Mavzu: “Areal lingvistika”ning tadqiqot olib borish usullari”
AREAL LINGVISTIKA
TAQDIMOTI
Mavzu: “Areal lingvistika”ning tadqiqot olib borish usullari”
Reja:
1. Sinxron va diaxron tavsiflash metodologiyalari
2. Areal atlaslar haqida
.
Sinxron tavsiflash
“Areal lingvistika” fani tomonidan amalga oshiriladigan areal tadqiqotlar natijalari lingvistik hamda dialektologik atlaslarda namoyon bo‘ladi. “Areal lingvistika”da amalga oshirilayotgan tekshirish obyekti haqidagi xulosalarda ikki xil tavsiflash usuli alohida ajralib turadi:
.
Diaxron
tavsiflash.
Sinxron tavsiflash muayyan xronologik voqelikda dialektlararo aloqalar va areal mutanosiblik asosida belgilanadi. A.T.Xrolenkoning ta’kidlashicha, sinxron aspektda tavsiflash dialektografiyada, ya’ni, hududiy dialektlarning zamonaviy-sinxron holatini kartalashtirish jarayonida yuzaga chiqadi.
“Areal lingvistika” fanining diaxron tavsiflash metodologiyasi tillar areallarining tarixiy ko‘rinishlarini o'rganish bilan shug‘ullanadi.
Diaxron tavsiflash esa, tillarning tarmoqlarga boiinishining qadimgi holatlarini, shu bilan birga dialektlararo birlashish yuz berish holatlari areallarini yuzaga chiqarishga yo‘naltiriladi.
Xususan, hududiy jihatdan
yaqin boigan tillar,
sheva va dialektlaming o'zaro munosabati, bir-biriga ta’sinning tarixiy voqeliklari asosida bahs yuritadi
Shu bilan birga tillar va shevalarning paydo boiishi, ularning tarqalishi va bunga sabab bo‘ladigan tarixiy, iqtisodiy, siyosiy, etnografik va madaniy omillar ham diaxron tavsiflash metodologiyasi asosida xulosalanadi.
Diaxron aspektda areal o'rganish nafaqat tillar va ulai oilalarining qarindoshligi masalasini organadi. balki muayyan til va shevaning yuzaga kelishida va shakllanishida qarindosh boimagan tillar bilan ro‘y bergan tarixiy aloqalarga ham munosabat bildiradi.
V.Desnitskaya o'zining “Areal lingvistikaning metodologiyasiga doir” deb nomlangan maqolasida: “tirik tillaming lingvistik kartalashtirilishi orqaligina ularning areallarini o‘rganishda maksimal aniqlikka erishish mumkin”, - deya ta’kidlaydi. Aynan shuning uchun ham, tillar va dialektlarni areal o‘rganish ishi lingvogeografik metodlar orqali o'zining yuksak darajadagi taraqqiyotiga erisha oladi.
Maxsus dastur-so‘roqlik asosida tayyorlangan, ma’lum til yoki shevalarga xos xarakterli xususiyatlarning tarqalish ehegarasini aks ettiruvchi areal kartalarning albom shaklidagi sistemali to‘plami - areal (yoki dialektologik) atlas deyiladi.
Areal yoki dialektologik atlas - piktografik yoki umumlashtiruvchi xarakterdagi kartalarni chog‘ishtirish sistemasi boiib, uning yig'indisi tilning territoriyaga tarqalish modelini yoki uning biror bo'lagini shakllantiradi.
Areal atlas asosida qilingan xulosalar undagi alohida kartalarning darajasidan va ularning o‘zaro uzviy bog'lanishidan kelib chiqadi.
Areal atlas o zida ma’lum tilning hamma aspekti bo‘yicha material mavjud bo‘lishi bilan shu tilning nazariy va amaliy fonetikasi, grammatikasi va leksikologiyasi taraqqiyotini chuqur o'rganish uchun imkoniyat yaratadi. Areal atlas kartalari 2 xil tamoyilga asoslanib tuzilishi mumkin:
Dialektologik tamoyil.
Areal lingvistik (umumareal) tamoyil. Karta tuzishdagi umumareal va dialektologik tamoyil hamma atlaslarda barobar saqlanadi, ularning o‘zaro munosabati dastlab material tanlashda ham, kartalashtirishni amalga oshirishda ham asosiy o‘rin tutadi. Shunga qaramay, areal va dialektologik atlaslar o'zinmg ko'pchilik belgilari bilan bir-biridan farqlanadi. Farqlar dastlab anketalashtirish darajasidan boshlanadi.
Areal atlas uchun material keng ko‘lamdagi savollar majmuasi asosida to‘plansa, dialektologik atlas materiali uchun ma’lum dialektal xususiyatlarni modellashtimvchi dastur asos boiadi. Bunday dasturning har bir punkti alohida mavzu uchun mustaqil so'roqlikni tashkil etadi. Masalan: Areal kartaning har bir so‘z uchun savolga javob tariqasida tuzilishi uning dialektal ayirmaliklar tarqalishini aniqlaydigan dialektologik kartadan farqini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |