Fanning maqsadi: Fanning kelib chiqish tarixi va nazariy mashgʻulotlari mazmuni.Areal lingvistika haqida umumiy malumot.Areal lingvistikaning shakllanishi va uning oʻrganilish tarixi. Fanning asosiy muammolari hamda hozirgi holati. Uning oʻzbek tilshunosligida tutgan oʻrni. “Areal lingvistika” fanining oʻrganish obekti, maqsadi va vazifalari. Fanni oʻqitishning vazifalari: Areal tilshunoslikning oʻrganilish tarixi va asosiy tushunchalari toʻgʻrisida maʻlumot berish
Lingvistik geografiya (lingvo-geografiya) tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, u ma’lum territoriyada tarqalgan til hodisalari (tovushlar, grammatik formalar, so‘zlar) ni aniqlaydi, ularni o‘sha joy (makon) ga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatadi, territorial til xususiyatlarini xalq tarixi, til tarixi bilan aloqador holda qiyoslab, tushuntirib, kartalar orqali ifodalaydi. Lingvistik geografiya ham territorial dialektlarni o‘rganadi. Uning eng muhim hususiyatlaridan biri ko‘rgazmaliligi bo‘lib, unda ma’lum til hodisalarining o‘rni va tarqalish chegarasi kartalar yoki atlas vositasida aniq belgilab beriladi. Karta ham, atlas ham lingvistik geografiyaning ifoda vositasi bo‘lib, uning asosiy maqsadi tilning taraqqiyot qonuniyatlari va yo‘llarini, aniq dialektlarning paydo bo‘lishi va hozir mavjudligining sabablarini, shuningdek, dialekt hususiyatlarining milliy tilga bo‘lgan munosabati va o‘zaro aloqasi masalalarini tushuntirib berishdir. Nihoyat lingvistik geografiya bir qator umumlingvistik problemalarni, ya’ni tilda lahja, dialekt, shevalar mavjud bo‘lsa, ularning hususiyatlari va bu hususiyatlar nimalari bilan chegaralanishi, dialektlarning umummilliy tilga bo‘lgan munosabati va shu kabi masalalarni hal qilmog‘i kerak. Lingvistik geografiya XIX asrning o‘rtalarida, dialektologik kuzatishlar rivojlangan, dialektologlar dialektlar va ularning xususiyatlari to‘g‘risida yetarli faktik materiallar to‘plagan joylarda paydo bo‘ladi.Lingvistik geografiya yuzasidan olib borilgan birinchi tajribalar – tilni bu yangi metod orqali o‘rganish qanchalik natijali ekanini ko‘rsatadi. Lingvistik geografiya tilshunos olimlarga yangi faktlar berdi, o‘z davrida turg‘un bo‘lib qolgan (masalalar, dialektning mohiyati, shevalar orasidagi o‘zaro munosabatlarning xarakteri haqidagi) tushunchalarini yangicha baholashga, yangicha hal qilishga da’vat etdi.
Tilshunoslikdagi yangi yo‘nalish (lingvistik geografiya) ning rivojida, dialektologik fikrning keyingi taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatgan. Yevropa lingvo-geograflarning belgili xizmatlari bor.
Lingvistik geografiyaning asoschilari: Fransiyada Jon Jileron, Germaniyada Georg Venker, F.Vrede. P.Meyerlar, Rusiyada esa I.I.Sreznevskiy kabilardir.Bu olimlarning asarlari tufayli lingvistik geografiyaning fan sifatida asosiy o‘rni, predmeti va vazifasi belgilandi, shu bilan birga u yoki bu til hodisasining teritorial tarqalishini ko‘rsatuvchi lingvistik kartaga tushirilgan belgi – “izoglassa” (izofonema – fonetik belgi, izomorfema – morfologik belgi, izoglassa – leksik belgi) tushunchasi kiritildi.
Rossiyada lingvistik geografiyaning paydo bo‘lishi va rivoji I.I.Sreznevskiyning nomi bilan bog‘liq. I.I.Sreznevskiy o‘tgan asrning 50-yillaridayoq bu sohadagi o‘rganish va rivojlantirish masalasini qo‘ydi va bu yangi sohaning o‘rni va vazifalarini belgilovchi asarlar yaratdi.Rus lingvistik geografiyasining keyingi (XIX asrning oxiri – XX boshi) taraqqiyoti akademik A.I.Sobolevskiy va akademik A.A.Shaxmatov nomi bilan bog‘liq. Shaxmatov o‘z tekshiruvlari bilan lingvistik geografiyaga xissa qo‘shib qolmay balki rus dialektologlarining bu sohadagi ilmiy – tadqiqot ishlarini tashkil etishida ham bosh bo‘ldi. 1935 yil Fanlar Akademiyasida “Rus tili atlasi” ni tuzishga kirishdi.Lingvistik geografiya metodi bilan shevalarni o‘rganish Ukraina va Belorusiyada ham yaxshi rivojlangan bo‘lib, bu respublikalarda shevalar atlasini tuzish tugallandi va nashr etildi.O‘zbekistonda esa lingvo – geografik metod bilan shevalarni o‘rganish 1940 yillarda boshlandi va bu sohada ish lingvistik geografiya bilan ham uzviy aloqadadir. Chunki davrlar o‘tishi bilan ma’lum bir tilda so‘zlashuvchi etnik guruhlar turli joylarga tarqalib, o‘troqlashadilar. Demak, tillarning ham tarqalish o‘rinlari mavjud. Ularning tarqalish joylarini kartalashtirish imkoni bor. Shunday ekan, tilshunoslik bilan geografiya o‘rtasida qandaydir munosabat bo‘lishi tabiiy. Bunday munosabat, ayniqsa, muayyan lingvistik hodisalarning tarqalish zonalarini belgilashda lingvistik va dialektik atlaslar tuzishda yorqin namoyon bo‘ladi.
Tilshunoslik bilan geografiyaning ana shunday munosabatiga e’tib e’tibor qaratilishi natijasida lingvistik geografiya yoki lingvogeografiya va areal lingvistika maydoniga keldi. Lingvistik geografiya lingvistik hodisalarning tarqalish zonalarini o‘rganuvchi tilshunoslikning alohida bo‘limi sifatida XIX asrning oxirlarida dialektologiyadan o‘sib chiqdi.
Turli tillarda dialektlar farqlanishlar haqidagi materialshunoslarning yig‘ilishi natijasida bu farqlanishlarning muayyan til hududida mos kelishi yoki mos kelmaslik chegaralarini aniqlash muammosini keltirib chiqaradi.
Demak, lingvistik geografiya dialektologiya materiallariga tayanadi.Lingvogeografiya bilan dialektologiya makon va zamon faktorlariga turlicha munosabatda bo‘lsada; makon faktori lingvogeografiyada ham, dialektologiyada ham bir xil ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, territorial faktori lingvogeografiyaning asosini tashkil etadi.Chunki, lingvogeografiya keng territoriyaga ega bo‘lishi va bir vaqtda ko‘plab faktlarni qamrab olishi umumlashtirish xajmining beqiyosligi bilan tasvirriy va tahliliy xususiyatga ega bo‘lgan dialektologiyadan ajralib turadi.
Dialektal atlaslar tuzilishi dialektologiyadan lingvistik geografiyaga o‘tish davri hisoblanadi. Demak, dingvistik atlas turli dialektologiya materiallariga asoslanadi. Buni tilning barcha satxlari bo‘yicha kuzatish mumkin. Masalan, “J” va “Y” lanish xususiyatlariga ko‘ra shevalarning farqlanishi va ularning tarqalish geografiyasini kartada belgilash; hurmat ma’nosini ifodalashda – larning ko‘planish doirasini aniqlash va uni kartaga tushirish; I shaxs ko‘plik qo‘shimchasi so‘zning tarqalish o‘rinlarini aniqlash va ularni kartada ko‘rsatish; do‘ppi, takya, kallapo‘sh, leksemalarining qo‘llanilishi hududlarini aniqlash va ularni kartada belgilash va boshqa.Ma’lum bir tilning muayoyan hududida tarqalgan izlglassalar yig‘indisi yoki “til landshafti” lingvogeografiyani o‘rganish obekti sanaladi.Lingvistik geografiyaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tildagi dialektal farqlanishlarni kartalashtirish va dialektologik atlaslar yaratish bilan bog‘liqdir. Bunday atlaslar xilma-xil bo‘lishi mumkin; ayrim hududni aks ettiruvchi atlaslar turli sistemaga mansub bo‘lgan tillarning tarqalishini aks ettiruvchi atlaslar va boshqa.Lingvistik geografiya XIX asrning 70-80 yillarida dunyoga keldi. Ayrim til hodisalarining hududiy bir-biriga mos kelmaslik holatlarining kuzatishi lingvistik geografiyaning maydonga kelishiga asos bo‘ldi.Bu bilan bog‘liq dialektal chegaralarning mavjud emasligi haqidagi tasavvur vujudga keldi.Ana shuning natijasida P.Meyer, Paris kabi olimlar, umuman dialektlar mavjud emas, degan xulosa chiqardilar. Bu xulosa esa mutaxasislarda e’tiroz tug‘dirdi.Sho‘rolar davrida ham lingvistik geografiyaga ma’lum darajada e’tibor qaratildi. R.I.Avanesov, V.M.Jirmunskiy, B.A.Larin, F.P.Filin, M.A.Borodina, N.Z.Gadjieva singari olimlar lingvistik geografiyaning shakllanishi va rivojlanishida katta xizmat qildilar. 60-yillardan boshlab turkiyshunoslar ham lingvistik geografiyaga, lingvistik atlas tuzish muammolariga diqqatini jalb etdilar. Bu muammoga bag‘ishlangan V.M.Jirmunskiy, M.M.Shiraliev, N.B,Burganov va L.Z.Zolyay, G.B.Bakirova, N.A.Baskakov, L.A.Pokrovskaya, E.V.Severtyan, V.Remetov, Sh.Shoabdurahmonov, A.Shermatov singari olimlarning qator asarlari maydonga keldi. Lekin, afsuski, o‘zbek tilshunosligida bu muammo hanuzgacha poyoniga yetgani yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |