1. Shaftolizor bog'larni ko'rdim. (H.O.) 2. Oyni etak bilan yopib bo'lmaydi. (Maqol) 3. Bugungi ishni ertaga qo'yma. (Maqol) 4. Nima eksang, shuni o'rasan. (Maqol)
5. Topshiriqni o'z vaqtida bajarish kerak. 6. Derazadan ko'chaga tikilaman. (O'.H.)
7. Aytar so'zni ayt, aytmas so'zdan qayt. (Maqol) 8. Jo'jani kuzda sanaydilar. (Maqol)
Egasi yashiringan gaplar
Bilib oling. Egasi yashiringan gaplar ikki turlidir:
1. Egasi (shaxsi) ma'lum gaplar.
2. Egasi (shaxsi) umumlashgan gaplar.
Egasi ma'lum gaplarda gapning egasi matndan, nutq sharoitidan, kesimning shaxs-son shakllaridan ma'lum bo'lib turadi. Bunday gaplarning kesimi, odatda, I va II shaxs shaklida bo'ladi. Sermanzara bog'ni tomosha qilib yurgan edim. O'ylab qarasam, haq ekansiz.
Egasi umumlashgan gaplarda gapning umumiy mazmuni barcha shaxslarga aloqador bo'ladi. Bunday gaplarning kesimi II va III shaxs shakllarida keladi: Hurmat qilsang, hurmat ko'rasan. Boshingga qilich kelsa ham to’g’ri gapir. (Maqol) Maqol va matallar, hikmatli so'zlar, odat tusiga kirgan rasm-rusumlarni bayon etuvchi gaplarda ega, asosan, umumlashgan bo'ladi.Bilmagan ishga urinma, urinib tuzoqqa ilinma. (Maqol) Boshing osmonga yetgan bo'lsa ham, kallangni xam qil. (Maqol)
Do'stlaringiz bilan baham: |