10-mavzu. Agrobiznesda yеr resurslaridan foydalanishni tashkil etish va boshqarish



Download 45,13 Kb.
bet1/5
Sana12.06.2022
Hajmi45,13 Kb.
#658913
  1   2   3   4   5
Bog'liq
10-ma'ruza


10-MAVZU. AGROBIZNESDA YЕR RESURSLARIDAN FOYDALANISHNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH


Reja:

  1. Er resurslarining qishloq xo’jaligidagi ahamiyati va xususiyatlari, ularning maydoni tarkibi.

  2. Erdan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi.

  3. Erdan foydalanish samaradorligi, uni oshirish yo’llari.

  4. Er monitoringi va davlat yer kadastri.

Qishloq xo’jaligining yer resurslari - bu qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun qishloq xo’jaligi mahsulotini ishlab chiqarishda xususiy mulk sifatida egalik qilishga va foydalanishga ajratilgan yer maydonlaridir. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining moddiy asosi sifatida yer resurslari ishlab chiqarishning umumiy omili bo’lib, tarmoqdagi boshqa ishlab chiqarish resurslarini birlashtirish uchun moddiy asos hisoblanadi. CHunki yer qishloq xo’jaligida bosh ishlab chiqarish vositasi hamda mehnat predmeti hisoblanadi.


Ishlab chiqarish vosita sifatida yerdan foydalanishda uning bir qancha xususiyatlari mavjud:

  • er qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vositasi. Boshqa sohalarda yer joy vazifasini bajarib kelmoqda.

  • er maydonining cheklanganligi va takror ishlab chiqarilmasligi. yer tabiatan cheklangan, uning maydonini inson kengaytira olmaydi. Boshqa asosiy vositalarni, masalan, traktorlarni, mashinalarni talabni qondirish maqsadida xohlagancha ishlab chiqarish mumkin;

  • erning tabiat mahsuli ekanligi. yerning kelajakdagi taqdiri tabiatga bog’liq. Boshqa asosiy vositalar, ya’ni binolar, inshootlar, kombaynlar, traktorlar inson mehnatining mahsulidir. Zaruriyat tug’ilganda ular inson tomonidan ishlab chiqarilishi mumkin. yerni esa inson ishlab chiqara olmaydi;

  • qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida yerni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirib yurish imkoniyati cheklangan. Undan joylashgan makonida oqilona foydalanish mumkin. Lekin mashina va traktorlarni talab etilgan joyga olib borib, turli xildagi ishlarni amalga oshirish, bino-inshootlarni ham talab etilgan joyga qurish mumkin;

  • erning yuqori qatlami hisoblangan tuproq unumdorligining mavjudligi, yaxshi qarash natijasida uning oshib borishi, tuproqqa vaqtida ishlov berilsa, o’g’itlansa, uning unumdorligi oshib borishi mumkin. Lekin boshqa asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi oqibatida jismoniy jihatdan ishdan chiqadi. Ular vaqt o’tishi bilan fan-texnika taraqqiyoti natijasida ma’naviy jihatdan ham eskiradi. yerning unumdorligidan tadbirkorlik bilan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Respublikada mavjud yer maydonlari jami: 4410,3 ming gektar, 21,4 million gektar ya’ni 48 foizdan ortiq yerlardan qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida foydalanilmoqda, shundan sug’oriladigan yerlar 4279 ming gektar, yoki 9,6 foizni tashkil etadi. 10.1-jadvalda O’zbekiston yer fondidan foydalanish darajasi bo’yicha toifalarga taqsimlanishi keltirilgan.
Haydaladigan yerlarning eng mahsuldor va samarali qismi sug’orma yerlardir.
O’zbekiston – qadimdan sug’orma dehqonchilik mamlakati bo’lib kelgan. Sug’orma dehqonchilik oziq-ovqat sohasida Respublika mustaqilligining negizi va asosiy eksport mahsulotining manbaidir.
O’zbekiston hozirda jahonda sug’orma dehqonchilik markazlaridan biri hisoblanadi. Sug’oriladigan yerlarning umumiy maydoni salkam 4,3 mln. gektarni tashkil etib, uning asosiy qismi tuproq-suv sharoiti nisbatan qulay bo’lgan vodiy va vohalarda joylashgan. Farg’ona, Zarafshon vodiylari, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm vohalari shular jumlasidandir. 1960 yillardan so’ng sug’oriladigan yerlar maydoni ikki martadan ziyod ko’paydi. O’sish asosan Mirzacho’l, Qarshi cho’li, Ellikqal’a massivi hisobiga ta’minlangan.

Download 45,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish