11.10-rasm. Ob’ektiv kontrollerlar nim tizimining tuzilmaviy sxemasi: COM – kontsentrator; CCM – boshqarish va nazorat platasi; MOT – strelka yuritmasini boshqarish platasi; SRC – xavfsiz kontroller relesi; LMP – svetofor chiroqlarini boshqarish platasi
imis va L90 nemis tizimlari va ularning xosilalari. Kelib chiqishi va qo‘l-lanilishi. Yaponiya va Buyuk Britaniyaga nisbatan, Germaniyada turli kompaniyalar tomonidan ishlab chiqiralidan yagona standartdagi mikroprotsessorli markazlashtirish tizimi yo‘q. Germaniya (DB) temir yo‘llarida bir nechta kompaniyalar ishlab chiqaruvchi turli tizimlari qo‘llaniladi. Biroq bu tizimlarni DB ning talablari bo‘yicha ishlab chiqarilayotgani sababli, ulardagi funksiyalar tarkibi va tezkor boshqarish interfeysi bo‘yicha o‘xshash.
Markazlashtirish tizimlarini ishlab chiqaruvchi asosiy kompaniyalar Siemens va Thales (sobiq Alcatel SEL) xisoblanadi. Germaniyadan tashqari, nemis kompaniya-larining maxsulotlari butun dunyo bo‘ylab keng tarqalgan, ayniqsa Markaziy va G‘arbiy Evropada, Pireneya yarim orolida, O‘rta G‘arbda va Xitoyda.
Siemens kompaniyasining asosiy maxsuloti MПЦ Simis xisoblanadi. Uning asosida keyinchalik boshqa turlari (variantlari) ishlab chiqilgan. Simis tizimi, foydalanishga 1980 yillardan foydalanishga kiritilgan. Xozirgi vaqtda xalqaro bozorda uning eng taniqli yangi turi Simis W tizimi xisoblanadi. Ushbu tizim turli mamlakat-larning temir yo‘llari talablariga moslashtirilgan.
Thales kompaniyasi asosan ikkita tizimni taklif qiladi: ancha oldingi L90 (Lock-Tgas 6111), Germaniyada va chet ellarda qo‘llaniuvchi, va ko‘proq chet ellarda tadbiq etiluvchi ancha kechki L90 5 (LockTrac 6151) turi. L90 tizimi birinchi marotaba 1989 yilda Noyfarn (Germaniya) stansiyasida foydalanishga kiritilgan. Thales kompaniya-sining MПЦ tizimi ham turli temir yo‘llar va tezkor boshqa-rishda sodir bo‘luvchi xolat talablariga ko‘p marotaba moslashtirilgan.
Tizimlar tuzilmasi. L90 va L905 tizimlarining modullari funksional darajada markazlashtirish moduli IM va dala qurilmalarini boshqarish moduli ajratiladilar. Bunga teskari Simis tizimida (Simis-W misolida) apparat vositalarining taqsimlanishi boshqacha: ICC/OMC va ASS modullar birgalikda markazlashtirish funksiyalarini bajarishga mo‘ljallangan, bunda, ICC/OMCmodulini geografik prinsip asosida yaratilgan releli markazlashtirishning markaziy relelar guruxi bilan taqqoslaymiz. Tizimning xududiy tuzilishi markazlashtirishning yuqori darajasi bilan tavsif-lanadi; ijrochi post (o‘z ichiga Simisda JCC/OMCva IMda L90 modullarini oladi) uzunligi 50...100 km bo‘lgan bir yoki ikki yo‘llik temir yo‘l uchastkalarida poezdlar harakatini boshqarishi mumkin. Bunda, MGSH ijrochi posti o‘rta o‘lchamdagi stan-siyalarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.
Agar mikroprotsessorli markazlashtirish Germaniya temir yo‘llarining biron-bir tezkor boshqarish markaziga ulangan bo‘lsa, markazlashtirishning taqsimlovchi posti “liniya posti” deb nomlanadi va tezkor boshqarish markazidan pastki darajada joyla-shadi.
Ikkala tizim ham apparatli zaxiralashda ishlaydi, faqat diversitetsiz. Apparatli zaxiralash asosan «2 dan 3» (2oo2) prinsipi bo‘yicha bajariladi, eski turlari va soddalashtirilgan sxemalarida, ikkilamchi liniyalarda o‘rnatiluvchi, «2 dan 2» (2oo2) prinsipi qo‘llaniladi.3