10-mavzu. Korxona rentabelligi, daromad va harajatlar


-rasm. Tannarxni pasaytirishning asosiy yo’nalishlari



Download 202,5 Kb.
bet2/10
Sana28.05.2022
Hajmi202,5 Kb.
#613649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-MAVZU. KORXONA RENTABELLIGI, DAROMAD VA HARAJATLAR — копия (2)

10.1-rasm. Tannarxni pasaytirishning asosiy yo’nalishlari

Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish tannarxi ishlab chiqarish yoki qayta ishlash jarayonida ishlatilgan tabiiy resurslar, xomashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya, asosiy vositalar (amortizatsiya), mehnat rusurslari va boshqa ishlab chiqarish bilan bog’liq harajatlarning qiymat qo’rinishini ifoda etadi.


Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi harajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi:

  • ishlab chiqarish moddiy harajatlari;

  • ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lashharajatlari;

  • ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar;

  • asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;

  • ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa harajatlar

Ishlab chiqarishning moddiy harajatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • tashqaridan sotib olinadigan ishlab chiqariladigan mahsulot tarkibiga kirib, uning asosini tashkil etadigan yoki mahsulot tayyorlashda zarur komponent hisoblanadigan xomashyo va materiallar;

  • mahsulotni o’rash hamda boshqa ishlab chiqarish zaruratlari uchun sotib olingan materiallar, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar, moslamalar va boshqa mehnat buyumlari;

  • texnologik maqsadlar, binolarni isitish, barcha turdagi energiyani ishlab chiqarish uchun sarflanadigan, xorijdan sotib olingan yoqilg’ining hamma turlari;

  • korxonaning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish, shuningdek, xo’jalik zaruratlariga sarflanadigan, sotib olinadigan barcha turdagi energiya;

  • tabiiy kamayishining me’yor chegarasidagi moddiy resurslarning kamomadi va buzilishlaridan yo’qotishlar.

Ishlab chiqarishdagi mehnatga haq to’lash harajatlariga quyidagi moddalar kiradi:

  • korxonada qabul qilingan mehnatga haq to’lash shakl va tizimlariga muvofiq ishbay haqlari, tarif stavkalari va mansab okladlari asosida haqiqiy bajarilgan ishlar uchun ishlab chiqarishdagi hisoblangan ish haqi;

  • natura shaklida haq to’lash tartibi bo’yicha beriladigan mahsulot qiymati;

  • amaldagi tartiblarga ko’ra rag’batlantiruvchi to’lovlar, jumladan, ishlab chiqarish natijalari uchun mukofotlar (natural mukofotlarni qo’shgan holda) ta’rif stavkalari va okladlarga kasb mahorati uchun qo’shimcha ustama to’lovlar, amaldagi qonunchilikka muvofiq ko’p yillik xizmatlari uchun (shu xo’jaliqda bir ixtisoslikdagi ish staji uchun) ishlab chiqarish xodimlariga beriladigan taqdirlanishlar, mukofotlar, kasb mahorati uchun tarif stavkalar va okladlarga nisbatan) ustama to’lovlar, harakatdagi qonunchilikka muvofiq ko’p yillik xizmatlari uchun ishlab chiqarish xodimlariga beriladigan taqdirlashlar;

  • ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq tovon to’lovlari, jumladan, tungi ish vaqti, ish vaqtidan so’nggi ish uchun to’lovlar.

Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi bo’yicha harajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • Asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki (tiklash) qiymatidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi, lizing bo’yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan jadallashtirilgan amortizatsiya ham shu jumlaga kiradi.

  • Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar (Gudvilldan tashqari) eskirishi har oyda xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan foydali foydalanish muddatidan kelib chiqib hisoblanadigan mahsulot tannarxiga tegishli bo’ladi. Foydali foydalanish muddatini aniqlash imkoni bo’lmagan nomoddiy aktivlar bo’yicha eskirish me’yorsi besh yil hisobiga belgilanadi.

Ishlab chiqarish turidagi boshqa harajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko’rsatish harajatlari.

  • Ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lgan xizmat safarlariga yuborish bo’yicha me’yorlar doirasida va ulardan ortiqcha harajatlar.

  • Ishlab chiqarish xodimlarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy va ixtiyoriy sug’urta qilish harajatlari.

  • Brak tufayli kelib chiqadigan yo’qotishlar.

  • Ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko’ra bekor turishlar tufayli yo’qotishlar.

  • Kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga kafolatli xizmat ko’rsatish harajatlari.

  • Mahsulot (xizmatlar)ning majburiy sertifikatsiya qilish harajatlari.

  • Ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo’qolishi munosabati bilan tegshili vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarisiz to’lanadigan nafaqalar.

  • Umumiy foydalaniladigan yo’lovchilar transporti xizmat ko’rsatmaydigan yo’nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog’liq harajatlar.


Download 202,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish