AKKOMPANEMENT (frants. accompagnement – jo‗rlik) – musiqiy asarga jo‗r bo‗lish. Birorta musiqa asbobi (royal, organ, ba‘zi hollarda violonchel, skripka va b.) yoki orkestr jo‗rligida xor bo‗lib kuylash. Ijro etilishi shart bo‗lmagan A. ad libitum deb ataluvchi erkin turi ham uchraydi. Xor
partiturasida odatda jo‗r ovozlar mavjud; xor jo‗rligidagi solist (yoki solistlar) uchun yozilgan pesalar bor. AKKORD (ital. accordo – muvofiqlashtiraman) – balandligi turlicha uch va undan ortiq tovushlarning qo‗shilib, yaxlit holda yangrashi. Xorda A. tuzganda va ijro etganda har bir tonni tessitura holatini hisobga olish lozim, zarurat tug‗ilganda sun‘iy ansambl (P.Chesnokov atamasi bo‗yicha) qo‗llaniladi
AKSENT (lot. accentus – urg‗u) – sadolanishni kuchaytirish hisobiga tovush yoki akkordni alohida ta‘kidlash. Odatda (nota yozuvida) >, ^, sf kabi belgilar b– n ko‗rsatiladi. A.ga shuningdek ritmik (sinkopa), agogik, tembral ta‘kidlash orkali ham erishiladi. Vokal, xor musikalarida, matndagi eng muhim so‗z va bo‗g‗inlarni ta‘kidlash ham A.deb ataladi.
ALEATORIKA (lot. alea - tasodif) – musiqa yaratish va ijro etish uslub. Uning asosida tasodifiy paydo bo‗ladigan tovushlarni (mas. nota varaqlari almashtirilganda, notalarni ishlatish uchun o‗yin soqqachalar tashlaganda va b.) ijodiy foydalanish yotadi. A. asarlarida kompozitorlar ba‘zan ijrochilarning mahorat imkoniyatlariga ham unumli tayanishadi. Bu oqim – XXa.ning ikkinchi yarmida Yevropa kompozitor-avangardistlar ijodida yuzaga kelgan: 50-y.larining ikkinchi yarmida - P.Bulez (Frantsiya), K.Shtokxauzen (Germaniya), 60-y.lar boshida V.Lyutoslavskiy (Polsha).
ALLA BREVE (ital.,alla breve– qisqa ohangda, qisqargan) – 4/4,4/2 o‗lchovda yozilgan taktdagi hissalarni ―ikki‖ga (murakkab takt oddiy ikki bo‗lakli), sakkiz hissali esa ―to‗rt‖ (katta A.b.)ga bo‗linadigan musiqa ijrosi (hissalarni sanash, dirijyorlik) sanalishini ko‗rsatkichi (notada – ¢ belgi b-n yoziladi). A.b.ning o‗lchami olti hissali musiqani ―ikki‖ga bo‗lib boshqarishga nisbatan ham qo‗llanilishi kuzatiladi.
ALT (lot. altus – baland) – O‗rta asrlar musiqasida tenordan yuqori diapazonga ega asosiy yetakchi ovoz. 1) Xor yoki ansambldagi partiya, past bolalar ovozi yoki o‗rta va past ayollar ovozidan iborat (metstso–soprano – birinchi A., kontralto – ikkinchi A.lar). Diapazoni kichik oktavadagi ―fa‖dan - ikkinchi oktavadagi ―fa‖gacha, amaliyotda ko‗proq kichik oktavadagi ―lya‖ – ikkinchi oktavadagi ―re‖ diapazonlari qo‗llaniladi. 2) Skripka oilasiga mansub kamonli torli soz. 3) Puflama sozlar orkestri cholg‗u asbobi (altgorn). 4) Orkestrlarda qo‗llaniladigan ayrim sozlar turi.
Do'stlaringiz bilan baham: |