10-Ma’ruza. Qurilishda ta’mirlash ishlari tamirlash ishlarini tashkil etishning


Kapital ta’mirlash ob’ektlariga bo‘lgan binolarga talablar



Download 54,96 Kb.
bet4/7
Sana08.07.2022
Hajmi54,96 Kb.
#757475
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10- Amaliy mashg'ulot

2. Kapital ta’mirlash ob’ektlariga bo‘lgan binolarga talablar

Har qanday turdagi bino funksional, texnikaviy, iqtisodiy va arxitektura-badiiy talablarga maksimal darajada javob berishi lozim. Loyihaviy echimning funksional maqsadga muvofiqligi talabi deganda, bino xonalarining bu erda kechayotgan jarayonlarga maksimal darajada muvofiq kelishi tushuniladi.


Atrof-muhit parametrlari, ya’ni bino xonalarining gabaritlari (ular o‘z vazifalariga muvofiq holda belgilanadi), havo muhitining holati, yorug‘lik rejimi QMQ va SHNQ tomonidan har bir bino uchun alohida belgilanadi.
Loyihaviy echimning texnik jihatdan maqsadga muvofiqligi talabi deganda, bino konstruksiyalarining qurilish mexanikasi, qurilish fizikasi qonunlariga to‘la mos holda bajarilishi ko‘zda tutiladi.
Iqtisodiy maqsadga muvofiqlik deganda, funksional va texnik masaalarni hal qilishda jamiyatning haqiqiy ehtiyojlari va imkoniyatlaridan kelib chiqish lozimligi tushuniladi.
Arxitektura-badiiy talablar deganda, binoning tashqi va ichki ko‘rinishini belgilaydigan hajmlar va interer (ichki bezak) uning vazifasidan kelib chiqishi lozimligi tushuniladi.


3. Binolarni kapital ta’mirlash masalalari.
Ta’mirlash ishlarining tasnifi

Turar joy binolarini kapital ta’mirlashdan ko‘zlanadigan maqsad, binolarning ayrim qismlari yoki butun konstruksiyalari va uskunalarining eskirishi va emirilishi (jismoniy eskirish) bilan bog‘liq holda ularni almashtirish yoki qayta tiklash, shuningdek, binolarning qulaylik darajasini oshirish maqsadida ma’naviy eskirishini bartaraf etishdan iborat.


Turar joy uylarining ekspluatalsiyasi jarayonida ayrim konstruktiv elementlar, ayrim ishlar va muhandislik uskunalarining jismonan eskirishi vaqt jihatdan bir xil bo‘lmay, materiallarning xususiyatlari, ulardan foydalanish shart-sharoitlariga bog‘liq. SHuning uchun binolar, ularning konstruktiv elementlari va muhandislik uskunalarining xizmat muddatlari ham vaqt jihatdan turlichadir. Toshdan qurilgan uylarda fundamentlar, devorlar va yonmaydigan orayopmalar eng uzoq xizmat muddatlariga ega.
SHu sabablarga ko‘ra toshdan qurilgan turar joy uylarining kapital ta’miri paytida konstruktiv elementlar almashtirilayotganda, xizmat muddatlari fundament va devorlarning xizmat muddatlariga yaqin keladigan umrboqiylikka ega materiallar tanlanishi lozim.
Turar joy binolarining ma’naviy eskirishi deganda quyidagilar tushuniladi: kvartiralarning arxitektura-rejalash echimlari zamonaviy talablarga javob bermasligi; mavjud muhandislik uskunasining nomuvofiqligi; turar joy kvartallarining o‘ta zich qurilganligi hamda ularning etarli darajada obodonlashtirilmaganligi va h.k.
Iqtisodiy va muhandislik nuqtai nazaridan hamma binoning ham birdek kompleks kapital ta’mirdan o‘tkazilishi maqsadga muvofiq emas. Turar joy binosini kompleks kapital-ta’mirga belgilashda kapital devorlar va fundamentlarning holatlari hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. YA’ni, bunda devorlar va fundamentlarning texnik holatlari qoniqarli darajada bo‘lishi, ular faqat qisman kuchaytirishni yoki ayrim uchastkalarigina qayta tiklashni talab qilishi lozim. Bunday hollarda fundamentlar va devorlarning jismoniy eskirishi 30 % dan, butun bino bo‘yicha eskirish 60 % dan oshmasligi kerak.
SHaharni rivojlantirishning bosh rejasi bo‘yicha itsiqbolga qoldirilayotgan qimmati baland bo‘lgan toshdan qurilgan ko‘p qavatli binolarni kompleks kapital ta’mirlash paytida yuqori darajadagi qulaylik ko‘zda tutilmog‘i lozim. Ularning rekonstruksiyasi sotsial, shaharsozlik, iqtisodiy va texnik jihatdan paysalga solib bo‘lmaydigan vazifadir.



Download 54,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish