manometrlar
va
barometrlar
deyiladi.
O`z
vazifalariga
qarab
manometrlar turli-tuman bo`ladi.
Dalton qonuni. Ideal gaz aralashmasining
bosimi aralashmaga kiruvchi
gazlar partsial bosimlarining yig’indisiga teng bo`ladi, ya’ni bu yerda - partsial
bosimlar deyilib, agar har bir gazning o`zi aralashma egallagan hajmni egallaganda
idish devorlariga ko`rsatishi mumkin bo`lgan bosim bilan aniqlanadi.
Jismlarning issiqlik
darajasini
xarakterlash uchun
harorat tushunchasidan
foydalaniladi. Agar qizitilgan jism qizitilmagan jismga tegizilsa ular orasida
issiqlik almashuvi ro`y beradi. Energiya harorati yuqoriroq jismdan harorati
pastroq jismga o`tadi. Bu jarayon jismlarning
haroratlari tenglashguncha, ya’ni
issiqlik muvozanati vujudga kelguncha davom etadi. Shuning uchun ham haroratga
sistemaning
issiqlik
muvozanatini
xarakterlovchi
kattalik
deyiladi.
Haroratni o`lchash uchun etalon sifatida gaz(vodorod) yoki suyuqliklarning
(simob, spirt) issiqlikdan hajmining o`zgarishidan foydalaniladi. Harorat
o`lchanadigan asbobga termometr deyiladi. Biz kundalik hayotda termometr bilan
yaxshi tanishmiz. Masalan simoblik termometr yordamida - 30 dan + 800 gacha
haroratni o`lchash mumkin. Haroratni o`lchashda
aniqlik kiritish maqsadida
harorat
shkalasi
kiritiladi.
1960 yilda bo`lib o`tgan o`lchovlar va tarozilar bo`yicha XI bosh
konferentsiyaning qaroriga muvofiq haroratning ikkita shkalasidan foydalaniladi.
Termodinamik harorat shkalasi (T) harorat kelvinlarda (K) va xalqaro amaliy
harorat shkalasi (t) harorat selsiy graduslarida (
0
S) o`lchanadi.
Termodinamik
harorat va xalqaro amaliy harorat shkalalari quyidagi munosabat yordamida
bog’langan.
T = 273,15 + t
Termodinamik va xalqaro amaliy harorat shkalalarida haroratning masshtab
birliklariga teng, ya’ni termodinamik shkaladagi 1 K haroratlar farqi,
xalqaro
amaliy shkaladagi 1 haroratlar farqiga mos keladi, birligi1 K birligiga.
Xalqaro
amaliy
shkalada
haroratni
aniqlashning
tayanch nuqtalari sifatida
,
normal
atmosfera bosimida suvning muzlash va qaynash
haroratlari olingan. So`ngra bu oraliq teng yuzga
bo`linib harorat shkalasi hosil qilingan.
Bunday
shkalani birinchi bo`lib shvetsiyalik olim Selsiy
(1742 yilda) taklif qilganligi uchun unga
selsiy
shkalasi
ham deyiladi.
Haroratning termodinamik
shkalasi esa ingliz olimi Kelvin tomonidan taklif
qilingan. Bu shkalaning boshlanish nuqtasi sifatida nol gradus Kelvin 0K= -
273,15
0
C qabul qilingan. Bu haroratda ideal gazning bosimi nolga teng bo`ladi,
ya’ni molekulalari harakatdan to`xtaydi. 0
0
K
dan pastgi harorat bo`lishi mumkin
emas va shu bilan birga bu haroratga yetishib ham bo`lmaydi. 0
0
K ga abslyut nol
harorat deyiladi.
Xulosalar: Molekulyar fizika – har xil agregat
holatdagi moddalarning
xususiyatlarini ularning molekulyar tuzilishi asosida tekshiradigan fizikaning
bo’limi. Jismlarning issiqlik darajasini xarakterlash uchun harorat tushunchasidan
foydalaniladi
Harorat
o`lchanadigan
asbobga termometr deyiladi.
Adabiyotlar:
A.G’.G’aniev, A.K. Avliyoqulov, G.A. Almardonova “Fizika” I –qism 105-107 bet
X.Axmedov, M.Doniyev,Z.Husanov.Fizikadan ma’ruza matni 2004 yil
Sinov savollari: