Bilib oling.Shaxsi noma'Ium gaplarda kesim fe'l bilan ifodalanadi va ish-harakatni bajarishga imkoniyat, zaruriyat, shart, tilak, istak kabi ma'nolarni ifodalab keladi. Bunday gaplar kesimining eng muhim belgisi - uning tarkibida egalik qo'shimchasining yo'qligidir. Bu gaplar shaxssiz emas, harakatni mantiqan kimdir bajaradi, lekin uni gapda ifodalab bo'lmaydi.
Shaxsi noma’lum gapga misollar:
1. Ko'ngilda armon qolmasin deb, chilyosin ham qildirishga to'g'ri keldi. (A.Q.)
2. Bu yerda o'rtoq Ergashevning hushyorligiga tan berish kerak. (A. Q.)
Atov gaplar
1. Bahor.Kunlar iliqlashgan. Bodom qiyg'os gullagan. Yerdan binafsha-yu maysalar bosh ko'tarmoqda. 2. Maktab. Yoshligimning oltin davri shu dargohda o'tdi. 3. Sentabrning boshlari.Talabalikning ilk kunlari. Men, qishloqi yigit uchun Samarqandning gavjum ko'chalari bayram kunlaridagi sayilni eslatadi. 4. Hamon yodimdadir: gul chog'i erdi. (Uyg'un, I.Sulton)
5. Amu - Buxoro kanali. Qaqragan ming-ming gektar yerlarga hayot suvi olib kelgan qudratli inshoot.
Bilib oling.Atov gaplar so'zlovchi ko'z o'ngida biror voqea-hodisani, narsa-buyum yoki davrni jonli gavdalantirishga, uning xotirasida yoki xayolida ular bilan aloqador bo'lgan voqea-hodisalarni tiklashga xizmat qiluvchi muhim tasviriy vositadir. Atov gaplar, asosan, aniqlik maylining hozirgi-kelasi, ba'zan esa o'tgan zamon shakllaridagina keladi. Atov gaplar bitta so'zdan iborat bo'lishi ham, aniqlovchilar bilan kengayib kelishi ham mumkin.
Masalan:
1.Yam-yashil o'tov. Hulkar bu yerga kelsa qanday quvonadi. (P.Q.) 2.Qip-qizil saraton quyoshi. Muloyim jilmayib saxovat bilan nur socha boshladi. (O'.H.) 3.Urush... Oynusa ayvon ustuniga suyanganicha qotib qoldi. (H.G'.) 4. Qo'shiq. San'atning bu turini sevmagan kim bor? 5.Uchrashuv. Mehmonlar hamma bilan quchoqlashib ko'rishdilar. (O.Hakimov) 6.Mehnat. Mehnatning tagi rohat. 7.Hunar. Hunardan rizqing unar. (Maqol)
So'z-gaplar
- Sog'lig'ingiz yaxshimi?
- Rahmat. Tuzukman.
- Ertalab uchrashamiz-da...
- Albatta. Bekatda. Soat 8 da.
- Qabulga birga kiramizmi?
- Yo'q. Avval Siz kiring.
- Bo'pti. Ma'qul.
- Oh-o! Savollaringiz tugamaydi-ku. Mayli, marhamat.
Bilib oling.Bir so'zdan iborat bo'lib, tarkibga ajralmaydigan, boshqa so'zlar bilan kengaya olish imkoniyatiga deyarli ega bo'lmagan gaplar so'z-gaplar deyiladi. Ular tasdiq, inkor, so'roq, taajjub, his-hayajon kabilarni ifoda etib, matn bilan bog'liq bo'ladi. So'z-gaplar, asosan, modal va his-hayajon munosabatlarni ifoda etgani uchun ham ko'proq dialogik va ba'zan monologik nutqqa xosdir. Masalan:
- Endi so'zingizdan aynamang, xo'pmi?
- Mayli, - dedi Fazliddin. (O.)
- Yo'q, - dedi Otabek, lekin uning taajjubi uy egasiga ochiq ko'rinib turar edi. (A. Qod.)
Yo'lchi eshikchani ochib kirdi:
- Assalomu alaykum, hormang, ota! (O.)
Bilib oling. Kishilar o'rtasidagi oddiy muomalada tez-tez ishlatilib turadigan bir so'z yoki ibora (birlik)lar so'z-gaplar vazifasida qo'llanadigan bo'lib qolgan: assalomu alaykum, yoqimli ishtaha, marhamat, salomat bo'ling, qulluq, osh bo'lsin, yaxshi boring, xush ko'rdik, labbay, jonim bilan, bajonidilkabi.
So’z-gapga doir misollar:
1. - Mashinachingiz menga yoqmadi, kaketkani o'xshatolmas ekan. Boshqasini topamiz. - Xo'p. (H.G'.)
2. - Teshavoy, soy bo'yida kutib turmoqchimisiz? - Ha. (H.G'.) 3. - Yuqoridan biron nima olib kelishlarini aytdim. - Rahmat. Odamlarni chaqirtirdingizmi? 4. Marasul: ...Men sizni doktor qilaman, akademik qilaman! Nasiba (kulimsirab): Rostmi? (A.Q.)
Do'stlaringiz bilan baham: |