4. 2-mavzu. Afrika materigining iqlimi va ichki suvlari. Reja



Download 41,5 Kb.
Sana08.07.2022
Hajmi41,5 Kb.
#757486
Bog'liq
25-mavzu


4.2-mavzu. Afrika materigining iqlimi va ichki suvlari.
Reja:
1. Iqlimning hosil bo'lishi.
2. Iqlim mintaqalari.
3. Ichki suvlari.
Tayanch iboralar
To‘rtlamchi davrning allyuvial epoxalari, “Sahroi Kabir dengizi”, Tanganika, Al-Jof botig‘i, Baxril-G‘azal.

Qo‘llaniladigan yangi pedagogik va axborot texnologiyalari mazmuni


Muammoli dars, "BOQ", "PMQ", "Insert", "Aqliy hujum", internet saytlari va kundalik matbuot.


Mavzuning maqsadi: Ushbu mavzuda materikning iqlim hosil qiluvchi omillari, iqlimiy sharoiti o‘rganilib, ichki suvlarini shakllanishi, gidrografik to‘rni shakllanishida iqlimiy omillarning roli tahlil qilinib, daryolarini to‘yinish tiplari, gidrografik xususiyatlari o‘rganiladi.


Eslab qoling!
Cho’llar umumiy materik maydonining deyarli yarmini egallaydi, shunga asoslanib, Afrikani cho’llar o’lkasi deb to’g’ri aytishadi. Kontinental tropik havoning doimo mavjudligi, havoning ham quruqligi va ayniqsa yoz oylarida haroratning yuqori ekanligi Afrika uchun xarakterlidir.
Nil asosan uchta daryo - Ko’k Nil bilan Atbara (84%) va qisman Oq Nil(16%) daryolaridan suv oladi.


Muammoli vaziyat
Afrika materigining shimolida joylashgan Sahroi Kabir cho’lining paydo bo’lishida qaysi omillar asosiy rol ohynashini bilasizmi?

Afrika iqlimi uning avvalo tropik kengliklarda joylashganligiga. Asosan, yalpi quyosh radiatsiyasining ko’pligiga (yiliga 180-200 kkal/sm) bog’liq. Shunga ko’ra, Afrikaning ko’pchilik qismida harorat yuqori bo’ladi va Afrika eng issiq materik hisoblanadi.


Afrika kengliklarda okean ustida passat shamollar ko’proq esadi, lekin passat shamollari materik ustiga kelganda mavsumiy harorat o’zgrishiga uchraydi va ekvatorial musson shamollari bilan almashinadi. Ikkala yarim shardagi qishki musson passatga mos keladi va kontinental havoni ekvatorga eltadi. Yozda ikkala yarim sharga ekvatordan nam musson qaytib keladi. Gvineya ko’ltig’ining sohilida, ekvatolardan birmuncha shimol tomondagina yil bo’yi okeandan janubi - g’arbiy shamollar esadi, janubiy yarim shar passatlari sifatida kelib chiqadigan bu shamollar quruqlik ustidagi past bosimli oblastga kiradi. Ekvatordan kelgan kuchli havo oqimi qizigan quruqlik ustiga kelib, pastki qatlamlarda tropik kontinental havodan salqinroq bo’ladi va uning ostidan esib tropik kontnental havoni yuqoriga ko’tarib chiqadi va shu tariqa kuchli konvektiv jalalarni quyishiga sabab bo’ladi. Ekvatorial havo iyun va iyulda shimolga suriladi, avgust va sentyabrda esa kontinental tropik havoning tazyiqi ostida janubga chekinadi. Tekisliklarda ekvatorial havoning qalinligi 1000-1600 m bo’lgan qismida yog’in sochin tushadi. Tropik iqlim mintaqasiga yaqinlashgan sari sernam mavsum kamroq davom etadi va yillik yog’in-sochin tushadi. Tog’larning shamolga o’ng yonbag’irlarida yog’in-sochin ko’p bo’ladi, shuning uchun Gvineya sohilida yiliga 3000 mm dan oshiqroq yog’in yog’adi.
Afrika sharqiy sohilining iqlimiga Osiyo bilan Hind okeani juda katta ta’sir ko’rsatadi.
Shimoliy yarim shar qishida materikning shimoliy qismi janubiy qismiga nisbatan bir muncha soviydi. Afrikaning shimoliy sohili bo’ylab 120C izoterma o’tadi. Berk Kalaxari botig’ida harorat 250C gacha ko’tariladi va undan ham oshadi. Kongo botig’ida va Gvineya qo’ltigi sohilida termik ekvator mintaqasida harorat yil bo’yi 25 - 260C atrofida turadi.
Okeanlar ustidagi doimiy baland atmosfera bosimi markazlari Azor, Janubiy Atlantika va Janubiy Hindiston markazlari janubga suriladi. Azor maksimumining bir tarmog’i sovigan Sahroi Kabir ustiga kirib boradi, sharqda Arabiston bosim maksimumiga qo’shilib ketadi. Janubiy Afrikada, Kalaxarida esa, aksincha, mahalliy (kichik) bosim minimum tarkib topadi. Shunga ko’ra butun Afrika uchun shimoliy yarim shar qishida havo massalarining materik shimolidan janubiy qismiga o’tishi asosiy sirkulyatsion jarayon bo’lib qoladi.
Tropik kengliklarda Afrika sharqiy sohiliga iliq va nam janubi-sharqiy va sharqiy shamollar ta’sir etib turadi. Janubiy Hindiston maksimumining g’arbiy chekkasidan boshlanib Mozambik oqimi ustida isib o’tadigan bu shamollar materik ichkarisiga kiradi, ammo namlikning ko’pchiligini Drakon tog’larining sharqiy yonbag’irlarida qoldirib ketadi. Afrikaning janubiy chekkasida okeanik dinamik antitsiklonlar qo’shilib ketadi. Materikning janubi-sharqiga nam bilan to’yingan shamollar yetib keladi. Bu shamollar okeandan nam havo keltiradi, natijada tog’larning shamolga o’ng yonbag’irlarida yomg’ir yog’adi.
Shimoliy yarim shar yozida materikning janubiy qismi soviydi, shimoliy qismi esa qattiq issib ketadi. Afrikaning shimoliy sohili bo’ylab 200C izoterma, junubiy sohili bo’ylab 120C izoterma ichidagi Sahroi Kabir ayniqsa qattiq isiydi. Shunga ko’ra, Sahroi Kabir va Sudan ustida atmosfera bosimi past bo’ladi. Janubiy Afrika ustida, aksincha, mahaliy maksimum shakllanadi. Bu maksimumga g’arbda va sharqda dinamik okeanik maksimumlar (Azor maksimumi singari o’rta o’rindan shimol tomonga surilgan maksimumlar) qo’shiladi.
Bosim termik markazlarining qayta taqsimlanishi sababli havo massalarining materikning sovigan janubiy qismidan issiq shimoliy qismiga ko’chishi shimoliy yarim shar yozida Afrika ustidagi yangi sirkulyatsion jarayon bo’lib qoladi.
Ekvatorial iqlim mintaqasi Gvineya qo’ltig’ining sohili bo’ylab kambar bir polosa shaklida boradi, so’ngra materik ichkarisiga o’tib, Viktoriya ko’lining sharqiy sohiliga yetadi, asosan shimoliy yarim shar termik ekvator amplitudasi mintaqasida joylashadi. Ekvatorial iqlim mintaqasining chegaralari qishda xar bir yarim sharda tropik frontning qayerda bo’lishiga bog’liq.
Ekvatorial iqlim mintaqasi deyarli butunlay subekvatorial iqlim (ekvatorial mussonlar iqlimi) mintaqasi bilan o’ralagan. Subekvatorial iqlim mintaqasiga Sudan, Sharqiy Afrika va Janubiy Afrikaning shimoliy qismi (Zambezi daryosigacha) kiradi. Bu iqlim mintaqasidagi Xabashiston tog’ligida va Sharqiy Afrikaning baland tepalarida balandlik iqlim mintaqalari (Xabashiston tog’ligidagi qishki nival iqlimga va Klimanjaro, Keniya, Ruvenzori va boshqa joylardagi doimiy nival iqlimga qadar) yaqqol aks etgan. Bundan tashqari, Xabashiston tog’ligi g’arbiy va sharqiy yonbag’irlarning iqlimi katta farq qiladi.
Tropik iqlim (passat iqlimi) mintaqalari materikning ekvatordan janubdagi va shimoldagi ikkala tomonda, qutbiy frontning qishki o’rni bilan tropik frontning yozgi o’rni oralig’idadair. Cho’llar umumiy materik maydonining deyarli yarmini egallaydi, shunga asoslanib, Afikani cho’llar o’lkasi deb to’g’ri aytishadi. Kontinental tropik havoning doimo mavjudligi, havoning ham quruqligi va ayniqsa yoz oylarida haroratning yuqori ekanligi Afrika uchun xarakterlidir.
Materikning chekka shimoliy va janubi subtropik iqlim mintaqalaridandir. Bu mintaqalarda havo massalari mavsumga qarab o’zgarib turadi yozda tropik dengiz havosi, qishda o’rtacha kengliklarning dengiz havosi esadi.
Hozirgi zamon daryo sistemalarining yangiligi va materik chetlaridagi balandliklarning, shuningdek keng ichki qozonsoylar yonbag’irlarining daryo suvi bilan yuvilib ketishi Afrikaning xarakterli belgisidir.
To’rtlamchi davrning plyuvial epoxalarida Afrikada suv hozirgi vaqtdagiga nisbatan ko’proq edi, ammo ilk geologik epoxalaridagi kabi Afrika asosan ichki suv oblasti bo’lib qolaveradi. Chuchuk suvli juda katta ko’llar Kalaxari botig’ining shimolida edi; Sahroi Kabirning janubi-g’arbiy chekkasidagi Al-Jof botig’ida “Sahroi Kabir dengizi”, Markaziy Sudan qozonsoyida esa qadimiy Chad ko’li bor edi.
Kongo - sharqiy yarim sharning eng sersuv daryosi bo’lib, uzunligi jihatidan Afrika daryolari o’rtasida ikkinchi o’rinda turadi (4320 km). Bu daryo Luapuliga quyiladigan Zambezining irmog’i-Kalunga daryosidan boshlanadi. Kalunga daryosi Tanganika ko’lining janubiy chekkasi yaqinidadir.
Nil dunyoda eng uzun daryo bo’lsa ham (6671 km), havzasi maydoni jihatidan faqat beshinchi o’rinda turadi, chunki Sahroi Kabirdagi Atbaradan pastroqda o’rta va quyi qismi oqimida 2700 km masofada irmoqlar qo’shilmaydi, talaygina suvi qumga shimilib va bug’lanib ketadi. Shu sababli Nil daryosining Asvon yonidagi qismida bir yilda o’tadigan suv miqdori 83,5 km.kub. bo’lsa, Qohira yonidagi qismida esa atigi 70 km kub. Nil Sharqiy Afrika yassi tog’ligida Kagera daryosidan boshlanib, Viktoriya-K’oga, Albert ko’llari orqali o’tadi. Eduard ko’lining suvi esa o’z navbatida Albert ko’liga tushadi. Nil yassi tog’lik pog’onasidan pastga tushar ekan, bir qancha sharsharalar hosil qiladi. Nil daryosi Albert ko’lidan shimolga qarab kuchli va tez oqib chiqib, Lado yonida Sharqiy Sudan qozonsoyining tekisliklariga kiradi. Bu tinch daryo ana shu tekisliklarda bir qancha tarmoqlarga bo’linadi va keng botqoqliklardan o’tib, sekin oqadigan Baxril-G’azal va Sobat irmoqlariga qo’shiladi. Nil Sobat daryosiga qo’shilgandan keyin Oq Nil deb ataladi.
Oq Nil Xartum yonida Ko’k Nilga qo’shiladi. Ko’k Nil Xabashiston tog’ligida kichkina jilg’a shaklida boshlanadi, jilg’a Tana ko’liga quyiladi. Ko’k Nil Tana ko’lidan chiqqach, tez orada tog’likning g’arbiy yonbag’irlarini kesib o’tuvchi chuqur daraga kirib yo’qoladi.
Nil asosan uchta daryo - Ko’k Nil bilan Atbara (84%) va qisman Oq Nil (16%) daryolaridan suv oladi.
Niger uzunligi jihatidan (Nil va Kongodan keyin, 4160 km), havza maydoni jihatidan (Kongo va Nildan keyin) va yiliga oqib o’tadigan suv xajmi jihatidan (Kongo va Zambezidan keyin) Afrika daryolari o’rtasida uchinchi o’rinda turadi.
Zambezi - Afrika daryolarining uzunlik va havza maydoni jihatidan to’rtinchisidir (2660 km). Shunga qaramay, Zambezi nihoyatda sersuv bo’lib, yillik suv miqdori jihatidan Kongodan keyin ikkinchi o’rinda turadi.
Zambezi Lunda-Katanga balandligining yassi tekisliklarida boshlanadi. Yuqori oqimi to Viktoriya sharsharasiga qadar tinch oqadigan keng daryo bo’lib, yozda yog’ingarchilik mavsumida suv bosadigan keng vodiyning bepoyon botqoqliklarda oqimi ko’rinmay yo’qolib ketadi. Zambezi bir necha joydagina qattiq jinslarning do’nglarini kesib o’tadi. 120 m balandlikdagi Viktoriya sharsharasidan boshlab daryo tik yonbag’irlari chuqur vodiydan o’tadi. Zambeziga chap irmog’i Kafue qo’shilgandan keyin daryo vodiysi kengayadi, daryoning o’zi Kebrabas ostonalari daryoning ichki baland rayonlaridan qirgoq bo’yidagi tekislikka chiqqan joyida 100 km masofaga cho’zilgandir.
Ko’llari- Afrikaning deyarli barcha eng katta ko’llari Sharqiy Afrika yassi tog’ligidagi tektonik botqoqliklardir. Bu ko’llar turlicha balandlikda, aksariyati chuqur va tik yonbag’irli. Tanganika va N’yasa ko’llarining qozonsoylari kriptodepressiyalardir. Tanganika chuqurligi jihatidan dunyoda ikkinchi o’rinda, ya’ni Baykal ko’lidan keyinda turadi.
Viktoriya - ko’li Afrikada eng katta ko’l bo’lib, maydoni jihatidan dunyoda ikkinchi o’rinda, ya’ni Shimoliy Amerikadagi Yuqori ko’ldan keyinda turuvchi chuchuk suv havzasi hisoblanadi. Viktoriya ko’li juda katta yotiq mul’da ustida bo’lib, unchalik chuqur emas, qirg’oqlari past.
Afrikaning eng katta ko’llari.

Nomi

Maydoni
(km2 hisobida)

Dengiz sathidan balandligi (m)

Eng chuqur joyi (m)

Viktoriya
Tanganika
Nyasa
Rudolf
Albert
Kivu
Eduard

68000
32900
30800
8500
4200
3000
2000

1136
773
472
375
619
1460
912

80
1435
700
73
48
780
114

Ko’llar sathi ko’p yillar mobaynida o’zgarib turadi, buning sabablari hanuz aniqlangani yo’q. Bu iqlimning ko’p yillik o’zgarishlariga aloqador deb aytish mumkin.
Afrikaning qolgan hududlarida ko’llar kam. Shari daryosi va uning eng yirik irmog’i Logone daryosi quyiladigan Chad ko’li relikt (qoldiq) ko’l hisoblanadi. Uning suvi chuchuk. Chad ko’li sayoz (eng chuqur joyi 7 m), yilning quruq faslida maydoni qariyb 10000 km cha keladi, yomg’irlar yog’ib Shari va Logone daryolari toshgandan keyin maydoni ikki barobar kengayadi.
Mustaqil ish uchun savol va topshiriqlar:

  1. Afrika materigi qanday o‘ziga hos xarakterga ega?

  2. Afrika materigining shakllanishida qanday geografik omillar asosiy rol o‘ynaydi?

  3. Afrika materigida qanday iqlim mintaqalari shakllangan?

  4. Afrika materigining ichki suvlari qanday tarqalgan?

  5. Afrika materigining asosiy daryolari va ko‘llari qaysilar?

Download 41,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish