10-mavzu. Korxona rentabelligi, daromad va harajatlar


Foyda va uning shakllanish manbalari, taqsimlash tartibi hamda ko’paytirish yo’llari



Download 202,5 Kb.
bet6/10
Sana28.05.2022
Hajmi202,5 Kb.
#613649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-MAVZU. KORXONA RENTABELLIGI, DAROMAD VA HARAJATLAR — копия (2)

10.2. Foyda va uning shakllanish manbalari, taqsimlash tartibi hamda ko’paytirish yo’llari

Foyda muhim iqtisodiy kategoriya (toifa) bo’lib, har bir tijorat tashkilotining asosiy maqsadi hisoblanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida foydamoddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof daromadni aks ettiradi.


Foydaning asosiy qismiga korxonalar ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sotish orqali ega bo’ladilar. Zamonaviy xo’jalik yuritish sharoitlarida foydaning asosiy vazifasi korxona faoliyati samaradorligini aks ettirishda deb belgilanadi. Bunga foyda miqdori, korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo’lgan mahsulot tannarxi shaklidagi individual harajatlar, mahsulot bahosi shaklidagi ijtimoiy zaruriy harajatlarni o’z ichiga olishi lozimligini sabab qilib ko’rsatish mumkin.
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitlarida korxonalar faoliyati foydaning rag’batlantiruvchi ahamiyatining ortishi bilan bog’liq. Foydadan baholashning asosiy ko’rsatkichi sifatida foydalanish, mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmining ortishi, sifatning yaxshilanishi, mavjud ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish unumining ortishi bilan asoslanadi. Shu bilan birga foydaning ahamiyati ortishiga amaldagi foydani taqsimlash tizimi ham sabab bo’ladi va unga ko’ra, korxonalarning ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash uchun hamda xodimlarning bajargan mehnati sifati va miqdoriga asosan moddiy rag’batlantirishga sarflanuvchi foydani oshirishga bo’lgan qiziqishning ortishi kuzatiladi.
Shu tariqa foyda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xodimlarning o’z korxonasi erishadigan yuqori natijalardan moddiy manfaatdorligini kuchaytirishda hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Korxonada foyda turli xil faoliyat natijasida olinishi mumkin. Barcha foydalar yig’indisi korxonaning yalpi foydasini tashkil etadi. Yalpi foydaning tarkibiy elementlari quyidagilardan iborat:

  • bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmat va mahsulot sotishdan olingan foyda;

  • asosiy vositalar, shuningdek, korxonaning boshqa mulk sotishdan olingan foyda;

  • korxonaning moliyaviy faoliyati orqali olinuvchi foyda.

Korxona daromadi ikki ko’rsatkich, ya’ni mahsulot bahosi va uni ishlab chiqarishga sarflanuvchi harajatlarga bog’liq bo’ladi. Mahsulotning bozordagi bahosi talab va taklif munosabatlari natijasida kelib chiqadi. Erkin raqobat sharoitlarida bahoni shakllantirish qonunlari asosida mahsulot bahosi ishlab chiqaruvchi yoki haridor xohishiga ko’ra emas, balki avtomatik ravishda tartibga solinadi.
Foyda korxona faoliyati natijasida olingan iqtisodiy samarani tavsiflaydi. Korxonaning foyda olishi daromadlarning korxona faoliyati bilan bog’liq bo’lgan harajatlardan ko’p bo’lishini anglatadi hamda u rag’batlantirish vazifalarini ham bajaradi. Bu esa foyda bir paytning o’zida moliyaviy natija bo’lishi bilan birga korxona moliyaviy resurslarining asosiy elementi ekanligi; daromadning turli darajadagi byudjet shakllanishi uchun asosiy manba bo’lib xizmat qilishi bilan izohlanadi.
Foyda olishning asosiy manbalari quyidagilar:
birinchi manba korxona mahsulotning u yoki bu turini ishlab chiqarishdagi monopoliya holati yoki mahsulotning nodirligi hisobiga shakllanadi. Bu manbaning saqlanishi mahsulotni doimiy ravishda yangilab borishni ko’zda tutadi;
ikkinchi manba ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq. Undan foydalanish samaradorligi bozor kon’yunkturasini bilish hamda ishlab chiqarishning rivojlanishini, doimiy ravishda o’zgarib turuvchi bozor kon’yunkturasiga moslashtirish qobiliyatiga bog’liq bo’ladi. Foyda miqdori korxonaning mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha yo’nalishini to’g’ri tanlash (doimiy ravishda talab darajasi yuqori bo’lgan mahsulotni tanlash); mahsulotlarini sotish va xizmat ko’rsatish uchun raqobatbardosh sharoitlarni yaratish (baho, etkazib berish muddati, haridorlarga xizmat ko’rsatish, sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish va h.k.); ishlab chiqarish hajmi (ishlab chiqarish hajmi qanchalik katta bo’lsa, daromad miqdori shunchalik ko’p bo’ladi); ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish tuzilmasi bilan bog’liq bo’ladi;
uchinchi manba korxonaning innovatsion faoliyatidan kelib chiqadi. Undan foydalanish doimiy ravishda texnologiyalarni takomillashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilash, uning raqobatbardoshligini ta’minlash, mahsulot sotish hajmi va foyda miqdorini oshirishni anglatadi.
Korxonaning balans foydasi foydani taqsimlash ob’ektidir. Foydani taqsimlash deganda uning bir qismini byudjetga jo’natish tushuniladi. Qonunchilikka asosan foydaning soliq va boshqa majburiy to’lovlar shaklida byudjetga kelib tushuvchi qismi tartibgi solinadi. Korxona ixtiyorida qoluvchi daromad qismi, undan foydalanish yo’nalishlari korxona zimmasida bo’ladi.
Korxonalarning ishlab chiqarish – xo’jalik faoliyati natijasida olinadigan daromadlar quyidagilardan iborat:
1. Sotishdan olinadigan sof tushum.
2. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar.
3. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar.
4. Favqulodda foyda.
Sotishdan olingan sof tushum mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan, undan qo’shilgan qiymat, aktsiz solig’i va eksport boji, chegirilgan tushum sifatida aniqlanadi. Unga tovarlarning qaytarilishi, haridorlar uchun berilgan chegirmalar va boshqalar kiritilmaydi.
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlargaquyidagilar kiradi:

  • Undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida to’lanmagan qarzlar va xo’jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek, etkazilgan zararlarni undirish bo’yicha daromadlar.

  • Hisobot yilida aniqlangan o’tgan yillardagi foyda.

  • Ishlab chiqarish va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan operatsiyalardan renta daromadi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar huzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi boshqa daromadlar.

  • Xo’jalik yurituvchi sub’ektning asosiy vositalarini va boshqamol-mulklarini sotishdan olingan daromadlar.

  • Da’vo bildirish muddati o’tgan kreditorlik va deponentqarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar.

  • Tovar-moddiy boyliklarni puxta baholash. Tovar-moddiy boyliklarni to’liq baholash summasi mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishiga ko’ra soliq solinadigan daromadga kiritiladi.

  • Davlat subsidiyalaridan daromadlar*

  • Xolisona moliyaviy yordam.

  • Boshqa operatsion daromadlar.

Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:

  • Olingan royalti va sarmoyalar transferti.

  • O’zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida ulush qo’shgan xolda qatnashishdan olingan daromad, aktsiyalar bo’yicha dividend va obligatsiyalar hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli qimmatli qog’ozlar bo’yicha daromad.

  • Mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to’lovini olish).

  • Valyuta schyotlari, shuningdek, xorijiy valyutalardagi operatsiyalar bo’yicha ijobiy kurs tafovutlari.

  • Sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, shu’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag’larni qayta baholashdan olingan daromadlar.

  • Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar.

Favqulodda foyda moddalari - ko’zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bo’lgan, xodisa yoki xo’jalik yurituvchi sub’ektning odatdagi faoliyati doirasidan xorijga chiqadigan tusdagi operatsiyalar natijasida paydo bo’ladigan va olinishi kutilmagan foydadir. Bunga daromadlarning favqulodda moddalari yoki asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar bo’limida aks ettirilishi kerak bo’lgan o’tgan davrlardagi foyda kirmaydi.
Korxona faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi:
- mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o’rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi:



Download 202,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish