Bir so’mlik tovar Ishlab chiqarish tannarxi
mahsuloti uchun = ----------------------------------------
qilingan harajat (tiyin) Tovar mahsulotinnng ulgurji bahosi
Bu ko’rsatkich orqali qilingan harajatlarning samaradorligini aniqlash mumkin.
Ishlab chiqarish harajatlarini hisobga olish va tahlil etishning uslubiy va me’yoriy shakli O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999 yil 5 fevralda tasdiqlangan 54-sonli «Mahsulot (bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmat)lar ishlab chiqarish tannarxi, mahsulot (ish bajarish va xizmat qo’rsatish) ishlab chiqarish va sotish harajatlari tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi to’g’risida»gi Nizom bilan belgilanadi.
Sanoat korxonalari ishlab chiqarish harajatlarini rivojlantirish maqsadida buxgalteriya hisobi va hisobotida uning yo’nalishlari bo’yicha guruhlarga ajratish maqsadga muvofiqdir:
1. Harajatlarning iqtisodiy elementlari bo’yicha.
2. Harajatlarning kalkulyatsion moddalari bo’yicha.
10.1-jadval
Ishlab chiqarish harajatlarining iqtisodiy elementlari va moddalari bo’yicha turkumlanishi
Iqtisodiy elementlari bo’yicha
|
Kalkulyatsion moddalari bo’yicha
|
1
|
2
|
Ishlab chiqarish
harakteridagi
bevosita va
bilvosita moddiy
harajatlar
|
Xomashyo
|
Yoqilg’i
|
Elektr quvvati
|
Ehtiyot qismlar
|
Idishlar va h.k.
|
Ishlab chiqarish
harakteridagi
bevosita va bilvosita
mehnat haqi
harajatlari
|
Asosiy ish haqlari
|
Qo’shimcha ish haqlari
|
Ish haqiga ustamalar
|
Ishlab chiqarishga
taalluqli mehnat
haqidan ajratmalar
|
Ijtimoiy ta’minot bo’limiga
|
Mehnat birjasiga
|
Kasaba uyushmasiga
|
Asosiy vositalar va
nomoddiy aktivlar
amortizatsiyasi,
eskirish harajatlari
|
Asosiy vositalarning eskirishi
|
Nomoddiy aktivlarning eskirishi
|
Asosiy vosita va nomoddiy aktivlarning ijara haqlari
|
Ishlab chiqarish
harakteridagi boshqa
harajatlar
|
Turli ishlar va xizmatlar
|
Soliqlar, yig’imlar va h.k.
|
Xarajatlarning elementi bo’yicha guruhlarga ajratishdan maqsad ularning tuzilmasi va dinamikasini nazorat qilishdan iborat.
Ko’rsatkichlarni taqqoslash orqali jonli mehnat bilan boshqa xarajat turlarining nisbati, ishlab chiqarish zaxiralarini me’yorlashtirish va tahlil etish, aylanma mablag’larining tezligini aniqlash va milliy daromadni hisoblash imkoniyati tug’iladi.
Xarajatlarning elementlari bo’yicha tahlil natijalariga muvofiq material sig’imi, mehnat sig’imi va fond sig’imi darajalari bo’yicha tannarxni pasaytirish imkoniyatlarini aniqlash mumkin.
Tahlil etishda jami harajatdagi har bir elementning tutgan salmog’i aniqlanib, o’tgan yildagisi hamda smetadagi ko’rsatkichlar bilan taqqoslanib, ularning o’zgarish sabablari aniqlanadi.
Mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan harajatlar tarkibini iqtisodiy elementlari va moddalari bo’yicha quyidagi tarkibda berish mumkin.
Ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy elementlari va kalkulyatsion moddalari bo’yicha o’rganish quyidagicha farqlanadi, ya’ni, bo’limlar va korxona bo’yicha jami xarajatlar faqat iqtisodiy elementlari bo’yicha o’rganiladi, mahsulotlar turi va turkumi bo’yicha esa ishlab chiqarish harajatlari kalqulyatsiya moddalari asosida ko’rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |