YOshlar bilan ishlash bo‘limi
12-§. YOshlar etakchisi
t/r
|
Lavozim nomi
|
MMSK
bo‘yicha kodi
|
Xodimlar toifasi
|
Ta’limning eng past darajasi
|
1548
|
YOshlar etakchisi
|
2330
|
Mutaxassis
|
O/M
|
Lavozim vazifalari:
o‘quvchilarda kitobxonlik hamda mutolaa madaniyatini shakllantirish orqali ularning ma’naviy dunyosini yuksaltirishga qaratilgan ishlarni tashkil etib borish;
o‘quvchilarning madaniy dam olishlariga qaratilgan tadbirlar tashkil etish, ularga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatishni tashkil etish;
pedagog xodimlar va o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarlik va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini muntazam yo‘lga qo‘yish;
ommaviy, madaniy-ma’rifiy va sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari va turli musobaqalarni o‘tkazib borish.
o‘quvchilarini yurtimiz hamda dunyoda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy, xususan, yoshlar hayotiga oid voqealar, yangiliklar va qiziqarli ma’lumotlardan tezkor xabardor qilib, ularning vaqtini mazmunli o‘tkazishga mo‘ljallangan virtual axborot makoni (veb-sayt, portal, forum, messenjerlardagi kanallar va h.k.)ni yaratish va doimiy faoliyat olib borishini ta’minlash;
tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyaning qarori va ko‘rsatmalarining amalga oshirilishini ta’minlash, davlat, nodavlat va homiy tashkilotlari bilan ta’lim-tarbiya sohalarida hamkorlik qilish;
Bilishi kerak:
boshqaruv qobiliyati, tashkilotchilik, jamoatchilik bilan ishlash va ish yuritish bo‘yicha bilim-ko‘nikma hamda muayyan ish tajribasiga ega bo‘lish;
madaniy-ommaviy tadbirlar (ko‘rik-tanlovlar, ommaviy va ko‘ngilochar o‘yinlar, dam olish kechalari, turli muhim sanalarga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan bayramlar, musobaqalar, tomoshalar va boshqa tadbirlar)ni tashkil etishni;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash bo‘yicha malakaga;
yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir qiluvchi buzg‘unchi g‘oya va mafkuralar, ma’naviy tahdidlar, zararli illatlar haqida etarli tasavvurga;
mamlakatda olib borilayotgan islohotlar, yoshlarga oid davlat siyosati va ta’lim-tarbiya jarayoniga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
Malaka talablari:
kamida o‘rta maxsus pedagogika ma’lumot, ish staji talab etilmaydi;
xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |