Ekotizim [yun. oikos – uy, yashash joyi va tizim], ekologik tizim – birgalikda yashaydigan organizmlar va ular yashaydigan sharoit majmui. Ekotizimda uning tarkibiy qismlari oʻzaro qonuniy bogʻlangan.
“E.” atamasini ingliz botanigi A. Tensli taklif etgan (1935). A. Tensli taʼbiricha, ekologiya nuqtayi nazaridan ekotizim yer yuzidagi tabiiy birlik boʻlib, unga barcha organizmlar bilan bir qatorda fizik omillar majmui, yaʼni biomuhit (keng maʼnoda yashash muhiti) omillari majmui ham kiradi.
Olim ekotizimda ular tarkibiga kiruvchi organizmlar hamda organizmlar bilan anorganik muhit oʻrtasida har xil tarzda moddalar almashinuvi boʻlib turishini koʻrsatgan.
“E.” tushunchasini har xil murakkablidagi va oʻlchamdagi obyektlarga nisbatan qoʻllash mumkin. Masalan, hovuz, qoʻl ekotizimsi bilan birga sohil boʻyi oʻsimliklari yoki suv tubi ekotizim sini koʻrsatish mumkin.
Oʻrmon ham E., uning chegarasida har xil tildagi tuproqlar, chiriyotgan toʻnkalar, toʻshalma va boshqa(lar) E. ni ajratish mumkin. Koʻpincha, “E.” tushunchasiga tirik organizmlar bilan ular yashaydigan muhitning notirik komponentlari tarzida qaraladi.
Ekotizimning tirik va notirik komponentlari oʻrtasida produtsenlar, konsumentlar va redutsentlar ishtirokida moddalarning biotik aylanishi sodir boʻlib turadi. Ekotizim atamasini sunʼiy E. (qishloq xoʻjaligi dalalari, bogʻlar, xiyobonlar, oqova suvlarni biologik tozalaydigan inshootlar va boshqa(lar))ga nisbatan ham qoʻllash mumkin.
Ekotizim oʻziga xos xususiyatlarni uzoq vaqt davomida saqlab turadigan oʻta turgʻun yoki qisqa muddatli (masalan, efemer suv havzalari, koʻlmak suvlar) boʻlishi mumkin.
Murakkablik darajasidan qati nazar E. turlar tarkibi, unga kiradigan organizmlar soni, biomassasi, ayrim trofik guruhlar nisbati, organik moddalarning hosil boʻlishi va parchalanish jarayonlarining tezligi bilan tavsiflanadi. Ekotizim chegarasi va ularda kechadigan moddalar aylanishi jarayonlari turli darajada roʻy beradi.
Ekotizim atrof muhitdan faqat energiya emas, balki koʻp yoki oz miqdorda moddalar kelib tugandagina mavjud boʻladi. Barcha E. birgalikda yer biosferasini tashkil etadi.
20-a. oʻrtalariga kelib ekologik muammolarning keskinlashuvi natijasida E. ning funksional xususiyatlarini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar keng miqyosda olib boricha boshlandi.
Ekotizim strukturasi, mahsuldorligi va turgʻunligini tushunib olish uchun ulardagi trofik bogʻlanishni oʻrganish muhim ahamiyatga ega. Trofik bogʻlanishlar orqali E. da moddalarning biologik transformatsiyasi amalga oshadi.
Zamonaviy usullar, xususan, E. ni matematik modellashtirish orqali bu jarayonlar jadalligi va samaradorligini miqdoriy jihatdan aniqlash tabiiy resurslardan samarali foydalanish va odam yashaydigan muhitni saqlab qolish masalalarini hal etishda muqim ahamiyatga ega. Koʻp hollarda biogeotsenoz atamasi ham E. atamasi sinonimi sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |