IPU-markazlashtirishning protsessorli moduli;
SPU-xavfsiz protsessorli modul platasi;
FSPU-yordamchi aloqa moduli
rotsessorli modul «2 tadan «2 dan 2» (2x(2oo2)) prinsipi asosida tashkil etil-gan. Uni tashkil etuvchi ikkita kompyuterlarning har biri (11.9-rasm) juftlikda ishlov-chi ikkita A va V kanallarga ega. Ikkala kanal sinxron ishlay-di va natijalarni parallel solishti-radi. Ularning har biri markazlashtirishdagi bog‘lanishlarni tekshirish uchun o‘zining dasturini (A va V dasturlarni mos ravishda) bajaradi. Ikkala kompyuter mustaqil va sinxron ishlaydi, bittasi tezkor tartibda (asosiy), boshqasi – issiq zaxiralash tartibida. Zaxiraviy kompyuter asosiy kompyuter ishiga ta’sir ko‘rsatmaydi, ammo tizimli dasturiy ta’minot uning xolatini tezkor tartibda ishlovchi kompyuter xolatida ishlashiga mos bo‘lishi uchun faollashtirib turadi. Shuning uchun nosozliklar bo‘lgan xolatlarda zaxiraviy kompyuter ma’lumotga ishlov berish jarayonini o‘ziga uzluksiz olish uchun barcha imkoniyatlarga ega.
Yordamchi protses-sor moduli (aloqa moduli) barcha asinxron funksiyalarni bajaradi, masalan, axborot va komandalarni kiritish va chiqarish operatsiyalarini. Qurilmalar operatsion boshqarishning DNIX haqiqiy (real) vaqt, UNIX bilan mos keluvchi, tizimi ostida ishlaydi.
Bitta protsessor moduli 150 tagacha bo‘l-gan mantiqiy ob’ektlarni (ya’ni, kompyuter dasturida qo‘llaniladigan temir yo‘l stansiyalarining haqiqiy ob’ektlarini), 1000 tagacha markazlashtirish ob’ektlarini (ya’ni, strelkalar, signal lampalari, cho‘lg‘amlar va kontaktli relelarni) boshqarish va nazorat qilishga javob beradi, bu esa, taxminan 40...60 tagacha strelkalari bo‘lgan temir yo‘l stansiyalarga to‘g‘ri keladi. Boshqariladigan ob’ektlar sonini ko‘paytirishni qo‘shimcha protsessorli modullardan foydalanib amaga oshirish mumkin.
Har bir protsessorli modul o‘zining shaxsiy ma’lumotlar uzatish nim tizimiga ega, ular stansiya navbatchisining avtomatlashtirilgan ish joyi va to‘plagichlar (kon-sentratorlar) bilan ma’lumotlarni almashish uchun mo‘ljallangan.
Xisoblash jarayoni xavfsizligini ta’minlash uchun quyidagi tadbirlar nazarda tutilgan:
L va V kanallarining dasturiy diversiteti;
har bir xisoblash davrida quyidagi harakatlarni bajarish:
biri-birini kesib o‘tgan kirish, oraliq va chiqish ma’lumotlarnini solishtirish;
dasturiy ta’minotni sozligini tekshirish;
ishlov berilayotgan ma’lumotlarni mutanosibligi va dinamikasini tekshirish;
dasturning vaqtli parametrlari va dasturiy modullarning ishlash natijalarini tekshirish;
asosiy xotira va darstur xotirasini tekshirish.
O
11.9-rasm. Markazlashtirish EBILock-950 tizimining protsessorli modul
b’ekt kontrollerlari dala qurilmalarini boshqaradi va ularning xolatlarini nazorat qiladi. Kontrollerlar markazlashtirish modullaridan uzatiluvchi farmoishlarni konsentratorlar orqali ola-di, va ularni elektr signal-ga o‘zgartiradi. Shunga o‘xshash usullar bilan dala qurilmalaridan olinadigan signallar telegrammalarga o‘zgartiriladi. Ushbu te-legrammalarda qurilma-larning xolati haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘-lib, ular markazlashtirish tizimiga uzatiladi. 11.10-rasmda ob’ekt kontrol-lerlarining nim tizimlarini ishlashi tuzilmaviy sxema-si keltirilgan.
Ob’ekt kontrolle-rining markaziy qismi boshqarish va nazorat pla-talaridan tashkil topgan. Plata, rele xolatining nazoratini amalga oshiradi va javobgar zanjirlardagi rele kontaktlaridan ma’lumotlarni olish uchun to‘rtta (rels zanjirlari bilan ishlaganda qo‘llaniladi), kiritish uchun kanallar xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lgan oltita va shunga o‘xshash ma’lumotlarni chiqarish uchun ikkita kanalga ega. Plataning dasturiy ta’minoti ob’ekt kontrollerlarining funksional vazifalariga mos ravishda tuziladi.2
S
Do'stlaringiz bilan baham: |