10-mavzu. Agrobiznesda yеr resurslaridan foydalanishni tashkil etish va boshqarish


Er (ekin) maydonlarining hosildorligi



Download 45,13 Kb.
bet4/5
Sana12.06.2022
Hajmi45,13 Kb.
#658913
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-ma'ruza

Er (ekin) maydonlarining hosildorligi. Bu ko’rsatkich asosan ekin turlari hamda umumiy maydon bo’yicha, natural hamda qiymat ko’rinishlarida aniqlanadi, ya’ni ular 1 gektar foydalanilgan maydondan qanday mahsulotlarni qancha miqdorda (kg, tsentner, tonna) hamda necha so’mlik mahsulot yoki foyda olinganligi aniqlanadi. Buning uchun quyidagi ifodadan foydalanish mumkin:
EX = (10.7)
bunda: EX- 1 ga ekin maydonidan olingan hosil miqdori, ts;
YaX- ekin ekilgan maydondan olingan yalpi hosil miqdori, ts. yoki tonnada;
EM- ekin ekilgan haqiqiy maydon, ga.
Bu ko’rsatkich yordamida 1 gektar ekin ekilgan maydondan qancha miqdorda hosil olinganligi ekin turlari bo’yicha alohida-alohida aniqlanadi. Uning miqdori qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi. Bu ko’rsatkich u yoki bu ekin ekilgan maydonning mahsuldorligini isbotlaydi. Jami ekin maydonlari mahsuldorligini aniqlash uchun ko’rsatkichni quyidagi qiymat ko’rsatkichlarida aniqlash, buning uchun har bir ekinning yalpi hosili qiymatini aniqlab olish lozim. So’ngra ularning yig’indisini aniqlash kerak.
YeM = : : (10.8)
bunda: YeM- foydalanilgan yerlarning mahsuldorligi. Ya’ni, bir gektar ekin ekilgan yoki yaylov, pichanzor maydondan necha so’mlik yalpi mahsulot, yalpi daromad hamda sof foyda olinganligi aniqlanadi;
YaMK- olingan yalpi mahsulot qiymati, so’mda;
EM- ekinlar ekilgan maydon, ga;
YaDK- olingan yalpi daromad summasi;
SF- olingan sof foyda summasi.
Taqqoslanadigan xo’jaliklarda yer resurslaridan foydalanishning samaradorligini baholashda qishloq xo’jaligiga yaroqli yer turlari (haydaladigan yer, pichanzor, yaylov) o’rtasidagi, ya’ni tuproq unumdorligi o’rtasidagi farqni hisobga olish zarur. Buning uchun yerni iqtisodiy baholash ballaridan foydalaniladi. Taqqoslama (kadastr) yer maydonidan olingan u yoki bu mahsulotni yoki hosildorlikni aniqlash uchun haqiqiy ko’rsatkichni 100 ga ko’paytirib va yer bahosi balliga bo’lish kerak. Masalan: 1 ga yerdan olingan paxta hosildorligi 25 tsentner bo’lib, shu yerning iqtisodiy bahosining balli 90 ga teng bo’lsa, u holda 1 gektar kadastr maydonidan olingan hosildorlik 27,7
(25x 100:90=27,7) tsentnerni tashkil etadi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirishning zaruriy sharti, hozirgi vaqtda ayni dolzarb masala bo’lgan, yer resurslaridan foydalanish samarador-ligini sezilarli darajada oshirish hisoblanadi.
Er resurslaridan samarali foydalanish o’z navbatida suv resurslaridan ham oqilona foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. CHunki o’simlik dunyosini suvsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Buni issiq o’lka hisoblangan bizning respublikamizda yaqqol ko’rish mumkin. SHuning uchun suvni tejash, undan oqilona foydalanish qonun bilan belgilab qo’yilgan.

Download 45,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish