10-mavzu. Raqobatlashgan bozorlardagi firmalar faoliyati


 Faoliyatni to’xtatish uchun firmalarning qisqa muddatli qarori



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana20.06.2022
Hajmi1,09 Mb.
#681965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10 mavzu (1)

11.4. Faoliyatni to’xtatish uchun firmalarning qisqa muddatli qarori 
Biz firmalarning qancha mahsulot ishlab chiqarishini tahlil qildik. Ba’zi hollarda 
firma mahsulot ishlab chiqarishni to’xtatib, firmani yopishi mumkin. Bunda firmani 
vaqtincha yopilishi yoki bozordan butunlay chiqib ketishi o’rtasidagi farqni tushunish 
lozim. Firma faoliyatni to’xtatish bu qisqa muddatli qaror bo’lib, bozordagi shart- 
sharoitdan kelib chiqqan holda u biroz muddatga mahsulot ishlab chiqarishni to’xtatib 
turadi. Firmaning bozordan chiqishi esa uzoq muddatli qaror bo’lib, bunda u bozorni 
tark etadi. Qisqa muddatli va uzoq muddatli qarorlar bir- biridan farq qiladi, sababi 
qisqa muddatli davrda ko’p firmalar doimiy harajatlarni oldini ololmaydi, ammo bu 
uzoq muddatli davrda qaror qabul qilishda amalga oshadi. Yana, vaqtinchalik faoliyatni 
to’xtatib turishda firma doimiy harajatlarni to’lashiga to’g’ri keladi, bozorni tark 
etayotgan firma esa doimiy harajatlarni ham, o’zgaruvchan harajatlarni ham to’lashi 
shart emas.
Misol qilib, fermerlar qabul qiladigan ishlab chiqarish qarorini olaylik, yer uchun 
harajatlar fermerning doimiy harajatlaridir. Agar fermer bir mavsumda dehqonchilik 
qilishni istamasa, uning yeri bo’sh yotadi va u harajatini qoplay olmaydi. Bunday 
holatda bir mavsum uchun vaqtinchalik faoliyatni to’xtatishga to’g’ri keladi. Agar 
fermer dehqonchilikni butunlay tashlashni xohlasa, yerni sotishiga to’g’ri keladi. 
10.2-rasm. Chekli harajatlar raqobatlashgan firmaning taklif chizig’i sifatida 
10.2-rasmdagi, narxlarning P

dan P

ga ko’tarilishi firma foydasini Q

dan Q

ga 
oshiradi. Chekli harajatlar egri chizig’i bozorning har qanday narxlarida firmaning 
taklifi miqdorini ko’rsatganligi sababli, bu firmaning taklif egri chizig’idir.
Endi keling fermerni qaysi holatda o’z faoliyatini to’xtatishi mumkinligini ko’rib 
chiqamiz. Agar fermer o’z faoliyatini to’xtatsa, u mahsulotdan oladigan daromadini 
yo’qotadi. Shu bilan birgalikda mahsuloti uchun o’zgaruvchan harajatlarni tejab qoladi, 
ammo doimiy harajatlarni to’lashda davom etadi. Shunday qilib, firma o’z faoliyatini 


uning daromadi ishlab chiqarishning o’zgaruvchan harajatlaridan past bo’lsagina 
to’xtatishi mumkin,.
Quyidagi matematik tushuntirish faoliyatni to’xtatish tushunchasiga oydinlik kiritadi. 
Agar TR umumiy daromadni izohlasa, VC esa o’zgaruvchan harajatlar deb olsak, unda 
firma qarori quyidagicha yoziladi:
TR < VC 
Agar o’rtacha umumiy daromad o’rtacha o’zgaruvchan harajatlardan past bo’lsa, 
firma o’z faoliyatini to’xtatadi. Buni miqdorga Q ga bo’lish orqali amalga oshiramiz.
TR/Q < VC/Q 
Tengsizlikning chap tarafi umumiy daromad (TR) narxni (P) miqdorga (Q) 
ko’paytirilishidan kelib chiqadi P x Q, VC/Q esa o’zgaruvchan harajatlarni miqdorga 
bo’linishidan o’rtacha o’zgaruvchan harajatlar (AVC) chiqadi. Va firma o’z faoliyatini 
to’xtatilishi quyidagicha ifodalanadi:
P < AVC 
Agar mahsulot narxi o’rtacha o’zgaruvchan harajatlardan past bo’lsa, firma o’z 
faoliyatini to’xtatadi. Agar narx o’rtacha o’zgaruvchan harajatlarni qoplamasa, firma 
o’z faoliyatini to’xtatgani ma’qul. Firma o’z faoliyatini to’xtatishi bilan o’z 
mablag’larini yo’qotishi mumkin, agar ishlab tursa, undan ham ko’proq mablag’ 
yo’qotishlariga to’g’ri keladi. Kelajakda shart-sharoitlar o’zgarib narx o’rtacha 
o’zgaruvchan harajatlardan ortiq bo’lishiga olib kelsa, firma qayta ochilishi mumkin.

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish