AMOROSO, SONAMORE - muloyim, mexr-muxabbat bilan
A MEZZAVOSE - yarim ovozda
A PLEIN SON - to‗liq tovush bilan (bor ovozda)
ARTISOLANDO - aniq talaffuz qilib
ARALASH XOR – turli jinsli (erkaklar va ayollar yoki bolalar) ovozlarining qo‗shilishidan tarkib topgan xor jamoasi - odatda soprano, alt, tenor va baslardan iborat.
ARTIKULYASIYA (lot. articulo – parchalayman, bo‗laman) – 1) Ovoz yoki musiqa cholg‗u asboblarida tovushlarni bir-biriga uzviy bog‗lab (ulab) yoinki bog‗lamasdan ijro etish usuli, mas. legato – tovushlarning uzviy bog‗lanishi, staccato -tovushlarni uzuq–uzuq tarzda ifodalab berish, non legato – tovushlarni kam bog‗lanishi kabi A.turlari mavjud. Ovoz ijrochiligida legatoning asosiy qoidasi – nafasni uzmasdan, unli tovushlarni bo‗g‗in oxiridagi undoshlar b-n keyingi bo‗g‗in boshiga ko‗chirish, shuningdek sonor (jarangdorli) undoshlarni aniq kuylash. Staccatoda tovushlar pauzalar b–n bo‗linganday bo‗lib, uni intonatsion jihatdan kuylash murakkab, zero bunda tovush balandligini aniq eshita olish lozim va mazkur jarayonda bo‗g‗izni keskin o‗zgartirishga yo‗l qo‗yilmaydi. Non legatoda - tovushlar staccatoga o‗xshab, uzaro bog‗lanmasdan
ijro etiladi, lekin keskin uzmasdan. A. – musiqa ijrochiligining eng muhim vositalaridan bo‗lib, u nota yozuvi xususan partitura, xor partiyalari va umumiy ijro jarayonida taaluqli ifodalanishi kerak. 2) Tovushlar tallafuzida zarur bo‗lgan, nutq organlari faoliyati.
ARTIKULYASIYA APPARATI – musiqa tovushlarini badiiyan shakllantiruvchi nutq organlar tizimi. Unga (boshqarish mumkin bo‗lgan) aktiv organlar – ovoz paylari, til, lablar, yumshoq tanglay, xalqum, quyi jag‗ hamda passiv organlar – tishlar, qattiq tanglay, yuqori jag‗ qismlari kiradi.
ATAKA (ital.attaccare – hujum qilmoq, bog‗lanmoq, qo‗shilmoq) –
1) Vokal metodikasida ovozning nafas olish holatidan - tovush hosil bo‗lishini bildiruvchi atama. U sof unlilar tovush hosil qilishiga nisbatan qo‗llaniladi. Tovush A.ning uchta - qattiq, nafas olishdan keyingi va yumshoq turlari bo‗ladi. AUFTAKT (nem. auf – ustida, lot.tactus – tegish) – qo‗l bilan ishora qilmoq, birlamchi ogohlantiruvchi qo‗l ko‗tarish harakati kabilardan iborat dirijyorlikning o‗ziga xos imo–ishorasi. Sur‘at, ritm, dinamika, shtrix, asarni boshlash yoinki tugallash, fermatolar boshlanishi oldindan ogohlantirish, kuylashda tovush atakasi oldidan nafas olishni ko‗rsatish.
BARITON (yunon. barytonos – past ovoz) – 1) Tenor bilann bas oralig‗idagi erkak xonandalar ovozi, diapazoni – katta oktavadagi ―lya‖dan birinchi oktavadagi ―lya‖ga qadar. Odatda B.lar lirik (ovoz yengilligi b–n tenorga yaqin) va dramatik (kengligi va kuchi basga yaqin) turlariga ajratilib, xor tarkibida birinchi baslar partiyasiga qo‗shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |