10-mavzu. Raqobatlashgan bozorlardagi firmalar faoliyati
Reja:
10.1. Raqobat tushunchasi.
10.2. Raqobatlashuvchi firmaning daromadi
10.2. Foydani maksimallashtirish va raqobatli firmalarning taklif egri chizig’i.
10.3. Faoliyatni to’xtatish uchun firmalarning qisqa muddatli qarori.
10.4. Firmalarning uzoq muddatli davrdagi qarori.
Agar
firma mahsulot, masalan benzin narxini 20 foizga oshirsa,
u holda benzin
sotilishi miqdorining jiddiy tushib ketishini kuzatish mumkin. Uning mijozlari boshqa
firmalardan benzin sotib olish uchun o’tib ketishadi.
Bu mavzuda biz mahalliy benzin quyish shahobchasi kabi raqobatli firmalarning
hatti-harakatini ko’rib chiqamiz. Bilamizki, agar bozorda har bir iste’molchi va sotuvchi
bozorga nisbatan kichik o’ringa ega bo’lsa,
va shuning uchun, bozordagi narxga ta’sir
qilish imkoniyati kam bo’lsa, bozor raqobatbardosh hisoblanadi
1
.
Bu mavzuan bizning maqsadimiz raqobat bozorida
firmalarning qanday qilib
ishlab chiqarishda qarorlar qabul qilishini o’rganishdir.
10.1. Raqobat tushunchasi
Raqobatli bozor – bu shunday bozorki, unda ko’p iste’molchilar va sotuvchilar bo’ladi,
tovarlar bir xil bo’ladi, bozor tomonidan belgilangan narx amal qiladi.
Raqobatli bozori ba’zan mukammal (sof) raqobatli bozor ham deyiladi va uning ikki
muhim xususiyati bor:
Bu bozorda sotuvchi va haridorlar soni juda ko’p bo’ladi;
Sotuvchilar tomonidan taklif qilinadigan mahsulotlar bir xil mahsulot bo’ladi.
Bu shartlardan kelib chiqqan holda bozordagi
har qanday sotuvchi yoki
haridorning alohida harakati bozor narxiga deyarli ta’sir etmaydi. Har bir haridor va
sotuvchi bozor narxini berilganday qabul qiladi.
Misol tariqasida sut bozorini ko’rib chiqamiz. Hech qaysi iste’molchi
sutning
narxiga ta’sir ko’rsata olmaydi, sababi har bir haridor tomonidan sotib olinadigan sut
hajmi umumiy bozor hajmiga nisbatan juda ham kamdir.
Shu bilan birga, har bir sut
yetkazuvchi fermerni narxlarni nazorat
qilishda imkoniyati kam, sababi sotuvchilar
taklif qiladigan narx me’yorga to’g’ri keladi. Yana bir sababi, sotuvchiga u yuqori narx
aytolmaydi, agar aytsa haridorlar boshqa sotuvchilarga ketib qolishi mumkin.
Raqobat
bozoridagi haridor ham, sotuvchi ham bozor belgilagan narxni qabul
qilishlari shart, shu sababdan ham ular narxni qabul qiluvchilar deyiladi.
Yuqorida berilgan ikki shartga qo’shimcha qilinadigan bo’lsa, quyida berilgan uchinchi
shart ham mukammal raqobat bozorining shartlaridandir:
Firmalar bozorga erkin kirib chiqishadi. Misol uchun, biror firma sut mahsulotlari
bilan shug’ullanishni boshlashni xohlasa, boshqa bir firma uni to’xtatishni istab qolishi
mumkin, bu esa sut ishlab chiqaruvchi tarmoqqa erkin kirish
va chiqish shartlarini
qoniqtiradi. Shuni e’tiborga olish kerakki, raqobatchi firmalarni tahlillarning ko’p
1
Ushbu mavzu G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics”7 e.)
kitobining XIV bobiga muvofiq holda tayyorlangan.