10-Ma’ruza mashg’uloti
Mavzu: AREAL LINGVISTIKA
Reja:
Areal lingvistika haqida umumiy ma’lumot.
Areal lingvistika fanining maqsadi, vazifalari.
Fanning boshqa sohalar bilan aloqasi.
Areal lingvistika haqida haqida hali ko’plar hech qanday ma’lumotga ega bo’lmagan bir vaqtda Julio Bartole tomonidan bu atama XX asrning 40- yillarida fanga kiritildi.Keyinchalik, olimlarimiz tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqib,areal lingvistika haqidagi ma’lumotlar buyuk bobokalonimiz qomusiy olim Mahmud Qoshg’ariy asarlarida keltirilganligi ma’lum bo’ldi. Bundan tashqari Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur asarlarida areal lingvistikaga oid fikrlarni uchratish mumkin.Areal lingvistika qanday fan? Areal lingvistika adabiy til va shevalarning hudud bo’yicha ishlatilishi. Areal lotincha “areas” so’zidan olingan bo’lib, maydon , bo’shliq ma’nolarini anglatadi. Mos hodisalar ayrim bo’laklarining lingvistik tarqalish zonasini , ya’ni tilning dialektal farqlanishini anglatadi. Boshqa sohalarda bo’lgani kabi areal lingvistikaning ham o’z metodlari mavjud bo’lib, ular sharhlash,, qayd qilish, tahlil qilish kabilardir.Areal lingvistikaning xarakterli belgilaridan biri hisoblangan irradatsiya hodisasidir. Bu hodisa mos hodisalarning tarqalish tushunchasidir.Masalan,qaratqich kelishigi qo’shimchasi – ning Samarqand, Buxoro,Qashqadaryo shevalarida har xil holatda kelishi, masalan -n-, -di, ba’zan –ti. O’rin payt kelishigi – da qo’shimchasi Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo shahar tip shevalarida adabiy til ta’sirida to’siqlarga uchramasdan kirib borish yo’li bilan tarqalgan. Til hodisalarini o’rganishda yondosh tillar ularning shevalarini o’rganadi. Demak, qo’shni tillar va shevalardagi masofaning yaqinligi bilan xarakterlanadi. Lekin til va dialektlarning tarixiy taraqqiyotini o’rganishda ayrim hodisalarni izohlayotganda shevalar har doim ham bir-biriga o’tavermaydi. Masalan: vodiy tomonlardagi viloyatlarda “r” tovushi ko’p ishlatilmaydi.Masalan: boddi- boddь, choshaammi- chorshanba, tussun- tursun. Aynan shu kabi hodisalar Qashqadaryodagi shahar va shahar tip shevalarida mavjud. Bu hodisalarning asosiy markazi qaysi ekanligi va uning irrodatsiyasi noma’lumdir.Adabiy til va tayanch shahar shevalarining kundalik ta’siri o’zbek xalq shevalarida til asoslarining aralashuvi va tekislashib borish jarayonini tezlashtiradi. Masalan, tillarda yaqin hududlar orasida o’tish zonalari paydo bo’ladi.Bu o’tish zonalarining ta’siri ikki til doirasida fonetik,leksik, morfologikv asintaktik o’zgarishlarga olib keladi.Masalan, O’zbekiston, Qozog’iston, Turkmaniston va boshqa hududlarda unlilar cho’ziq aytilsa, ular xaritada berilishi kerak. Hozirgi Xorazm shevalarida “Avesto” tilining substratlarini uchratish mumkin. Mana shunday holatda o’zbek shevalarining, dialektlarining atlasi tuzilganda ko’pgina muammolar hal bo’lgan bo’lar edi. O’zbek shevalarining atlasini ishlab chiqishda ko’pgina olimlarimiz harakat qilmoqdalar. Bular Sh. Shoabdurahmonov, A . G’ulomov, M.Mirzayev, A. Aliyev, A. Shermatov, N. Rajabovlar va ularning shogirdlaridir.Mana shunday atlaslar yaratiladigan bo’lsa, lingvogeografiya va areal tadqiqotlar uchun manba yaratilgan bo’lardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |