KANTILENA (lot. cantilena – ashula) – 1) Kuyning va umuman musiqaning yoqimli, ravon ijrosi; izchil legato usulida tuzilgan tovushlar yo‗nalishi. Unli tovushlarni tekkis yo‗naltirish, aniq talaffuz etish evaziga erishiladi. 2) Ovoz yoki cholg‗ularning serohang kuyi.
KOLORATURA (lot. coloro – bezayman) – tez ijro etiluvchi virtuoz passajlar va musiqa bezaklari. Qadimiy xor musiqasida va XVIII a. italyan operasida ko‗p qыllanilgan. K. shuningdek, ovozning harakatga layoqatliligini bildiradi (koloraturali soprano atamasi ham shundan kelib chiqqan). Har qanday xor ovozning (shuningdek basning ham) virtuoz darajadagi harakatchanligi xor tarkibi uchun maqsadga muvofiqdir, zero u yengil va aniq sadolanishni shakllantirishga yordam beradi.
KUYLASh TONUSI (lot. tonus – kuchlanish) – xonanda kuylash apparatining faol holati, uning ijroga tayyorligi. K.t.ni shakllantirish yo‗llari – o‗zlashtirilayotgan asarga qiziqish, kuylash xohishini hosil qilish, mashg‗ulot jarayonini yaxshi kayfiyatga yo‗naltirish va b.
MEDIUM (lot. medius – o‗rta) – vokal pedagogikasi termini; ayollar ovozi diapazonining o‗rta qismini ifodalaydi. Ayollar ovozi M.- mikst xususiyatga ega: sopranoda birinchi oktavadagi ―fa‖-dan ikkinchi oktavadagi ―fa‖-gacha, metstso- sopranoda tertsiyaga pastroq.
MESSO-SOPRANO (ital. mezzo – o‗rta) – soprano va kontralto oralig‗idagi ayollar ovozi. Diapazoni kichik oktava ―lya‖ dan ikkinchi oktavadagi ―lya‖- gacha. An‘anaviy xorda odatda birinchi alt partiyasini hosil qiladi, uch ovozli ayollar xorida esa ikkinchi yoki uchinchi ovoz tarzida kiritiladi.
MIKST (lot. mixtus – aralashgan) – ovoz registri, ko‗krak va bosh (faltset) registrlar oralig‗ida o‗tgan aralash turi. Ko‗krak registri tovushlaridan mayin, yengil, va faltsetga nisbatan o‗ta jarangdorligi bilan ajralib turadi. Erkaklar ovozida sadolanish ko‗proq ko‗krakka xos bo‗lsa, ayollarda bosh registr yetakchi o‗rin tutadi. M. xorning erkak ovozlarida ayniqsa muhim bo‗lib xususan tenorlarda birinchi oktava tovushlari M. bilan boyitiladi.
MIMIKA – inson his-tuyg‗ularini aks ettiruvchi yuz muskullarining ifodali harakatlari. Ijroni yanada ta‘sirli qilish uchun M. dirijyorga katta yordam beradi, zero qo‗l harakatlari b-n asar mazmunini to‗la ko‗rsatish imkoni yetarli emas. Dirijyor nazari, ko‗z, yuz M.-lari ijro etiladigan musiqaga mos kelishi kerak.
MUTASIYA (lot. mutatio – o‗zgarish) – balog‗atga yetish davrida bolalar ovozining - kattalar ovoziga o‗tishi. M.ning yosh chegaralari 10(12)-16(17) yosh. O‗g‗il bolalarda bo‗g‗iz va ovoz paylarining o‗sishi tufayli M. keskin ro‗y beradi.
M. davomiyligi turlicha bo‗lib, bir necha haftadan - to bir necha yil davomida sodir bo‗ladi. Qizlarda M. kam seziladi (odatda o‗g‗il bolalarnikiga o‗xshab intonatsiyaning aniqligida namoyon bo‗ladi), ularning ovozi kamroq o‗zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |