Yorug`lik interferensiyasining qo`llanilishi. Interferometrlar. Yorug`lik interferensiyasi hodisasi gazsimon moddalarning sindirish ko`rsatgichini aniqlashda, uzunlik va burchaklarni nixoyatda aniq o`lchashda, sirtlarga ishlov berishning sifatini tekshirishda va xakozo juda ko`p joylarda qo`llanadi.
Yupqa pardalardan qaytishdagi interferensiya asosida optikaviy tizimlarni ravshanlashtirish amalga oshiriladi. Yorug`lik linzaning har bir sindiruvchi sirtidan o`tganda tushuvchi yorug`likning taxminan 4% qaytadi. Murakkab ob’ektlarda bunday qaytishlar ko`p bo`ladi. Ravshanlashtirilgan optikaviy tizimlarda yorug`likning qaytishini yo`qotish uchun linzaning har bir erkin sirtiga sindirish ko`rsatkichi linzanikidan boshqacha bo`lgan moddadan yupqa parda qoplanadi. Agar pardaning sindirish ko`rsatkichi linza sindirish ko`rsatkichining kvadrat ildiziga teng bo`lsa, ayniqsa yaxshi natijaga erishiladi.
Interferometrlar deb ataladigan interferension asboblarning bir necha turi bor. Masalan, muxitlarning sindirish ko`rsatgichlarining o`lchash uchun Jermer interferometri, yulduzlarning burchakli o`lchamlarini o`lchash uchun yulduzlar interferometrlarni, detallarning sirtlariga mexanik ishlov berish sifatini tekshirish uchun A.A. Lebedevning polyarizatsion interferometri va V.A. Linnik interferometridan foydalanish mumkin. Maykelson interferometri masofalarni yuqori aniqlik bilan o`lchashga yordam beradi. Uzunlik birligi metr juda katta aniqlikda qadmiy, simob va kripton atomlari chiqarayotgan to`lqin uzunligi hisobida aniqlangan edi.
Хalqaro birliklar tizimi (SI) belgilaydiki, metr kripton - 86 atomining 2P10 va 5d5 energetik sathlar orasida o`tishiga mos nurlanishining vakuumdagi to`lqin uzunliklaridan 1650, 763, 73 tasiga teng uzunlikdir.
Hozirgi vaqtda ko`pchilik spektral chiziqlarning to`lqin uzunliklari yuqori darajadagi aniqlik bilan ma’lum. Shuning uchun berilgan uzunlikda joylashadigan to`lqin uzunliklarini bevosita sanab chiqish zaruriyati yo`qolgan.
YORUG`LIK DIFRAKSIYASI
Yorug`lik difraksiyasi. Gyuygens prinsipi. Yorug`lik to`lqinlarining to`siqlarni aylanib o`tib geometrik soya sohasiga burilish hodisasi yorug`lik difraksiyasi deyiladi. Тo`lqin uzunligi to`siq o`lchami bilan o`lchovdosh kattaliklar bo`lganda, ya’ni da kuchli difraksiya kuzatiladi.Тo`lqinlar difraksiyasi hodisasi Gyuygens prinsip yordamida tushuntirilishi mumkin. Gyuygens prinsipiga binoan to`lqin harakat yetib borgan har bir nuqta ikkilamchi to`lqinlar uchun markaz bo`lib xizmat qiladi, bu to`lqinlarning o`rab olgan egri chiziq keyingi momentdagi to`lqin frontining vaziyatini beradi. Frenel Gyuygens prinsipini ikkilamchi to`lqinlar interferensiyasi(wt+a0)- to`lqin sirt S poylashgan yerdagi tebranish fazasi, K = 2 /t to`lqin soni. r-sirtning ds joylashgan yerdagi yorug`lik tebranishining amplitudasi. K- proporsionallik koeffitsiyenti.
Difraksiya hodisasi ikki xil bo`ladi. Agar yorug`lik manbai va kuzatish nuqtasi R nuqtaga boruvchi nurlar deyarli parallel dastani hosil qilsa, Fraungofer difraksiyasi yoki parallel nurlardagi difraksiya kuzatiladi. Aks holda Frenel difraksiyasi kuzatiladi.
Frenel zonalari usuli. Bir jinsli muxitda nuqtaviy S manbadan tarqaluvchi sferik to`lqin R nuqtada uyg`otadigan yorug`lik tebranishining amplitudasini topish uchun Gyuygens-Frenel prinsipini tatbiq qilamiz. Bunday sferik to`lqinning to`lqin sirti SR to`g`ri chiziqqa nisbatan simmetrik bo`ladi. Frenel to`lqin sirtni shunday xalqasimon zonalarga ajratganki, har bir zonaning chetidan P nuqtagacha bo`lgan masofalar bir-biridan /2 ga farq qiladi. m-nchi zonaning tashi chetidan P nutagacha bo`lgan dm masofa quyidagicha ifodalanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |