4. Qurilish-ta’mirlash jarayonlari va qurilish ishchilari
to‘g‘risida umumiy ma’lumot
Qurilish nihoyatda keng tarmoqli ishlab chiqarish sohasi bo‘lib, u binolar va inshootlarni qurish, ularni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, shuningdek, qismlarga ajratish va joydan-joyga ko‘chirish jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Qurilish jarayonlari deb, qurilish maydonchasi doirasida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayonlariga aytiiadi (masalan, tuproq ekskavatsiyasi, yig‘ma konstruksiyalar montaji, devorlarni suvash, bo‘yash va h.k.). Har qanday qurilish jarayonida tegishli mehnat qurollari va ashyolari qo‘llanadi.
Mehnat ashyolariga qurilish materiallari (tosh, po‘lat, oyna va b.), yarimfabrikatlar (beton, qorishma), detallar va buyumlar (karkas elementlari, deraza va eshik bloklari), tayyor konstruksiyalar (starapil fermalari va ko‘priksimon fermalar, ustunlar, to‘sinlar va b.) kiradi. Mehnat qurollari, ya’ni qurilish mashinalari, qo‘l va mexanizatsiyalashgan asboblar yordamida ishchilar mehnat ashyolariga ta’sir ko‘rsatadilar.
Qurilishda, shuningdek, yordamchi qurilma va moslamalar ham qo‘llanadi. YOrdamchi qurilmalar ishchilarning hamda mehnat ashyolari va qurollarining fazodagi zarur holatini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Ular tarkibiga havozalar, podmotslar va h.k. kiradi. Masalan, bino karkasini yig‘ishda qo‘llanadigan prichalkalar, qatoralar, konduktorlar kabi moslamalar mahsulotga talabdagi shakl va o‘lchamlarni berish uchun xizmat qiladi.
Qo‘llanadigan qurilish mahsulotining miqdori muayyan o‘lchov biriiklarida (donalab, kub va kvadrat metrlar va h.k.) ifodalanadi. Ushbu mahsulot sifati loyiha talablari va texnik shartlarga javob berishi lozim.
Bajarilish murakkabligiga qarab qurilish jarayonlari ishchi operatsiyalar, oddiy va murakkab (kompleks) ishchi jarayonlarga bo‘linadi.
Ishchi operatsiyasi deb, bir xildagi mehnat ashyolari va qurollari, materiallar va detallar, mashinalar, asboblar va moslamalar yordamida doimiy ishchilar tarkibi tomonidan bajariladigan texnologik jihatdan bir turdagi va tashkiliy jihatdan bo‘linmas qurilish jarayoni elementiga aytiladi.
Har bir operatsiya ishchi usullardan tarkib topadi, har bir ishchi usul, o‘z navbatida, ishchi harakatlarga bo‘linadi.
Ishchi operatsiyani bitta ishchi yoki hamjihatlikda amal qilayotgan ishchilar guruhi — zveno bajarishi mumkin.
Ishchi (oddiy) jarayon deb, bitta ishchi yoki bitta bajaruvchilar tarkibi (zveno, brigada) tomonidan bajariladigan texnologik jihatdan o‘zaro bog‘langan ishchi operatsiyalar majmuiga aytiladi (masalan, bloklar montaji. panelli orayopmalarni yig‘ish).
Murakkab (kompleks) jarayon deb, tashkiliy jihatdan o‘zaro bog‘langan hamda natijada yaxlit va tugal mahsulot birligini ishlab chiqarishga qaratilgan ishchi jarayonlarning majmuiga aytiladi. Masalan, monolit temir-beton konstruksiyalarni ko‘tarish, yig‘ma konstruksiyalarni montaj qilish kabi qurilish jarayonlari kompleks jarayonlarga kiradi.
Texnologik belgilariga ko‘ra qurilish jarayonlari tayyorlov, transport va montaj-joylashtirish jarayonlariga bo‘linadi.
Tayyorlov jarayonlari qurilish mahsulotlari va yarim fabrikatlarni (beton qorishmasi, qorishma, armatura, yig‘ma detallar va konstruksiyalar) tayyorlash yoki ularning tayyorlik darajasini oshirish, shuningdek, konstruksiyalar elementlarini yiriklashtirish uchun mo‘ljallangan. Bu jarayonlar, odatda, ixlisoslashtirilgan korxonalarda bajariladi.
Umumiy qurilish va texnologik transport tomonidan amalga oshiriladigan transport jarayonlari ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga materiallar va buyumlarning qurilish maydonchasi omborlariga yoki montaj kraniga etkazib berilishi kirsa, ikkinchi guruhga ularning bevosita ish joylariga etkazib berilishi kiradi. Ikkinchi guruhga mansub transport jarayonlari hamma vaqt montaj joylashtirish ishlari bilan birga amalga oshiriladi hamda binolar qurilishi texnologiyasining tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qiladi.
Ob’ekt qurilishi paytida bajariladigan montaj joylashtirish jarayonlari mehnat ashyolarini qayta ishlash, shaklini yoki holatini o‘zgartirishdan iborat bo‘lib, buning natijasida yakunlovchi mahsulot o‘laroq bino yoki inshootning alohida qismlari yuzaga keladi.
Montaj-joylashtirish jarayonlari asosiy (devorlarni terish, konstruksiyalar montaji, pardozlash ishlari) va yordamchi (podmotslarni qurish, opalubkalarni o‘rnatish) bo‘lishi mumkin. Kotlovanlarni qazish, fundamentlar, devorlar, orayopmalar, tom yopmalarini va h.k. ko‘tarish umumiy qurilish ishlariga kiradi, sanitariya-texnika tizimlarini bajarish, muhandislik tarmoqlarini o‘tkazish, izolyasiya qilish, uskunalar montaji va shu kabi boshqa ishlar esa maxsus qurilish ishlariga mansubdir.
Bajarilishiga ko‘ra jarayonlar uzluksiz va uzuq-uzuq bo‘ladi. Uzluksiz jarayonlarda (masalan, g‘isht terish, montaj va boshqa ishlar) ishlab chiqarish operatsiyalari birin-ketin tez kechadi. Ularning davomiyligi tashkiliy jihatlar bilan belgilanadi, xolos. Uzuq-uzuq jarayonlarda esa qo‘llanayotgan materiallar va texnologiyaning o‘ziga xosligi (betonning saqlab turilishi, suvoq, bo‘yoqlarning qurishi va sh.k.) bilan bog‘liq holda tanaffuslar sodir bo‘ladi. Uzuq-uzuq jarayonlar ishni cho‘zib yuboradi, shuning uchun bunday paytlarda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan hollarda ular uzluksiz jarayonlarga almashtiriladi (qo‘l suvoq qoplamaga, monolit konstruksiyalar yig‘ma konstruksiyalarga).
Ishlab chiqarishdagi ahamiyatiga qarab etakchi va o‘rindosh jarayonlar farqlanadi. Etakchi jarayonlar ishlab chiqarishning uzluksiz texnologik zanjiriga kiradi, ularning davomiyligi esa ob’ekt qurilishi bilan bog‘liq butun siklning davomiyligini belgilaydi. O‘rindosh jarayonlar etakchi jarayonlar bilan barobar amalga oshiriladi.
Har bir qurilish jarayonining bajarilishi uchun avval ish joylarini tashkil qilish lozim.
Ish joyi deb shunday maydonga aytiladiki, uning hududida qurilish jarayonida qatnashayotgan ishchilar faoliyat ko‘rsatadi, mehnat ashyolari va qurollari, yordamchi qurilmalar, moslamalar va mahsulot joylashtiriladi. Ish joyi ishlab chiqarish vositalarini joylashtirish va mehnat bilan bog‘liq xatti-harakatlarni hech qanday qarshiliksiz bajarish uchun qulay bo‘lishi hamda ish bajaruvchilar xavfsizligini ta’minlashi lozim.
Bitta ishchi yoki zvenoga ajratib beriladigan uchastka bo‘linma (delyanka), butun brigadaga berilgan uchastka qamrov (zaxvatka) deb ataladi. Bo‘linma va qamrovning o‘lchamlari talabdagi ish frontini hamda zveno yoki brigadaga uzoq muddat davomida o‘z vazifalarini yuqori samaradorlikda va xavfsiz bajarishi uchun etarli sharoitlarni ta’minlab beradigan darajada bo‘lishi lozim. Bunda bu muddat davomiyligi joydan-joyga o‘taverib vaqt yo‘qotmaslik uchun yarim smenadan kam bo‘lmasligi kerak.
Qurilish ishchilari
Qurilish ishchilari kasbi (mutaxassisligi) va malakasiga ko‘ra farqlanadi. Kasb bajarilayotgan qurilish jarayonlari bilan belgilanadi: betonchilar beton ishlarini, bo‘yoqchilar bo‘yash ishlarini va h.k. bajaradi. Mutaxassislik muayyan ish turi bo‘yicha torroq ixtisosni bildiradi: masalan, opalubkachi duradgor, qimmatbaho mebel ishlovchi usta-duradgor va h.k.
Qunlishni olib borish uchun tayyorgarligi turli darajada bo‘lgan, ya’ni malakasi turlicha bo‘lgan ishchilar talab qilinadi. Tarif koeffitsientlari bilan baholanadigan oltita malakaviy razryadlar belgilangan bo‘lib, bu koeffitsientlar biron razryadga ega bo‘lgan ishchining savkasi birinchi razryaddagi ishchining savkasiga nisbatan qay darajada yuqoriroq ekanini ko‘rsatadi.
Razryad I II III IV V VI
Tarif koeffitsienti 1 1,125 1,266 1,427 1,6021,803
Tarif razryadlari «lshlar hamda qurilishda va ta’mirlash-qurilish ishlarida band bo‘lgan ishchilar kasblarining yagona tarif-malakaviy ma’lumotnomasi»da bayon etilgan qoidalarga muvofiq beriladi. Ma’lumotnomada etmish bitta quruvchilik kasbining ta’rifi va tavsifi keltirilgan hamda ishchilardan talab qilinadigan bilimlar va kasbiy ko‘nikmalar hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bayon etilgan. Ularga ko‘ra ishchi chizmalarni o‘qiy olishi, jarayon texnologiyasini hamda uning sifatini tekshirishga oid qoidalarni bilishi, xavfsizlik texnikasi bilan tanish bo‘lishi, berilgan murakkablikdagi ishlarni bajara olishi va h.k. lozim.
Qurilish uchun kadrlarni tayyorlash kasb-hunar o‘quv yurtlarida amalga oshiriladi. Ishchilarning malakalarini oshirish maqsadida qurilish tashkilotlarida tuzilgan o‘quv kombinatlari (texnika maktablari, o‘quv punktlari)da ularni qayta tayyorlash ishlari olib boriladi.
Ishchilar mehnatidan ratsional (maqsadga muvofiq) foydalanish uchun har bir ishchi o‘z mutaxassisligiga mos keladigan ishni bajarishi talab qilinadi. SHuning uchun bir nechta bajaruvchilarning qatnashuvini talab qiladigan ishchi operatsiyalarni amalga oshirishda ikki-uch va undan ko‘proq kishidan iborat ishchi zvenolar tuziladi. Zvenolarning xatti-harakatlari bir-biriga uyg‘un bo‘lishi lozim. Zvenolardan ixtisoslashgan yoki kompleks brigadalar tuzilib, ularga V yoki VI razryadga ega bo‘lgan tajribali ishchilardan chiqqan brigadir boshchilik qiladi.
Oddiy jarayonlarni bajarish uchun bitta kasbdagi yoki turdosh kasblardagi 25-30 kishidan iborat ixtisoslashgan brigadalar jamlanadi (parketchilar brigadasi, bo‘yoqchilar brigadasi, ularning tarkibiga gulqog‘oz yopishtiradigan ishchilar ham kiradi va h.k.). Ixtisoslashtirish jarayonida bir xil operatsiya qayta-qayta bajarilishi natijasida brigada ishchilari muayyan kasb bo‘yicha yuqori malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘la bo‘ladilar.
40-50 kishidan iborat bo‘ladigan kompleks brigadalar murakkab jarayonlarni bajarishga mo‘ljallangan: g‘isht devorlarni terish, yig‘ma konstruksiyalarni montaj qilish va h.k.
Kompleks brigadalarning afzalligi shundaki, ularning barcha a’zolari mehnat natijalaridan birdek manfaatdor bo‘ladilar, bu esa ishda yuqori darajadagi hamjihatlik va birlikni ta’minlaydi.
Bunday brigadalar, masalan, aytaylik, yirik panelli binolarning montaji uchun mo‘ljallanganlari, turli ixtisosdagi zvenolardan – montajchilar, payvandchilar, betonchilar, izolyasiyalovchilar, kranchilardan jamlanadi. Hozirgi paytda bir qator qurilish trestlarida kompleks brigadalar va pudratchi brigadalar tashkil qilingan bo‘lib, ular yirik panelli binoning er usti qismini to‘liq ko‘tarish bo‘yicha jami ishlarni akkord usulida bajaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |