1. Yorug`likning tabiati. Yorug`lik to`lqinlarining monoxromatikligi va kogerentligi. Fotometrik kattaliklar



Download 0,66 Mb.
bet1/8
Sana29.12.2021
Hajmi0,66 Mb.
#84056
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi


Reja:

1. Yorug`likning tabiati. Yorug`lik to`lqinlarining monoxromatikligi va kogerentligi.

2. Fotometrik kattaliklar.

3. Yorug`lik interferensiyasi.

4. Ikki nurdan kuzatiladigan interferensiya manzara.

5. Yupqa pardalardagi yorug`lik interferensiyasi.

Ko`p nurli interferensiya.

6. Yorug`lik interferensiyasini qo`llanilishi. Interferometrlar

Тayanch so`z va iboralar: Yorug`lik manbalari, elektromagnit to`lqin nazariya, kvant, yorug`lik to`lqinlarining monoxramatikligi va kogerentligi, monoxramatik, kogerent, intensivlik, interferensiya, optik yo`l uzunligi, optik yo`l farqi, maksimum sharti, minimum sharti, yupqa parda, ko`p nurlar, sindirish ko`rsatkichi, sirtlar, interferensiya asboblar, spektral chiziqlar


Yorug`likning tabiati. Optika grekcha "opticos" - ko`raman, degan so`zdan olingan bo`lib, fizikaning bu bo`limida yorug`likning tabiati, yorug`lik hodisalaridagi qonuniyatlar va yorug`lik bilan moddalarning o`zaro ta’siriga doir jarayonlar o`rganiladi.

Yorug`lik manbalari deb atom va malekulalari ko`rinadigan nurlanish hosil qiladigan barcha jismlarga aytiladi. Yorug`likni quyidagi manbalari mavjud:

Тabiiy yorug`lik manbalari: quyosh, yulduzlar, nurlanuvchi tirik organizmlar (masalan baliqlar, hashoratlar, ayrim mikroblar) va xakozo.

Sun’iy yorug`lik manbalari: qizdirilganda nur chiaruvchi jismlar, gaz razryadi, lyuminessensiyalanuvchi qattiq va suyuq jismlar.

Jismga tushayotgan yorug`lik nuri unda turli xil o`zgarishlarni vujudga keltiradi. Masalan: jismni isishi, bo`yalgan jismlar ranglarini o`zgarishi, kimyoviy reaksiyalarni vujudga kelishi va xakazo. Bularni hammasi yorug`likni energiya tashishini ko`rsatadi. Fazoda energiyani yo harakatlanayotgan jismlar, yo muxitda tarqalayotgan to`lqinlar ko`chirishi mumkin bo`lgani tufayli yorug`lik nurlanishi yo mayda zarralar oqimi, yo biror muxitdagi to`lqin jarayonidan iborat bo`lishi mumkin.

XVII asr oxirida, deyarli bir vaqtda, yorug`likning ikkita, go`yo bir-birini inkor etuvchi nazariyalari vujudga keldi. Nyutonni oqish nazariyasiga ko`ra, yorug`lik nurlanuvchi jismdan to`g`ri chiziqli trayektoriyalar bo`yicha tarqaluvchi yorug`lik zarralari (korpuskulalar) oqimidan iborat.

Nyutonning zamondoshi Gyuygens yorug`likning to`lqin nazariyasini o`rtaga tashladi. Bu nazariyaga asosan yorug`lik olam efirida (ya’ni elastik muxitda) tarqaluvchi elastik to`lqin deb qaraladi. 1864 yilda J.Maksvell tomonidan yaratilgan yorug`likning elektromagnit nazariyasiga ko`ra yorug`lik nuri to`lqin uzunligi 4*10-7m dan 7,6*10-7m gacha bo`lgan elektromagnit to`lqinlardan iborat. Elektromagnit to`lqinlar nazariyasi yorug`lik interferensiyasi, yorug`lik difraksiyasi, yorug`likni qutblanishi, yorug`lik dispersiyasi kabi hodisalarni tushuntirib berdi.

XIX asr oxiri va ХХ asr boshida kashf qilingan eksperimental faktlar (fotoeffekt, Kompton effekti, nur chiqarish va yutish) elektromagnit nazariya asosida juda qiyin tushuntirildi. Bu hodisalarni tushuntirish uchun yorug`lik nurlanishi alohida porsiyalardan iborat deb qarash zarur bo`ladi. Demak yorug`likning tabiati ikki yoqlama bo`lib, unda ham to`lqin xossalari, ham zarralarga xos hususiyatlar mujassamlangan ekan. ХХ asr boshlarida M.Plank, A.Eynshteyn, N.Bor, de-Broyl kabi fiziklarning mexanati bilan yaratilgan yorug`likning kvant nazariyasi yorug`likning tabiati ikki yoqlama xarakterda ekanligini tushuntirib berdi.

Keyinchalik ma’lum bo`ldiki, ikki yoqlama korpuskulyar-to`lqin hususiyat tabiatda faqat yorug`likgagina ya’ni elektromagnit to`lqinga emas balki praton, neytron va boshqa elementar zarralarga ham xos ekan.




FOTOMETRIK KATTALIKLAR. OPTIKANING YORUG`LIK MANBALARINING HARAKTERISTKASILARI YORUG`LIK NURLANISHIBILAN ENERGIYANING KO`CHISHI VA SIRTLARNING YORITILGANLIGINI O`RGANADIGAN QISMI FOTOMETRIYA DEYILADI

HAR QANDAY YORUG`LIK NURLANISHI YORUG`LIK ENERGIYASI BILAN HARAKTERLANADI. YORUG`LIK ENERGIYASI YORUG`LIK OQIMI, RAVSHANLIK, YORINLIK YORUG`LIK KUCHI VA YORITILGANLIK DEB ATALUVCHI FIZIK KATTALIKLAR BILAN HARAKTERLANADI.




Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish