5. Rekonstruksiyalash, modernizatsiyalash va kapital ta’mirlash ob’ektlariga tuziladigan ishlarni bajarish loyihasi (IBL) ning tarkibi
Binolarni kapital ta’mirlashga tegishli loyiha-smeta hujjatlarini tuzish jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi:
loyihalashtirishga tayyorgarlik ko‘rish (texnik lekshirish, qidiruvlarni amalga oshirish va dastlabki ma’lumotlarni to‘plash);
loyihalarva smetalarni tayyorlash (bevosita loyihalash. kelishish va tasdiqlatish).
Binoning kapital ta’mirlash loyihasini tuzishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida quyidagi ishlarni bajarish talab qilinadi:
Ob’ektning vazifasi, joylashish sharoitlari va umumiy holatini o‘rganish.
Binoning eskirganlik va shkastlanganlik yoki buzilganlik darajasini aniqlash.
Binoni ekspluatatsiya qilish sharoitlarini hamda ob’ekt konstruksiyalari va uskunalarining buzilishi va shkastlanishiga olib kelgan sabablarni aniqlash.
Belgilanayotgan ta’mirlash ishlarining texnik imkoniyatlari va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini aniqlash.
Alohida binolar bo‘yicha ta’mirlash navbatini belgilash.
Imkon darajada kam chiqimli va qat’iy texnik echimni (loyihalash, ustqurmalar, yonqurmalar va h.k. bo‘yicha) qabul qilish.
Binoni issiqlik bilan ta’minlash manbaini aniqlash.
Ta’mirlangandan keyin binoni suv ta’minoti, kanalizatsiya, energiya ta’minoti va boshqa shu kabi shahar tarmoqlariga ulash uchun tegishli maxsus xizmatlartomondan qo‘yiladigan talablarni aniqlash.
Binoning yon-atrofidagi hududni obodonlashtirish darajasini aniqlash.
Loyihalashtirish qiymatini avvaldan kalkulyasiya qilib chiqish.
Buyurtmachi bilan birgalikda loyihalashga topshiriqni ishlab chiqish.
Loyihaning ishchi qismida maqsadga muvofiq arxitektura-qurilish qarorlarini qabul qilish imkonini beradigan hajmlardagi topografik va geologik izlanishlarni amalga oshirish.
Bino bo‘yicha o‘lchash ishlarini bajarish.
Ta’mirlash ishlarining murakkablik darajasi, hajmlari va mahalliy sharoitlarga qarab, yuqorida sanab o‘tilgan optimal ishlar tarkibi tegishli ravishda qisqartirilishi mumkin.
Loyihalashtirishga oid ishlarni loyiha tashkiloti tarkibida maxsus tuzilgan bo‘lim (guruh, brigada) ga topshirish maqsadga muvofiqdir.
Bunda uchastkaning bosh rejasi va uylarning inventar rejalari loyiha oldi takliflari ustidagi ishlarni boshlash uchun dastlabki material vazifasini o‘taydi.
Ob’ektga va atrof qurilmalarning rejaviy tuzilmasiga bog‘liq holda bosh reja kvartalni butunicha yoki uning bir qismini qamrab olishi lozim. ammo bunda. albaiia. ko‘chalarning qizil chiziqlari qarama-qarshi tomonning qurilmalari qatori bilan birgalikda ko‘rsatilishi talab qilinadi.
Uchastkaning bosh rejasi o‘rganib chiqiladi hamda loyihalashtirish zonasi va unda joylashgan ob’ektlar aniqlanadi.
Inventar rejalarni o‘rganishdan ko‘zlanadigan maqsad uylarning o‘ziga xos xususiyatlarini, erto‘la va sokol qavatlarining, shuningdek, 2,5 m va 4 m balandlikdagi qavatlarning mavjudligini, liftlarni o‘rnatish lozimligini va h.k. aniqlashdan iborat. Dastlabki materiallarni o‘rganib chiqish natijasida bo‘lg‘usi qarorning taxminiy mo‘ljallari belgilab olinadi. Bundan maqsad binoning asosiy rekonstruktiv qayta tuzilishini belgilab olishdan iborat (buzib tashlash kerakmi, usqurma yoki yonqurmalarni bajarish maqsadga muvofiqmi). Muammoga shaharsozlik nuqiai nazaridan qarash, ya’ni har bir alohida bino taqdirini va o‘zgartirish imkoniyatlarini uni o‘rabturgan binolarva atrof-muhit bilan yaqin aloqada olib qarash qurilish-ta’mirlash ishlarida amal qilish lozim bo‘lgan bosh qoidadir.
Bosh rejada barcha saqlanayotgan va loyihalashtirilayotgan xo‘jalik va yordamchi binolar ko‘rsatilishi shart. Bular:
konteyner maydonchalari, transformator podstansiyalari, garajlar va h.k., shuningdek, asosiy obodonlashtirish elementlari;
o‘tish yo‘llari, ko‘kalamzorlashtirish chegaralan, piyodalar trassalarining asosiy yo‘nalishlari va h.k.
Loyihalashdan avvalgi takliflar tarkibiga asosiy muhandislik masalalarining echimini ham kiritish maqsadga muvofiqdir. Bunga talab qilinadigan hajmdagi issiqlik elekir energiyasi, suvning va h.k. hisob-kitobi kiradi.
Ishlarning bajarilishini loyihalashtirish kapital ta’mirlashga tashkiliy-texnik jihatdan tayyorgarlik ko‘rishning tarkibiy qismidir.
Binolarni, kapital ta’mirlashning tashkiliy-texnik tayyorgarligi qurilish-ta’mirlash ishlarining rejalashtirilgan muddatlarda va yuqori sifatini ta’minlagan holda bajarilishini ta’minlashi lozim.
Tashkiliy-texnik tayyorgarlik ikki bosqichda olib boriladi:
kapital ta’mirlash ob’ektida ishlar boshlanishidan oldin bajariladigan tashkiliy chora-tadbirlar;
ob’ektni kapital ta’mirlash uchun tayyorlashga oid bajariladigan ishlarni o‘z ichiga olgan tayyorlanma davri.
Tayyorgarlik davrida bajariladigan ishlarga kirishilgunga qadar quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish talab qilinadi:
loyiha-smeta hujjatlarining ishlarni bajarish uchun qabul qilinishi;
ta’mirlash-qurilish ishlarini materiallar, konstruksiyalar va h.k. bilan ta’minlash masalalarining hal qilinishi;
bosh pudratchi va subpudratchi qurilish tashkilotlarining belgilanishi;
moliyalash rasmiylashtirilgan va pud rat shartnomasi tuzilgan bo‘lishi;
bajariladigan ishlar loyihasi ishlab chiqilishi;
rekonstruksiya yoki ta’mirlash ob’ekti bo‘shatilgan bo‘lishi.
Tayyorgarlik davrida qurilish-ta’mirlash maydonchasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
ta’mirlanayotgan bino o‘raladi;
olib tashlanishi kerak bo‘lgan qurilmalar buziladi;
vaqtinchalik kommunikatsiyalar o‘tkaziladi;
ob’ektga uskunalar, mashinalar va kerakli asboblar etkazib beriladi;
vaqtinchalik inshootlar quriladi, ochiq va yopiq omborlar jihozlanadi.
Ishlarni bajarish loyihasi (IBL) binoni kapital ta’mirlash uchun tuzilgan texnik hujjatlarning tarkibiy qismidir.
IBL da ta’mirlash ishlarining davomiyligi, tayyorgarlik davrida o‘tkaziladigan chora-tadbirlar, texnologik jarayonlarni bajarish uslublari hamda ularning bir-biri bilan o‘zaro boglanishi, mehnat moddiy va texnik resurslarga bo‘lgan talab, qurilish maydonchasini tashkillashtirish, ishlarni bajarishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari belgilab beriladi.
Xullas, IBL ob’ektni ta’mirlashga oid ishlarni tashkil qilish va bajarish bo‘yicha qo‘llanma sifatida xizmat qiladi.
Operativ rejalashtirish, moddiy-texnik ta’minot, ta’mirlash-qurilish ishlarining nazorati va hisobi aynan IBL asosida bajarilishi lozim.
IBL ni bosh pudratchi tashkilot ishlab chiqadi. lxtisoslashtirilgan subpudratchi tashkilotlar tomonidan bajariladigan maxsus ishlarni ishlab chiqish va bajarish bilan bog‘liq masalalarni yanada batafsilroq loyihaviy ishlab chiqish zarurati tug‘ilsa, bu tashkilotlar maxsus ishlarni bajarish loyihalarini ishlab chiqadilar.
Ushbu loyihalar bosh pudratchi bo‘lgan qurilish-ta’mirlash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan IBL ning tegishli bo‘limlarini davom ettirish va yanada aniqlashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Bosh pudratchi tashkilotining bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan IBL bo‘lmasa, kapital ta’mirlash ishlarini olib borish man qilinadi.
Tasdiqlangan IBL lar bajaruvchilar (ishchilar, ustalar)ga ta’mirlash ishlarining boshlanishidan kamida ikki oy oldin topshirilishi lozim.