.7-rasm), turli qutbli impulslar hosil bo‘ladi. Bu impulslar, ochiladigan ikkita VT1 yoki VT2 tranzistorlardan qaysi birini kirishiga signal kelishiga bog‘liqdir.
11.4. MIKROPROTSESSORLI MARKAZLASHTIRISH
TIZIMLARI
Rivojlanish tarixi. Mikroprotsesstorli markazlashtirish (MPM-MПЦ) ning birinchi tizimlari foydalanishga 1980 yillarda tadbiq etilgan edi, va shu vaqtdan boshlab uning barqaror rivojlanishi davom etib kelmoqda. Bugun ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, bitta yoki bir nechta mamlakatlarda qo‘llanilayotgan, yangi ishlanmalarini olg‘a surmoqdalar. Odatda har bir ishlab chiqaruvchi turli darajada murakkablikdagi, turli o‘lchamli xududlarga va mamalakatlarning milliy talablariga moslashtirilgan, tizimlarni taklif etadi va h.k. Lekin milliy temir yo‘llar uchun ikkita standart tizimlar paydo bo‘ldi:
Buyuk Britaniyada SSI va Yaponiyada SMILE.
Bu sohadagi etakchi ishlanmalar xavfsizlik darajasini oshirishni turli usullarini qo‘llashni amalga oshiradi, jumladan, tizimning biron bir tashkil etuvchisi ishdan chiqib chegaralangan ishlash sharoitlari sodir bo‘lganda. Releli markazlashtirish tizimlarida bunday imkoniyatlar mavjud emas.
Ko‘p ishlanmalarda turli ishlab chiqaruvchilarning tashkil etuvchi va turlari birlashtiriladi. Masalan, bitta ishlab chiqaruvchining poezd ishidagi tezkor boshqarish yoki boshqa ishlab chiqaruvchining mikroprotsessorli markazlashtirish tizimi releli markazlashtirish tizimni boshqarishda qo‘llanishi mumkin.
Mikroprotsessorli markazlashtirishda xavfsizlikni ta’minlash. Mikroprotsessorli markazlashtirishning vazifasi birinchi navbatda dasturiy ta’minot bilan aniqlanadi. MПЦ qo‘llaniladigan yarim o‘tkazgichli element bazasi mexanik va releli markaz-lashtirishga nisbatan, tizimning xavfsizligini pasaytiruvchi bir qator xususiyatlarga ega:
kam kuchlanishli elektron tarkibiy qismi tashqi ta’sirlarga yaqori sezgirlikga ega;
relega nisbatan elektron tashkiliy qismlar ximoyaviy xolatlar tomoniga buzulishlarni aniq yo‘nalganligiga ega emas, va sodir bo‘luvchi xatolarni oqibatini oldindan aniqlash murakkab;
vaqt o‘tishi bilan elektron tashkiliy qismlarning ishchi tavsiflari o‘zgarishi mumkin;
elektron tashkiliy qismlarni yuqori darajadagi murakkabligi ishlab chiqarish bosqichida tizimli xatoliklarni ehtiyot chorasini ko‘rishda, shu bilan birgalikda texnik tizimda bo‘layotgan jarayonlarni nazorati va uning xolatini o‘zgarishi bilan, qiyin ahvolga solib qo‘yadi.
Ushbu kamchiliklarni ba’zi birlarini bartaraf qilish uchun u yoki bu darajada diversitet va ortiqchalik prinsipi qo‘llaniladi. Ortiqchalik, tizimning bir xil funksiyalari turli apparatli kanallarda amalga oshiriladi va natijalarini o‘zaro solishtirishni anglatadi.
Ortiqchalik birinchi navbatda, mikroprsessorli majmualarda tasodifiy xato-liklarni yo‘qotishga yordam berishi bilan foydali.
Apparatli ortiqchalik deyarli barcha mikroprsessorli markazlashtirish tizimlarida qo‘llaniladi. Ortiqchalik bo‘lgan tizimlarni loyihalashda quyidagi turlari qo‘llaniladi:
“2 dan 2” (2oo2) tizimi. Bunday tizimlarda mas’uliyat talab qiladigan funksiyalarga ikkita mustaqil kanallarda ishlov beriladi va so‘ngra olingan natijalar xavfsiz solishtiriladi. Natijalar mos kelganda tizimning chiqishiga muvofiqlashtirilgan natija uzatiladi, mos kelmagan xolat tizimni xavfsiz xolatga keltiradi (poezdlar harakatini chegaralovchi);
“2 dan 3” (2oo3) tizimi. Funksiyalarga uchta mustaqil kanallarda ishlov beriladi. Agar bitta kanalda buzilish bo‘lsa, bu kanal izolyasiya qilinadi. Markaz-lashtirish 2oo2 sxema bo‘yicha buzilgan kanal tiklanmagunga qadar ishlashni davom ettiradi;
Ikkilik «2 dan 2» (2x(2oo2)) tizimi. Bunday xolatlarda uning biron-bir nim tizimi 2oo2 faol, boshqasi zaxirada bo‘ladi. Agar faol nim tizimda buzilish bo‘lsa, u izolyasiyalanadi va funksiyaga ishlov berish zaxiraviy nim tizimda olib boriladi.
Shunday qilib, bu barcha tizimlarda zaxiralash xavfsizlikni oshirish maqsadida ta’minlanadi, oxirgi ikkitasida esa, bundan tashqari – nosozliklar sodir bo‘lish xolalarida ishlashga tayyorligini oshirish maqsadida zaxiralanadi. Bu esa poezdlar ishida ushlanib qolish ehtimolligini kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |