1-variant “Umumiy kimyoviy texnologiya” fanining mazmuni, predmeti va metodi. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va metodi


Bog`lovchi materiallarning turlari, sement to`g`risida ma`lumot, suvda va havoda qotadigan materiallar



Download 0,57 Mb.
bet88/134
Sana17.07.2022
Hajmi0,57 Mb.
#816118
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   134
Bog'liq
X variant 1 dan 90 gacha

1. Bog`lovchi materiallarning turlari, sement to`g`risida ma`lumot, suvda va havoda qotadigan materiallar.
2. Suspenziyalarni filtrlash.
3. Sulfat kislota va oleumning xossalari.
1.Mineral bog’lovchi moddalar Umumiy tushunchalar: Bog’lovchi modda deganda obdon tuyilgan kukunni ma’lum bir sharoitda suv bilan qorishtirganda quyuqlashib,asta-sekin bo’tqa holatidan qotish jarayoniga o’tib sun’iy toshga aylanadigan qurilish ashyosini tushunmoq lozim. Bog’lovchi moddalar organik, mineral va organic-mineral guruhlarga bo’linadi. Mineral bog’lovchilar ko’ksimon bo’lib, mayda va yirik to’ldirgichlar bilan suvda qorilganda suyuq yoki plastic qorishma hosil bo’ladi va asta-sekin qotishi natijasida sun’iy tosh betonga aylanadi. Mineral bog’lovchilarni ishlatilishiga va xossalariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi. Havoiy bo’g’lovchilar: ohak, gipsli bog’lovchilar va kaustik magnezit va hakozo. Ular suv van am ta’sirida bo’lmagan sharoitfda qotish xossasiga ega. Gidravlik bog’lovchilar: Faqatgina havoda emas, balki suvda ham qotadi. Masalan gidravlik ohak, portlandsement, gultuproqli sement, putssolan sement, toshqoqli portlandsement, kengayuvchi sementlar va h.z Mineral bo’glovchi ashyolarni ishlatishda quyidagilarni bilish zarur: qorishmaning quyuqlashish davri, normal qorishma olish uchun suv miqdori, suvning qorishma bilan birikish darajasi, quyuqlanishda chiqadigan issiqlik miqdori va h.z. Bog’lovchi ashyoni suv bilan qorishtirgandan to tosh holatiga o’tguncha ketgan vaqt uning quyuqlanish davri deb ataladi. Qoirishmada suv ko’p bo’lsa uning quyuqlanishi sekin bo’ladi. Qorishma tayyorlashda avvalo suv miqdorini aniqlab olish kerak. Har bir bog’lovchi uchun suv miqdori uning og’irligiga nisbatan foiz hisobida belgilanadi. Bog’lovchi ashyo suv bilan qorishtirilganda fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida quyuqlasha boshlaydi, uning qo’zg’aluvchanligi kamayadi. Bunga bog’lovchi modda quyuqlanishining boshlanish davri, qo’zg’aluvchanligi butunlay yo’qolgandan keyin esa quyuqlanishning oxiri(qotish) deb ataladi. Quyuqlanish davriga qarab bog’lovchilar 3 guruhga bo’linadi. -tez quyuqlanuvchi – quyuqlanishning boshlanish davri 3-10 daqiqa. Bunday bog’lovchilarni ishlatish noqulay bo’lganligi sababli unga quyuqlanishini susaytiruvchi maxsus moddalar, masalan qurilish gipsi qo’shiladi; - normal quyuqlanuvchi – quyuqlanishning boshlanish davri 30-daqiqadan keyin, oxiri esa 12 soatgacha davom etadi. Bunday bo’glovchilarga beton va qorishmalar tayyorlashda ko’p ishlatiladigan barcha sementlar kiradi. -sekin quyuqlanuvchi – quyuqlanish 12 soatdan keyin boshlanadigan bog’lovchi ashyolar. Normal qorishma tayyorlashda suv aslida bog’lovchining kimyoviy birikishi uchun sarflanadigan miqdoiridan ko’p olinadi. Shuning uchun qorishma qotgandan keyin ham undagi mayda naycha va g’ovaklarda birikmagan erkin suvlar ko’p bo’ladi. Erkin suvlar asta-sekin bug’lanib, sementning g’ovakligini oshiradi. Natijada uning mustahkamligi kamayadi. Barcha bog’lovchilar quyuqlanish va qotish jarayonida o’zidan issiqlik ajratib chiqaradi. Bog’lovchilarning quyuqlanish davri va jarayoni tez bo’lsa, uning issiqlik chiqarishi ham ortadi. Ayrim bog’lovchilar, masalan 1kg portlandsement 7 kun davomida o’zidan 65 kkal gacha issiqlik chiqaradi. Bog’lovchilarning o’zidan issiqlik chiqarish xususiyati, ayniqsa sovuqda beton va boshqa qorishmalar tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Ammo juda yirik yaxlit beton inshootlar qurishda, masalan gidrotexnik qurilishlarda betonning ichki qismidagi issiqlik tashqi qismidagina nisbatan ortib, haroratlar farqi ko’payadi. Natijada betonning notekis sovishi boshlanadi, bu esa darzlar hosil qiluvchi deformatsiyalanishga olib keladi. Shuning uchun, gidrotexnik qurilishlarda o’zidan kam issiqlik chiqaruvchi maxsus sementlargina ishlatiladi. Mineral bo’glovchi moddalarning gidrotatsiya-kondensasion bog’lanish jarayonida bog’lovchi tarkibida moddalar kimyoviy murakkab birikmalar holatiga aylanadi va natijada erimaydigan yangi mustahkam toshsimon jism hosil bo’ladi. Ushbu qotish jarayoni havoyi , gidravlik va avtoklav bog’lovchi moddalarga xosdir. Tutash kondensasiyali bog’lanish jarayonida mikrozarrachalar holatidagi kimyoviy birikmalar yuzasi faollashadi, keyin o’zaro kimyoviy tarkibi o’zgarmagan ravishda bog’lanadi, amorf yoki kristall tuzilishdagi modda hosil bo’ladi. Bunday guruhda gidrotatsiyalangan texnik silikatlar va alyumosilikatlar chiqindilari asosida olingan bog’lovchi moddalar kiradi.
2.SUSPENSIYALARNI FILTRLASH ORQALI AJRATISH JARAYONINI TADQIQ QILISH
Suyuqlik va qattiq zarrachalardan tashkil topgan turli jinsli sistema suspenziya deb ataladi. Qattiq zarrachalar oʼlchamiga qarab suspenziyalar shartli ravishda quyidagi turlarga boʼlinadi: dagʼal (>100 mkm); mayin (0,5...100 mkm); loyqa (0,1...0,5 mkm) suspenziyalar va kolloid eritmalar ( 0,1kam mkm). Amalda, suspenziyalarning barcha turlari, asosan, har xil zarracha o'lchamlari, ya'ni polidispers tizimlari bilan uchraydi.Filtrlash - bu suyuqlikni o'tkazishga qodir bo'lgan, ammo qattiq zarrachalarni ushlab turadigan g’ovakli to'siq yordamida suspenziyalarni ajratish jarayoni.Filtrni yaxshi ishlashi asosan filtr to'siqlarining xususiyatlariga bog'liq. Filtrlovchi to’siqlar turli xil matolardan tayyorlanadi: paxtadan (bo’z, chit, surp, g’azlama, va boshqalar), jundan (sukno, bayka, voylok), sintetik tolali matolardan (polivinilxlorid, perxlorovinil, poliamid, lavsan va boshqalar), mineral kelib chiqishi tolali matolar (asbest, shisha va boshqalar). So'nggi yillarda g’ovakli metall, keramika va metall-keramika filtrlash to’siqlari tobora ko'proq foydalanilmoqda.U yoki bu filtrlovchini tanlash quyidagilarga bog'liq:-g’ovakliligi (teshiklarning o'lchamlari bo'linmada cho'kuvchi zarrachalari ushlanib qoladigan darajada bo'lishi kerak);
- filtrlanadigan muhit ta'siriga kimyoviy barqaror bo’lishi;
- etarlicha mexanik mustaxkam;
- filtratsiya haroratida issiqlikka chidamlilik.
Filtrlash jarayonining harakatlantiruvchi kuchi filtrlash panjarasining har ikki tomonidagi bosim farqi dir. Harakatlantiruvchi kuch yaratiladi:
- filtrlash qismiga quyilgan suspenziya qatlamining o'zing og’irligi;

- suspenziyani bosim ostida filtrga berish, masalan, filtr presslarida bosim 0,3 1,2 MPa bo'lishi mumkin, ya'ni. 3 2 kgs / sm²;


- filtrlash bo'limi ostida vakuum hosil qilish, masalan, sanoat vakuum filtrlarida vakuum 5·104 9·104 Pa, ya'ni 600 650 mm.s.u.
Vaqti-vaqti bilan ishlaydigan filtrning ishlashining to'liq tsikliga apparatni ishlashga tayyorlash, suspenziyani yuklash, filtrlash, yuvish, puflash, quritish va tushirish kiradi. Filtrlash, yuvish, puflash va quritish asosiy operatsiyalar deb ataladi va apparatni tayyorlash, suspenziyani yuklash va cho'kindi tushirish yordamchi hisoblanadi. Asosiy operatsiyalarning davomiyligi filtrat hajmi bilan bog'liq. Yordamchi operatsiyalarning davomiyligi filtrning tuzilishiga va uning ishlash sharoitlariga bog'liqligi.
3.Oleum (lot. oleum — moy) — 100% li sulfat kislota H2SO4. 96—98% li H2SO4 ga sulfat angidrid SO3 yuttirish yoʻli bilan olinadi. O. tarkibida erkin holda boʻladigan SO3 miqdori O.ning qoʻllanish maqsadiga qarab 18,5—20% gacha yetadi. O.ni suvda eritib, har qanday konsentratsiyali juda toza sulfat kislota olish mumkin. Boʻyagichlar, portlovchi moddalar va boshqalar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Sulfat kislota - H2SO4 2 asosli kuchli kislota. Oddiy sharoitda hidsiz, rangsiz, ogʻir moysimon suyuqlik; zichligi 1,83 g/sm³(15° da), qotish temperaturasi 10,45°, qaynash temperaturasi 296,2°. Sulfat kislota suvni oʻziga yutib, koʻp miqdorda issiklik chiqaradi. Shu sababli uni suyultirishda kislotaga suv qoʻshish salbiy oqibatlarga olib keladi (kuchli portlash sodir boʻlishi mumkin). Sulfat kislotani suyultirish uchun uni ozozdan suvga qoʻshiladi. Sulfat kislota ning suvdagi eritmalarini sovitish yoʻli bilan uning H2SO4H2O, H2SO42H2O, H2SO44H2O tarkibli gidratlari olingan. Sulfat kislota sulfatlar va gidrosulfatlar hosil qiladi. Konsentrlangan Sulfat kislota kuchli oksidlovchi. Sulfat angidridning Sulfat kislota dagi eritmasi "tutovchi" Sulfat kislota yoki oleum nomi bilan yuritiladi. Sulfat kislota oltingugurt, oltingugurt kolchedani FeS2, sulfit angidrid SO2 va boshqa dan ham hosil qilinadi. Sulfat kislota kimyo sanoatining muhim mahsuloti. Oʻgʻit tayyorlashda, metallurgiyada, neftni tozalashda, boʻyoqchilik sanoatida, sunʼiy tolalar, portlovchi moddalar, xlorid kislota olishda, qoʻrgʻoshinli akkumulyatorlarda elektrolit sifatida va boshqalarda ishlatiladi.
Sulfat kislota ishlab chiqarishdagi zaharli gazlar (SO2 va NO2), shuningdek, SO3 va H2SO4 bugʻlari ancha xavflidir. Shuning uchun qurilmalarni yaxshilab germetiklash va shamollatish kerak. Sulfat kislota terini kuchli kuydiradi, u bilan ishlaganda himoya vositalari (koʻzoynak, rezina qoʻlqop, fartuk, etik)dan foydalanish zarur. Akumulatorlarga ham bu kislota quyiladi.
57-variant

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish