Fungitsidlar (lot. fungus zamburugʻ va caedo — oʻldiraman) — qishloq xoʻjaligi ekinlari kasalliklariga qarshi qoʻllaniladigan kimyoviy moddalar, pestitsidlarttt bir guruhi. F. oʻsimliklar kasalligi qoʻzgʻatuvchilarini yoʻq qiladi, ularning rivojlanishini batamom yoki qisman toʻxtatadi.
Kimyoviy xususiyatlariga qarab F. anorganik (bordo suyuqligi, ohakoltingugurt qaynatmasi, tuyilgan va kolloid oltingugurt, mis kuporosi, temir kuporosi, misning xlor oksidi va boshqalar) va organik (kaptan, vektra, karatan, topaz, bronotak va boshqalar) birikmalariga, shuningdek, antibiotiklar qatoriga kiradi. Kasallik qoʻzgʻatuvchilariga taʼsir etishiga koʻra, F. himoyaviy (oldini olish) va davolovchi turlarga boʻlinadi. Himoyaviy F. oʻsimliklarning zararlanishi va kasallik tarqalishi oldini oladi, asosan, qoʻzgʻatuvchilarning boʻlinish (koʻpayish) organlarini yoʻqotadi. Davolovchi F. oʻsimlik kasallanganidan keyin zamburugʻ mitseliysi, qoʻzgʻatuvchining koʻpayish organlari va qishlaydigan bosqichlariga taʼsir etib, ularni nobud kiladi.
Oʻsimlik toʻqimalari ichida tarqalish xususiyatiga koʻra, sirtdan va singib (ichdan) taʼsir koʻrsatadigan turlarga boʻlinadi. Sirtdan taʼsir etuvchi F. oʻsimlik sirtidagi kasallik qoʻzgʻatuvchilariga bevosita tegib, ularni nobud qiladi. Ularning samaradorligi taʼsir qilish muddati, miqdori (dozasi), ishlov berilgan sathdan ushlanib qolish darajasi, tuproqhavo sharoitlariga bogʻliq. Singib taʼsir etuvchi F. oʻsimlik toʻqimasiga barg, tana (poya), ildiz orqali oʻtib, kasallik qoʻzgʻatuvchilariga taʼsir etadi yoki oʻsimliklarda modda almashinuvi jarayonida qoʻzgʻatuvchilarning Ishlatilish sharoitlariga koʻra, F. urugʻlikni dorilashda, tuproqdagi kasallik qoʻzgʻatuvchilarini yoʻqotishda, oʻsimliklarning tinim davrida (erta bahor — kurtak koʻkargunicha, kech kuz va qishda qoʻzgʻatuvchilarning qishlaydigan bosqichlariga), vegetatsiya davrida (asosan, yozda kasalliklarning oldini olish preparatlari), omborlarni dudlash va purkashda qoʻllaniladigan turlarga boʻlinadi.
Hozirgi davrda 200 dan ortiq F. maʼlum, ularning 1500 dan ortiq birikmalari va preparatlari dust, emulsiya konsentratlari, suspenziya, kukun, hoʻllanuvchi kukun, aerozol, pasta koʻrinishida ishlab chiqariladi. F.ni ishlatish usullari: purkash, changlatish, sepish, urugʻlikni dorilash, urugʻlikni va omborlarni gazlash (fumigatsiya) va boshqa F. bilan ishlashda texnika xavfsizligiga amal qilish lozim. Gidrosfera' — Yer massasining atigi 1/4100 qismini tashkil etadi. Gidrosferaning eng asosiy qismi — Dunyo okeani Yer qurrasi umumiy maydoni (510 mln. km2)ning 361 mln.km2 ni, yoki 71 % ni Gidrosfera qoplab olgan, koʻl va daryolardagi suvlar esa quruqlik maydonining 6 % chasini egallab turadi[1]. Yer qurrasidagi barcha abadiy qor va muzliklarning umumiy maydoni 21 mln. km2, bu esa Yer yuzasi umumiy maydonining 4 % ini, quruqlik maydonining 14 % ini tashkil etadi. Gidrosferaning kimyoviy tarkibi dengiz suvining oʻrtacha kimyoviy tarkibiga juda yaqin, undagi eng muhim kimyoviy elementlar: kislorod — 85,8 %, vodorod —1 0,8 %, xlor va natriy — 2,95 %. Gidrosfera suvlari uzluksiz va tez harakat qilib, tabiatda aylanib turadi va atmosfera, litosfera va biosfera bilan chambarchas bogʻlanishda boʻladi. Gidrosfera gidrologiya, okeanologiya, geologiya, geokimyo kabi qator geografik fanlarning tadqiqot predmeti hisoblanadi[rivojlanishini toʻxtatadi; samaradorligi oʻsimlik toʻqimalariga singish tezligi (qisman meteorologik sharoitlarga bogʻliq) bilan belgilanadi.
Koʻl — chuqur joylarda toʻplangan tabiiy suv havzasi. Yerning barcha iqdim va landshaft zonalari — issiq, moʻʼtadil va sovuq, koʻp yogʻinli yoki qurgʻoqchil r-nlarida mavjud. Koʻpchilik Koʻllar dengizga muayyan daryo orqali oʻtib tushadi. Qurgʻoqchil joylarda oqmas Koʻl ham koʻp. Eng katta oqmas koʻllar — Kaspiy dengizi va Orol dengizidkr. Koʻl oʻrnining paydo boʻlishiga qarab bir necha turga boʻlinadi. Yerning ichki kuchlari taʼsirida paydo boʻlgan tektonik Koʻl katta va chuqur boʻladi (Kaspiy, Yuqori koʻl, Viktoriya, Orol dengizi, Guron, Michigan, Tanganika, Nyasa, Baykal, Issiqkoʻl). Zilzila natijasida daryo oʻzaniga togʻ yon bagʻirlarining qulab tushishidan yuzaga kelgan qulama (toʻgʻonli) Koʻl (Pomirdagi Sarez koʻli, Yashilkoʻl, Zarafshon, havzasidagi Iskandarkoʻl, Ozarbayjondagi Goʻkkoʻl va boshqalar) ham tektonik Koʻl hisoblanadi; vul k a n i k Koʻl sungan vulkanlar kraterida, lana qoplamalarining chuqur, pastqam joylarida hosil boʻladi; gid roge n Koʻl daryo, dengiz va yer osti suvlari faoliyati natijasida vujudga keladi. Gidrogen Koʻl daryo kayirlarining pastqam joylarida hosil boʻlgan qayir Koʻl, qoldiq oʻzan oʻrnidagi Koʻl, deltaning pastqam joylarida vujudga kelgan delta Koʻl, ohaktosh va gips kabi jinslardan tarkib topgan joylarning choʻkishi natijasida hosil boʻladigan karst Koʻl, abadiy muzloq yerdar choʻkkan joylardagi termokarst Koʻl, ostki qat-lamlardagi jinslarni yer osti suvlari yuvib ketishi natijasida tashkil topgan laguva Koʻl, limanlarning dengizdan ajralib krlishi natijasida shakllangan liman Koʻlga boʻlinadi. Glyasiogen Koʻl muzliklarning erozion va akkumulyativ faoliyati natijasida vujudga keladi. Ular daryo vodiylarining morena yotqiziqlari bilan toʻsilib qolishi natijasida yoki morena yotqiziqlari orasidagi chuqurliklarda hosil boʻlgan morena Koʻl va togʻ yon bagirlaridagi kar muzliklari oʻyib ketgan joylarida hosil boʻlgan kar Koʻlga boʻlinadi. Suv omborlari va hovoʻzlar sunʼiy Koʻl deyiladi.
Suvi tashqariga oqib chiqishchiqmasligiga koʻra, oqar va oqmas Koʻl., shoʻrligiga koʻra, chuchuk, shoʻrtang, shoʻr va juda shoʻr (achchiq) Koʻl, suv temperaturasiga qarab iliq (tropik), sovuq (qutbiy) va aralash tipdagi (moʻʼtadil) Koʻl, tuzlarning kimyoviy tarkibiga koʻra, gidrokarbonatli va karbonatli (NSO3+SO4), sulfatli (SO4), xloridli (CL) Koʻl ga boʻlinadi. Loyqa bosishi, qirgʻoqlarning shakllanib turishi natijasida Koʻlning shakli va kattaligi oʻzgarib turadi.
Koʻldan baliqchilik, suv transporti, suv taʼminoti, sugʻorishda, har xil mineral tuzlar, shifobaxsh balchiqlar olish maqsadida foydalaniladi. Yer sharidagi barcha Koʻllarning umumiy maydoni 2,1 mln. km². Oʻzbekistonda 250 ga yaqin Koʻl bor. Ular, asosan, Sirdaryo va Amudaryo qayirlarida, Xorazm vohasi va Amudaryo deltasida joylashgan (yana qarang Koʻlshunoslik). Tasniflanishiga koʻra, Oʻzbekiston hududida 2 tipdagi Koʻl joylashgan: 1) togʻ Koʻl, 2) tekislik Koʻl Koʻllarning togʻli hududlarda koʻproq joylashishi iqlimiy va morfologik-gidrografik xususiyatlarga bogʻliq, chunki togʻlar daryolar okib tushishini shakllantiruvchi namlik akkumulyatorlari sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, ularda qulay geomorfologik va geotektonik sharoitlar ham mavjud. Togʻ Koʻl dan: Ixvach,
Tekislik Koʻlning tipik vakillari: Arvasoy koʻl sistemasi, Dengizkoʻl, Sudochye, Zarafshon va Kashqadaryoning quyi qismi. Tekislik Koʻl daryolarning qayirlarida (qayirli) va sugʻoriladigan hududlarning atrofida joylashgan. Keyingi paytlarda tekislik hududdagi barcha Koʻl kollektor-dren aj suvlarining ifloslantirish taʼsiridadir. Suv bilan taʼminlanishi, asosan, sugʻoriladigan dalalardan oqib tushgan partov suvlar hisobiga boʻladigan ayrim oqmas irrigatsion-partov Koʻl ayniqsa, noqulay sharoitga tushib qoladi. Baʼzi oqmas Koʻlning oʻzani va oʻrni vaqt-vaqti bilan siljib turadi (mas, Lobnor koʻli).
Koʻllar tabiat qolatiga faol taʼsir koʻrsatadi. Ular ustki oqimni boshqarish, yaʼni yilning namli kelgan davrlarida suvni toʻplash va uni qurgʻoqchil davrda daryolarga berish, ustki va yer osti suvlar bilan suv toʻplanish joyidan okib kelgan limnik jarayonlar chogʻida bir necha bor qayta ishlangan mineral va organik moddalarni toʻplashlari mumkin.
Gidrologik koʻrsatkichlar, suvning fizik va kimyoviy xususiyatlari, oʻz navbatida, hayot faoliyati Koʻl tabiiy kompleksiga muhim taʼsir kursatuvchi suv hayvonlari va oʻsimlik organizmlarining rivojlanish sharoitlarini belgilaydi. Shunday holatda Koʻllar oʻz joylashish xususiyatlarini aks ettiruvchi murakkab ekologik sistema sifatida namoyon boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |